|
Muhandislik texnologiyalari
|
bet | 3/16 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 380,56 Kb. | | #134286 |
Bog'liq RAQOBATCHILIK STRATEGIYASI VA KORXONALAR TAKTIKASIF.Perru raqobatni doimiy tahdidli harakat sifatida tushuntiradi. Inson o’z manfaatini ko’zlab qimmatroq sotib, arzon xarid qilishga intiladi. Shuning uchun raqobat bilan doimiy to’qashishga to’g’ri keladi. Strukturali yondashuvda asosiy e’tibor raqobatchilarning o’zaro kurashidan bozor strukturasi, unda hukmronlik qiluvchi shart-sharoitlar tahliliga ko’chib o’tadi.
Masalan, K.R. Makkonnell va S.L. Bryuning asarlarida aytib o’tilishicha, raqobat bozorda ko’p sonli mustaqil xaridor va sotuvchilar mavjudligi, xaridor va sotuvchilar uchun bozorga erkin kirish va undan chiqish imkoniyatidir. Raqobat mohiyatini aniqlashga uchinchi yondashuvni funktsional yondashuv sifatida tavsiflash mumkin. U raqobatning iqtisodiyotda o’ynaydigan rolini ko’rib chiqadi.
Xususan, Y.Shumpeter iqtisodiy rivojlanish nazariyasi doirasida raqobatni esqilikning yangilik bilan raqiblik kurashi sifatida ta’riflagan. Yangiliklar kiritish bozor tomonidan shubha bilan qabul qilinadi, biroq agar novator ularni amalga oshirishning uddasidan chiqsa, raqobat mexanizmi eskirgan texnologiyalardan foydalanuvchi korxonalarni bozordan siqib chiqaradi.
Bugungi kunda raqobat tushunchasining ko’plab ta’riflari mavjud. Jumladan, Sh.Shodmonov, U.G’afurovlar tomonidan tayyorlangan «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida raqobatga berilgan ta’rifda asosan ikki jihat:
1) uning iqtisodiy manfaatlar to’qnashuvidan iborat ekanligi;
2) yuqori foyda va naflikka ega bo’lish uchun kurash ilgari suriladi, ya’ni: raqobat bozor sub’ektlari iqtisodiy manfaatlarining to’qnashishidan iborat bo’lib, ular o’rtasidagi yuqori foyda va ko’proq naflilikka ega bo’lish uchun kurashni anglatadi.
Bunda ishlab chiqaruvchilar o’rtasida sarflangan xarajatlarining har bir birligi evaziga ko’proq foyda olish uchun kurash boradi. Mana shu foyda orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish 15 doiralari, ya’ni qulay bozorlar uchun, arzon xom ashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalari uchun ular orasida kurash boradi Raqobatning mazmuni uning vazifalarini ko’rib chiqish orqali yanada kengroq namoyon bo’ladi. Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib kursatish mumkin: - tartibga solish vazifasi; - resurslarni joylashtirish vazifasi; - innovatsion vazifa; - moslashtirish vazifasi; - taqsimlash vazifasi; - nazorat qilish vazifasi. Raqobat – bozor sub’ektlari iqtisodiy manfaatlarining to’qnashuvidan iborat bo’lib, ular o’rtasidagi yuqori foyda va ko’proq naflilikka ega bo’lish uchun kurashni anglatadi. Bu jarayonni quyidagi 1.1-rasmda to’laroq ko’rish mumkin:
JAMIYAT ISHLAB CHIQARUVCHI KUCHLARI RIVOJLANISHINING RAG’BATI
TAVAR ISHLAB CHIQARISHNING HUSUSIYATI, UNING RIVOJLANISH USULI
IQTISODIY TARAQQIYOTNING HARAKATLANUVCHI KUCHI
RAQOBAT
IJTIMOIY ISHLAB CHIQARISHNI MUVOFIQLASHTIRISHNING MURAKKAB MEXANIZMI
|
| |