Mavzu: SAN`AT SOHASIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINIG PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI
MULTIMEDIYALI KOMPYUTERLARNING TEXNIK TA’MINOTI
Kompyuter – bu dasturiy boshqariluvchi universal elektron qurilma bо’lib, ma’lumotlarni avtomatik tarzda qayta ishlash, saqlash va uzatish vazifasini bajaradi. Hisoblash mashinalari yaratila boshlagan davrdan buyon, ularni dasturiy boshqarish prinsipi asosida ishlab chiqishga harakat qilingan. Kompyuterning dasturiy boshqarilish prinsipi shundan iboratki, buyruqlar ketma-ketligidan tashkil topgan dastur avval kompyuter xotirasiga yoziladi. Sо’ng kompyuter bu dasturda keltirilgan buyruqlarni avtomatik ravishda bajarishga kirishadi.
Dastur – bu oldindan belgilangan ma’lum bir tartibda bajariladigan arifmetik, mantiqiy va boshqa turdagi amallarning chekli ketma-ketligidir. Kompyuter dasturchi tomonidan ishlab chiqilgan va kompyuter xotirasiga kiritilgan dastur asosida ma’lumotlarni qayta ishlaydi.
Multimediali kompyuter — bu multimedia texnologiyalari asosida ishlay oladigan texnik va dasturiy ta`minotga ega bo’lgan kompyuterdir. Barcha zamonaviy kompyuterlardagi kabi multimediyali kompyuterlar ham ikkita murakkab o’zaro bog’liq va o’zaro ta’sir qiluvchi elementlarni o’z ichiga oladi. Bular apparat ta’minot (hardware) va dasturiy (software) ta’minot lardir.
Zamonaviy kompyuterlar matnli, sonli va grafik ma’lumotlarni qayta
ishlash bilan birga video, audio ko’rinishdagi ma’lumotlarni yaratish va ko’rsatish imkoniyatlariga ham egadir. Audio hamda video berilganlarni qayta ishlashga mo’ljallangan komyuterlar zamonaviy multimediyali kompyuterlar deb ataladi. Bunday kompyuterlarda musiqa asarlarini eshitish va yaratish mumkin,
video lavhalar asosida filmlar, slaydshoular va boshqa multimediya mahsulotlari yaratish mumkin. Zamonaviy multimediyali kompyuterlarda qo’shimcha ravishda DVD/CD disk yurituvchilar,
ovoz kartalar, video kartalar, mikrafon, kolonkalar kabi multimedya qurilmalari bilan jihozlangan bo’ladi.
Zamonaviy shaxsiy kompyuterlar arxitekturasining asosini magistralmodulli prinsip tashkil etadi. Kompyuterlarning modulli tashkil etilishi qurilmalar orasida ma’lumotlar almashinishning magistralli (shinali) prinsipiga tayanadi.
1.2-rasm. Kompyuterlarning funksional sxemasi