Muloqotning perseptiv tomoni




Download 16,15 Kb.
bet4/4
Sana22.11.2023
Hajmi16,15 Kb.
#103172
1   2   3   4
Bog'liq
Muloqot haqida tushuncha. Muloqot turlari va vazifalari Muloqot-fayllar.org

Muloqotning perseptiv tomoni
Muloqot jarayonida odamlar bir-birlari bilan ma’lumotlar almashib, o`zaro ta’sir ko`rsatibgina qolmay, balki bir-birlarini to`g`riroq va aniqroq anglashga, tushunishga va idrok qilishga harakat qiladilar. Bu tomon shaxsiy idrok va tushunish muammosi bilan bog`liqdir. Birgalikdagi faoliyat jarayonida shaxslarniig bir-birlarini to`g`ri tushunishlari na aniq idrok qilishlari muloqotning samarali bo`lishini ta’minlaydi. Rus psixologi A.A. Bodalev boshchiligidagi laboratoriya bir-birlarini idrok qilish mexanizmlarini aniqlash borasida qator psixologik qonuniyatlarni kuzatgan. Bunday mexanizmlarga:

  1. identifikatsiya;


  2. refleksiya;


  3. stereotipizatsiya kiradi.





Identifikatsiya shunday psixologik hodisaki, bunda suhbatdoshlar bir-birlarini to`g`riroq idrok qilish uchun o`zlarini bir-birlarining o`rniga qo`yib ko`rishga harakat qiladilar. Ya’ni, o`zidagi bilimlar, tasavvurlar, hislatlar orqali boshqa birovni tushunishga harakat qilish, o`zini birov bilan solishtirish (ongli yoki ongsiz) identifikatsiyadir. Masalan, birinchi marta uchrashuvga ketayotgan yigitning ichki holatini uning o`rtog`i yoki akasi tushunishi mumkin.

Refleksiya muloqot jarayonida suhbatdoshning pozitsiyasidan, xolatidan turib, o`zini tasavvur qilishdir, ya’ni refleksiya, boshqa odamning idrokiga taalluqli bo`lib o`ziga birovning ko`zi bilan qarashga intilishdir. Chunki, busiz odam muloqot jarayonida o`zini aniq bilmasligi, noto`g`ri muloqot formalarini tanlashi mumkin.

Stereotipizatsiya odamlar ongida muloqotlar mobaynida shakllanib o`rnashib qolgan ko`nikib qolingan obrazlardan shablon sifatida foydalanish hollaridir. Ijtimoiy stereotiplar har bir shaxsda u yoki bu guruhli kishilar haqida shakllangan obrazlardir. A.A. Bodalev va uning shogirdlari bunday stereotiplar ba’zan muloqotni to`g`ri yo`nalganligini ta’minlasa, boshqa hollarda esa undagi xatoliklarning sababi bo`lishi mumkinligini kuzatishgan. Idrok va tushunish borasidagi bunday xatoliklar kauzal atributsiya (lotinchasiga “kauza" — sabab, “atrebutsio" — bermoq, qo`shib bermoq ma’nosini bildiradi) deb ataladi. Masalan, o`qituvchi bilan hamsuhbat bo`lib qolgan odamda suhbat boshidayoq “hozir odob-ahloqdan dars berishni boshlamasmikan" degan shubha paydo bo`lishi mumkin. Bu ham stereotipga misol bo`la oladi.
http://fayllar.org
Download 16,15 Kb.
1   2   3   4




Download 16,15 Kb.