• Ulagichlar va kabellar uzunligi.
  • Alohida liniyalardagi maksimal tok oqimi




    Download 2,87 Mb.
    bet14/24
    Sana30.01.2024
    Hajmi2,87 Mb.
    #148699
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
    Bog'liq
    Maqsadi va vazifalari

    Alohida liniyalardagi maksimal tok oqimi. ETBning umumiy quvvati alohida elektr uzatish liniyalaridagi kuchlanishlar yig’indisidan iborat. Agar ulardan biriga tushadigan kuchlanish ruxsat etilgan chegaradan oshib ketsa, umumiy quvvat iste’moli nominal quvvat manbaidan kichik bo’lsa ham, tizim barqarorlikni yo’qotadi. Zamonaviy tizimlardagi kuchlanish yuki, qoidaga binoan notekis. Eng og’irlari 12 voltli kanallarda, ayniqsa kuchli video kartalari bilan jihozlangan konfiguratsiyalarda uchraydi.

  • O’lchami. ETB o’lchamlarini belgilashda, ishlab chiqaruvchilar, qoidaga ko’ra, form-foktorini (zamonaviylari ATX, eskirganlari AT) belgilash bilan cheklanadi. Ammo kompyuterning tizimli bloki qutilarini va ETBlarni ishlab chiqaruvchilar har doim ham belgilangan normaga qat’iy rioya qilavermaydilar. Shuning uchun, yangi ETBini sotib olayotganda, uning o’lchamlarini tizimli blok qutisidagi ETB o’rnatiladigan joyning o’lchamlari bilan taqqoslash tavsiya etiladi.

  • Ulagichlar va kabellar uzunligi. Molex ulagichlar ETBda kamida oltitadan iborat bo’lishi kerak. Ikkita qattiq disk va bir juft optik disk (masalan,

    DVD-RW yozuvchisi va DVD-o’quvchi) bo’lgan kompyuterda ushbu ulagichlarning to’rttasi mavjud va boshqa qurilmalar Molexga ulanishi mumkin.
    Masalan, korpus vintelyatorlari, AGP interfeysli video kartalar.

    1.18-rasm. Molex turli ulagichlar



    1. Shovqin. Kompyuter ishlash jarayonida elektr ta’minot bloki mikro sxemasi juda qizib ketadi. Bu esa mikro sxemaning ishdan chiqioshiga olib keladi. Buni oldini olish maqsadida ETBning korpusiga mahkamlangan venrilyatorlardan (kulerlardan) foydalaniladi. Aksariyat ETBlarga 80 mm yoki 120 mm o’lchamdagi bitta ventilyatordan foydalanadi va ventilyatorlar juda shovqinli ishlaydi. Bundan tashqari, ETBning kuchi qanchalik yuqori bo’lsa, uni sovutish uchun havo oqimining intensivligi talab qilinadi. Yuqori sifatli ETBdagi shovqin darajasini pasaytirish uchun ETB ichidagi haroratga muvofiq ventilyatorning aylanish tezligini boshqaruvchi mikro-sxemalar ishlatiladi.

    ETBini tanlashda avvalo uning quvvatiga, so’ng ulagichlar va ETB ishlab chiqaruvchisiga alohida e’tibor bering. Shuningdek, Form-faktoriga va sovutish tizimlariga qarang.

      1. Download 2,87 Mb.
  • 1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




    Download 2,87 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Alohida liniyalardagi maksimal tok oqimi

    Download 2,87 Mb.