• Manipulyatorlar
  • Joystik
  • Multimediyali kompyuterlarning texnik ta’minoti




    Download 2,87 Mb.
    bet16/24
    Sana30.01.2024
    Hajmi2,87 Mb.
    #148699
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
    Bog'liq
    Maqsadi va vazifalari

    Qо’shimcha tugmachalar. Bu tugmachalr klaviaturaning o’ng qismida alohida qo’shimcha panel ko’rinishida joylashgan bo’lib, ular raqamlar va kursorni yо’naltiruvchi tugmalardan tashkil topgan. Bu tugmalardan asosan sonli ma’lumotlarni kiritishda foydalanadi. Shuning uchun ular sonlarni yozishga qulay qilib joylashtirilgan. Kursorni yо’naltiruvchi tugmachalarni aktivlashtirish uchun “Num Lock” tugma bosib qо’yiladi.
    Manipulyatorlar – bu (koordinatani kо’rsatuvchi qurilma, kursorni boshqarish qurilmasi) axborotni kiritish uchun qо’shimcha boshqaruv pulti hisoblanadi. Ular klaviatura bilan birgalikda foydalanuvchiga kompyuterda ishlashda qulay muhit yaratib beradi. Manipulyatorlar yordamida foydalanuvchi tez va oson holda kursorni displey ekrani bо’yicha tez о’zgartirishi, menyu bо’limlarini tanlashi, ekran fragmentlarini ajratish kabi ishlarni bajara oladi. Manipulyatorning asosiy vazifasi kursorning ekran bо’ylab kо’chishini ta’minlash va kursor kо’rsatgan ekran nuqtasini zarur holda belgilashdan iborat. Bir qator manipulyatorlar bundan tashqari ekranda tasvir chizish imkoniga ega.
    Hozirda shaxsiy kompyuterlarda quyidagi manipulyator turlaridan foydalaniladi:

      • joystik;

      • nurli pero;

      • “sichqoncha” turidagi manipulyator;

      • sharli manipulyator (shar tipidagi manipulyator).

    Joystik – kursorni ekranda tо’rt yо’nalishdan biriga kо’chishini ta’minlaydi.
    U maxsus kо’rpusga о’rnatilgan dastakdan iborat.
    Nurli pero (Liqht pen) – displey ekranidagi nuqtani kо’rsatish uchun yoki tasvirni yuzaga keltirish uchun qо’llanilishi mumkin. U loyihaviy tuzilishiga kо’ra ichida fotoelement bо’lgan ruchkani eslatadi.
    Sichqoncha – bu manipulyator qurilma bо’lib, kursorni va grafik interfeyslarni boshqarish vazifasini bajaradi. Sichqonchalarning joylashuv koordinatalari kompyuterga uzatiladi va displey ekrani bо’ylab nuqta yoki strelka kо’rinishida (odatda–“sichqoncha” kо’rsatkichi deyiladi) kursorning tegishli kо’chishini yuzaga keltiradi. Sichqonchalar tugmalar soni (2 va 3 tugmali) va ishlash holatlari (trekbol va sensor panel) bо’yicha farqlanadi. Ular standart, trekbol, sensor panel kо’rinishlarda bо’ladi. Standart sichqonchalar stol ustida ishlatiladi, sensor panel bilan trekbollar esa noutbuklar uchun yaratilgan bо’lib, ular noutbuklarning klaviatura qismining ostki paneli ichiga о’rnatilgan bо’ladi.

    1. b) c)

    1.20-rasm. Manipulyatorlar: a) Joystik; b) simsiz sichqoncha; Nurli pero



      1. Download 2,87 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




    Download 2,87 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Multimediyali kompyuterlarning texnik ta’minoti

    Download 2,87 Mb.