• Plazmali displeylar
  • Qо’yiq kristalli monitorlar




    Download 2,87 Mb.
    bet4/24
    Sana05.02.2024
    Hajmi2,87 Mb.
    #151432
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
    Bog'liq
    Maqsadi va vazifalari

    Qо’yiq kristalli monitorlar


    Hozirgi kunda kompyuter monitorlarining aksariyati qо’yiq kristalli (LCD) monitorlardan iborat. LCD-monitorlarining ishlash prinsipi CRT-monitorlari ishlash prinsipidan farqli о’laroq yorug’likni qutblantirishga asoslangan. Yani LCD monitorlarida yorug’lik ma’nbai bо’lib galogen lampalar xizmat qiladi. Bu lampalar qо’yiq kristalli qoplama-matritsa chetlariga о’rnatilgan. Yorug’lik matritsa markazi tomon bir tekis taqsimlangan va bir jinsli oqim bо’lib kristallar qatlamidan о’tadi. Kristallarning joylashishiga bog’liq holda kristal qatlamdan о’tayotgan yorug’lik nuri qutblanishi yoki qutblanmasligi mumkin. Bu qatlamdan о’tgan yorug’lik nuri qutblangan yorug’lik nurini о’tkazuvchi maxsus qatlamdan о’tadi. Bu maxsus qatlam о’zidan о’tayotgan yorug’lik nurlariga rang beradi. Bu rangli nur tasvirlarni ifodalaydi.



    1.4-rasm. LCD - qo’yiq kristalli monitor

    LCD-monitorlarda tasvir oddiy oq yorug’lik nurini qayta ishlash bilan olinayotgani uchun inson salomatligiga ta’sir kо’rsatmaydi. Shuning uchun ularda havfsizlik standartlari degan tushuncha qaralmaydi. LCD-monitorlarida о’zida belgilangan vertical va gorizontal nuqtalar soni ishlatiladi. Aks holda tasvirlar chо’zilib qolishi yoki ekran chetlaridan bо’sh joy paydo bо’lishi mumkin. Bundan tashqari bu monitorlarda ekranda tasvirlarni о’tish chastotasi degan tushuncha ham yо’q. Ularda har bir nuqta (piksel) alohida boshqariladi. Bu nuqtalar almashinib turadi. Shu almashinish natijasida ranglar о’zgaradi. Shunga kо’ra LCD monitorlarda piksellar matritsasining о’zgarish varti tushunchasi mavjud. Bu parametr millisekundlarda о’lchanadi.


        1. Plazmali displeylar


    Plazmali displeylarni (Plasma Display Panel PDP) ishlab chiqarishga bо’lgan urinishlar 1966-yilda Illinoys universiteti laboratoriyasida gazli plazmani effekti, ya’ni gazlarni elektr toki ta’sirida yorug’lik chiqarishi hodisasi о’rganilganidan boshlandi. 1968-yil plazmali displeylar ishlab chiqarish boshlandi. Birinchi ishlab chiqarilgan plazmali displeylar monoxromli bо’lib, ular doimiy tokni gazli razriyadi prinsipiga asoslangandi. Keyinchalik о’zgaruvchan tok razriyadi texnologiyasiga о’tildi.


    Plazmali displeylarda tasvirlarni hosil qilish texnologiyasi quyidagicha: birbiridan 0,1 mm masofada joylashgan oynali plastinalarga ksenon va neon gazlari aralashmasini qamalgan. Oldingi yaltiroq plastinaga yupqa yaltiroq tok о’tkazgichlar (elektrodlar) qoplangan. Orqa plastina qoplamasi mikroskopik yacheykalardan iborat bо’lib, bu yacheykalar qizil, siyoh rang va yashil rangli lyuminofor moddasi bilan tо’ldirilgan va har bir uch yacheyka bir nuqta (piksel)ni tashkil etgan. Bu plastinalarga tok berilganda plastinalar orasidagi gazli aralashma о’zidan
    ultrabinafsha rangli yorug’lik nuri chiqaradi. Bu yorug’lik nuri lyuminofor moddasi qoplangan plastinkaga tushib ranglar spektri hosil qiladi va tasvir paydo bо’ladi.
    1.5-rasm. Plazmali monitor

    Plazmali monitorlar tok quvvatini kо’proq iste’mol qilsada, lekin magnit maydon hosil qilmaydi va bu о’z navbatida inson salomatligiga ziyon keltirmaydi. Plazmali monitorlar ishlab chiqarish bilan kо’pgina firmalar shug’ullanadi. Masalan, Hitachi ( 1970 yildan) Fujitsu, Sharp, NEC, Toshiba, JVC, Mitsubishi, Sony va Pioneer kabi yirik firmalar plazmali monitorlar ishlab chiqarish bilan shug’ullanib kelishmoqda.



      1. Download 2,87 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




    Download 2,87 Mb.