Multimediyali kompyuterlarning ishlash prinsipi




Download 2,87 Mb.
bet2/24
Sana05.02.2024
Hajmi2,87 Mb.
#151432
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Maqsadi va vazifalari
2 Tema, 4-ona tili tarqatma, 8 O\'z tarix yangi zamon, Xasanova Moxira Shaydullayevna, FirstPage 3, NANOIQTISODIYOT VA XULQ-ATVOR NAZARIYASI, 12777 1 1A1D4B4D4E604A40DFCE21D85C8B7B3BC46B967E, VAZIFA (6), VAZIFA (6), 11 Mavzu Tarmoq ahvolini ta’riflovchi omillar Raqobatni tavsiflovchi, Mavzu Ozbekiston Respublikasi taraqqiyot strategiyasi., UrDU OTMlararo ko\'chirish, 10-sinf adabiyot testlar yangi darslik, Holidays, Сабак исленбе

Multimediyali kompyuterlarning ishlash prinsipi


Ma’lumki, barcha Fon Neyman arxitekturasi asosida yaratilgan kompyuterlarning ishlash prinsipi bir-biriga о’xshash bо’lib, ular ba’zi texnik detallari bilangina farqlanadi. Fon Neyman arxitekturasining asosiy tashkil etuvchilaridan biri buyruqlar manzili hisobchisidir. Boshqarish qurilmasining bu maxsus ichki registri doimo dasturdagi keyingi buyruq saqlanayotgan xotira yacheykasini manzilini kо’rsatib turadi. Kompyuterlar о’chirilgan yoki qayta yuklanayotgan vaqtda buyruqlar manzili hisobchisi registriga kompyuterlarning doimiy xotirasida joylashgan va kompyuterlar barcha asosiy qurilmalari ishini tо’xtatib qayta yuklashni amalga oshiruvchi dastur manzili yoziladi.


Kompyuterlarning boshlang’ich yuklanishidagi keyingi amallar shu dasturdagi buyruqlarga kо’ra ketma-ket bajariladi. Shunday qilib, kompyuterlarning ishi – u yoki bu dasturdagi buyruqlarni uzluksiz bajarishdan iborat, bundan tashqari bu dasturlar о’z navbatida bоshqa yangi dasturlarni xotiraga yuklashi mumkin. Har qanday dastur bir qancha mashina buyruqlaridan tashkil topadi. Har bir mashina buyruqlari о’z navbatida bir necha elamentar tashkil etuvchilardan iborat bо’ladi. Bu tashkil etuvchilarni “takt”lar deb atash qabul qilingan. Buyruqlar murakkablik darajasiga kо’ra bir yoki bir necha taktdan iborat bо’lishi mumkin. Masalan, ma’lumotlarni protsessorning bir ichki registridan boshqasiga о’tkazish buyrug’i bir necha taktdan iborat. Yoki ikki sonning kо’paytmasini hisoblashni olsak, bu ham bir necha taktlardan tashkil topgan.
Kompyuterlar har bir mashina buyrug’ini bajarishda quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

  1. Buyruqlar manzili hisobchisi registrida joylashgan manzilga kо’ra keyingi buyruq chaqiriladi, yani bu buyruqqa mos kod vaqtincha saqlanish uchun maxsus buyruqlar registriga yoziladi;

  2. Buyruqlar manzili hisobchisi avtomatik ravishda keyingi buyruqni manzilini о’zida saqlaydi. Bu jarayon oldingi buyruq manziliga buyruqni uzunligi bilan aniqlanadigan о’zgarmas sonni qо’shish bilan amalga oshiriladi;

  3. Buyruqlar registriga chaqirilgan buyruqda keltirilgan amallar bajariladi va natija tezkor xotiraga yoziladi.

Kompyuterlarning ishlash prinsipini signallar doirasida tahlil qilanadigan bо’lsa, quyidagilar о’rinli bо’ladi:

  1. Kiruvchi ma’lumotlar kо’rinishidan qat’iy nazar, elektr yoki noelektr signallar kо’rinishida bо’ladimi barchasi elektr signali kо’rinishiga о’tkaziladi;

  2. Bu signallar qayta ishlash bloki yordamida qayta ishlanadi;

  3. Qayta ishlangan chiquvchi signallar qayta ifodalovchi yordamida noelektr signallarga о’tkazilib, kompyuter ekranida tasvirlanadi.

    1. Download 2,87 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Download 2,87 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Multimediyali kompyuterlarning ishlash prinsipi

Download 2,87 Mb.