|
Raqobat strategiyasining darajalari va korxonalar taktik maqsadlari
|
bet | 5/16 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 380,56 Kb. | | #134286 |
Bog'liq RAQOBATCHILIK STRATEGIYASI VA KORXONALAR TAKTIKASI1.2 Raqobat strategiyasining darajalari va korxonalar taktik maqsadlari
Bozor iktisodiyotining ilk belgilari paydo bo’lishi bilan unga xos raqobat xam yuzaga keladi. Iktisodiyot rivojiga mos xolda raqobatchilik munosabatlari xam takomillashib boradi. Bozor raqobati tarixan 4 bosqichdan o’tadi.
Birinchi bosqich - bu natural xo’jalikidan bozor iktisodiyotining dastlabki shakllariga utish bo’lib, bu davrda raqobat mayda tovar ishlab chiqaruvchilar urtasida boradi.
Ikkinchi bosqich - bu kapitalistik erkin raqobat bosqichidir. Bu bosqich tovar xo’jaligining ommaviy tus olishi bilan, mayda tovar ishlab chiqarishr urniga yirik mashinalar tizimiga va yollangan mexnatga tayangan tovar ishlab chiqarishrning kelishi bilan xarakterlanadi.
Uchinchi bosqich - bu monopol raqobat bosqichi bo’lib, u yakka xokimlikka intiluvchi yirik korxonalarning kurashidir. Raqobat iktisodni monopollashgan va monopollashmagan soxalarida aloxida boradi, ammo bu soxalar urtasida xam kurash ketadi.
To’rtinchi bosqich - yangicha erkin raqobat bosqichi bo’lib, u aralash iktisodiyotga xosdir. bu bosqichda raqobatchilar goyat strategiyasichilik bo’lib, ular yirik korporatsiyalar, urtacha, mayda va uta mayda korxonalardan iborat bo’ladi.
Raqobat strategiyasi - bu bir korxonaning boshqa kompaniya yoki raqiblar guruhi ustidan ustunlikka erishish uchun foydalanadigan usullari. Ish dunyosida bir nechta raqobat strategiyalar keng tarqalgan. Quyidagi 1.2-jadvalda raqobat starategiyalarini ko’rishimiz mumkin.
1.2-jadval
Arzon narxlardagi strategiya
Ba'zan eng samarali raqobatbardosh strategiya mahsulot yoki xizmat uchun eng past narxni ta'minlashdir.Bu raqobatchilarga nisbatan ustunlikni keltirib chiqaradi, chunki ko'plab iste'molchilar birinchi navbatda nima sotib olishni tanlashda mahsulot yoki xizmat narxini hisobga olishadi.
|
|
|
| |