• Elektron nur trubkali monitorlar
  • Multimediyali kompyuterlarning asosiy qurilmalari




    Download 2,87 Mb.
    bet3/24
    Sana30.01.2024
    Hajmi2,87 Mb.
    #148699
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
    Bog'liq
    Maqsadi va vazifalari

    Multimediyali kompyuterlarning asosiy qurilmalari


    Barcha multimediyali kompyuterlar asosiy va qо’shimcha qurilmalardan tashkil topadi. Asosiy qurilmalariga kompyuter ishlashi uchun albatta mavjud bо’lishi kerak bо’lgan qurilmalar kiradi. Ular quyidagilardan iborat:

    1. Monitor;

    2. Tizimli blok;

    3. Klaviatura va sichqoncha; 4. Kolonka.

    1.3-rasm. Multimediyali kompyuterlarning asosiy qurilmalari


    Monitor – bu vizual chiqarish qurilma bо’lib, asosiy vazifasi sonli, matnli, graffikli, audio va video kо’rinishdagi ma’lumotlarni ekranda tasvirlashdan iborat. Monitorlar ishlab chiqarilish texnologiyasiga kо’ra quyidagi turlarga bо’linadi:

    • Elektron nur trubkali monitorlar:

    • Qо’yiq kristal oynali monitorlar:

    • Gazo-plazmali monitorlar:
        1. Elektron nur trubkali monitorlar


    Elektron nur trubkali ENT (CRT-monitor) monitorlarning ishlash prinsipi quyidagicha: Maxsus elektron pushka elektronlar tarqatadi. Bu elektronlarga kuchli magnit maydoni yordamida yetarli katta tezlik beriladi va ular qarama-qarshi tomonda joylashgan fosfor qoplamali trubka oxiriga uriladi. Elektronlar bilan luyuminestsenli qoplama orasida о’zaro tasirlashuv natijasida yorug’lik paydo bо’lib, ular ekranda rangli nuqtalarni hosil qiladi.
    Elektronlarning fosfor qoplamali ekranga urilish natijasida qandaydir miqdorda energiya hosil bо’ladi va bu energiya inson organizmiga zarar keltiradi. CRT-monitorlar orqali nurlanish olish ba’zi kasalliklarni ham keltirib chiqarishi mumkin.
    Monitor razmeri deganda monitor ekranining diogonal uzunligi tushuniladi. Diogonal uzunligi duymlarda о’lchanadi. 1duym (inch, 1") =2,54sm. Monitorlarning mumkin bо’lgan imkoniyati deganda monitorning gorizontal, vertical nuqtalar soni va kadrlar о’tish chastotasi tushiniladi. Bu monitorlarning muhim xarakteristikalari hisoblanadi, chunki ma’lumotlarni aniq tasvirlanishi, insonni kо’rish qobiliyatiga ta’siri shu xarakteristikalarga bо’gliq. Monitor ekranining gorizontal va vertical nuqtalar soni qancha kо’p bо’lsa undagi tasvir shuncha aniq bо’ladi. Har qanday monitor ichki xotiraga ega bо’ladi. Bu xotira video rejimlarni saqlash uchun ishlatiladi. Ichki xotira hajmi undagi yacheykalar soni bilan о’lchanadi. Hozirda ENT monitorlar ishlab chiqarishdan olingan.

        1. Download 2,87 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




    Download 2,87 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Multimediyali kompyuterlarning asosiy qurilmalari

    Download 2,87 Mb.