• Mikroprotsessorlar
  • Tizimli blok va uning tashkil etuvchilari




    Download 2,87 Mb.
    bet5/24
    Sana05.02.2024
    Hajmi2,87 Mb.
    #151432
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
    Bog'liq
    Maqsadi va vazifalari

    Tizimli blok va uning tashkil etuvchilari




    Tizimli blok – bu kompyuterning asosiy qismi bо’lib, u tizimli blok korpusiga joylashuvchi bosh plata va unga ulanuvchi qurilmalar: mikroprotsessor, qattiq disk, tezkor va kesh xotira mikrosxemalari, har xil tashqi qurilmalar ishini boshqaradigan elektron sxemalar – kontrollerlar, adapterlar (video, musiqa, tarmoq platalari), elektr manbai bloki va kompakt disk yurituvchi kabilardan iborat.
    1.6-rasm. Shaxsiy kompyuterning tizimli bloki
    Tizimli blokning asosiy vazifasi kompyuterning barcha qurilmalarini birlashtirishdan va ularning ishini ta’minlashdan iborat.
        1. Mikroprotsessorlar




    Mikroprotsessor – bu kompyuterning markaziy qurilmasi bо’lib, dastur orqali berilgan arifmetik va mantiqiy amallar yordamida ma’lumotlarni qayta ishlash funksiyasini va kompyuterning barcha qurilmalari ishini boshqarish funksiyasini bajaradi. Shunga kо’ra protsessor ikki qurilmadan: arifmetik-mantiqiy qurilmadan va boshqarish qurilmasidan tashkil topadi. Arifmetik-mantiqiy qurilmaning vazifasi buyruqlarni bajarishdan, boshqarish qurilmasining vazifasi esa kompyuter qurilmalari ishini dasturiy boshqarishdan iborat. Bu qurilmalar shartli ravishda bir biridan ajratilsada, loyihasi jihatdan ular ajralmas hisoblanadi. Hozirgi zamonaviy protsessorlar mikroprotsessorlar kо’rinishida ishlab chiqarilmoqda. Fizik jihatdan mikroprotsessorlar kristalli kremniy moddasidan yasalgan uncha katta bо’lmagan kvadrat shakldagi plastinkadan iborat bo’ladi. Bu plastinkaga protsessorning barcha funksiyalarini amalga oshiruvchi integral sxemalar joylashtirilgan. Kristalli plastinka odatda plastmassali yoki keramik korpusga joylashtiriladi va oltin simlar orqali metal oyoqchalarga ulanadi. Bu oyoqchalar orqali bosh plataga mahkamlanadi. Quyidagi 7-rasmga qarang.
    1.7-rasm. Core i7 rusumli mikroprotsessor

    CPU parametrlari haqida gapiradigan bo’lsak, bular ma’lumotlar shinasining razryadligi, manzili va ishlash tezligi asosiy parametrlari hisoblanadi. Protsessorning ishlash tezligini megagers (MHz) da o’lchanadi - bu bir soniyada million taktga


    (sikl) teng degani. Tezlik qanchalik yuqori bo’lsa, protsessor yaxshiroq va tezroq bo’ladi.
    Protsessor uchta muhim qurilmani o’z ichiga oladi, ularning asosiy parametrlari razryadligi (sig’imi) hisoblanadi:

    • Ma’lumotlarini kiritish va chiqarish shinasi;

    • Ichki registrlar;

    • Xotira manzili shinasi.

    Kompyuterning tezligi ko’p jihatdan protsessor chastotasiga bog’liq. Oddiy kompyuterning mikrosxemalari bir necha million gers chastotada ishlaydi. (Gers - bu sekundiga bitta tebranish). Ishlash tezligi megahertsda o’lchanadi, ya’ni sekundiga millionlab sikl bajaradi.
    Markaziy protsessorlar bosh plataning skeet deb nomlamadigan joyiga ulanadi. Soket (Socket) – bu markaziy protsessorni o’rnatish yoki almashtirish uchun xizmat qiladi. Boshqacha qilib aytganda soket bu ulagich. Markaziy protsessor shu ulagich orqali bosh plataga ulanadi. Soketlarning xilma-xilligi juda katta va har bir protsessor uchun o’ziniki mavjud. Masalan, so’nggi Intel rusumli protsessorlarda LGA 1150 yoki LGA 1155 soketlari ishlatadi. AMD firmasining protsessorlari uchun FX2 va AM3, AM3 + kabi soketlar mavjud. AMD protsessorlarining soketlari ba’zan bir-biriga tushishi mumkin, lekin Intel protsessorlarining har birini o’zini soketi mavjud va ular bir-biriga mos kelmaydi. Shuning uchun kopyuter yig’ishda protsessorni bosh plata soketiga tushish yoki tushmasligini hisobga olish kerak. Shuningdek, bosh platani tizimli blok ko’rpusiga mos qilib tanlash kerak, ya’ni form-foktori to’g’ri kelishi kerak.
    Hozirgi paytda mikroprotsessor ishlab chiqaradigan firmalaining soni anchagina. Shular ichida Intel firmasining Core i3, Core i5 va Core i7 rusumli mikroprotsessorlarining 9-avlodlari va AMD firmasining Ryzen Threadripper 3960X, Ryzen Threadripper 3970X kabi mikroprotsessorlari protsessorlar bozorida eng kuchli deb tan olingan protsessorlar hisoblanadi.

        1. Download 2,87 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




    Download 2,87 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tizimli blok va uning tashkil etuvchilari

    Download 2,87 Mb.