• Printerlar va ularning turlari
  • Shaxsiy kompyuterlarning qо’shimcha qurilmalari




    Download 2,87 Mb.
    bet17/24
    Sana30.01.2024
    Hajmi2,87 Mb.
    #148699
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
    Bog'liq
    Maqsadi va vazifalari

    Shaxsiy kompyuterlarning qо’shimcha qurilmalari


    Kompyuterning imkoniyatlari — nafaqat ma’lumotlarni kiritish, qayta ishlash va ekranda chop qilishdan iborat, balki ularga turli xil qо’shimcha qurilmalar ulash orqali ularni imkoniyatlarini yanada kengaytirish mumkin. Hozirgi zamonaviy kompyuterlarning barchasi ochiq arxitektura tamoyili asosida tashkil etilganligi uchun ularga juda kо’plab qо’shimcha qurilmalar ulash imkoniyati mavjud. Shaxsiy kompyuterlarga ulash mumkin bо’lgan qurilmalar kompyuterlarning qо’shimcha qurilmalari deb ataladi. Kompyuterlar bir qancha qо’shimcha qurilmalarga ega.
        1. Printerlar va ularning turlari


    Printer - bu chop etish qurilmasi bo’lib, kompyuterning xotirasidagi ma’lumotlarni qog’ozga chop etish uchun xizmat qiladi. Printerlar quyidagi turlarga bo’linadi:

    • matritsali (ignali) printerlar;

    • purkagichli printerlar;

    • lazerli printerlar;

    Ularning har biri bir biridan o’zining xarakteristikalari bilan, ya’ni ishlash holati, chop etish tezligi va sifati, rangli va rangsizligi kabilar bilan ajralib turadi.
    Matritsali printer yaponiyaliklar tomonidan 1964 yilda ixtiro qilingan. Hozirgi kunda ishlab chiqarishdan olingan. Bu printerlarning ishlash printsipi oddiy. Varaqdagi tasvir elektromagnitlar tomonidan boshqariladigan ignalar to’plamidan (matritsadan) iborat bosib chiqarish kallagi yordamida yaratiladi.
    Kallak qog’ozni varaq bo’ylab satrli harakat qiladi va ignalar siyohli tasma orqali urib, iz qoldiradi, ya’ni nuqta tasvir paydo bo’ladi.

    1.21-rasm. Matritsali printer va uning ichki qurilmalari


    Bu printerlar narxi о’rtacha, ular juda sekin va shovqinli ishlaydi, bosmani sifati juda past, rangsiz, lekin bosmani narxi juda arzon. Ishlash vaqtida kraskalangan lenta kerak bо’ladi.
    Purkagichli printerlarning ishlash printsipi matritsali printerning ishlashiga o’xshaydi, ya’ni bunda ham tasvir nuqtalardan yaratiladi. Faqat bunda ignali kallaklar o’rniga suyuq bo’yoqni purkash bilan bosib chiqaradigan matritsadan (kallakdan) foydalanadi.

    1.22-rasm. Purkagichli printer
    Bosib chiqarish kallagi bo’yoq kartridjiga biriktirilgan yoki qurilmaning o’zida o’rnatilgan bo’lishi mumkin (bu holda almashtiriladigan siyoh lentalari ishlatiladi, kallak esa demontaj qilinmaydi). Integratsiyalashgan matritsali printerlar Epson va Canon kabi kompaniyalar tomonidan ishlab chiqariladi.
    Hewlett-Packard, Lexmark printerning kartrijga birlashtirilgan yondashuvidan foydalanadi. Purkagichli printerlar ko’plab belgilarga ko’ra sinflarga ajratiladi. Shuningdek, ular ishlatilgan siyoh turlariga ko’ra ham farqlanadi.
    Siyohlar quyidagicha bo’lishi mumkin:
    suvli (ko’pchilik uy va ofis qurilmalarida ishlatiladi); moyli (sanoatda markalash uchun ishlatiladi);
    pigmentli (yuqori sifatli rasmlarni olishning eng yaxshi varianti - masalan, fotosuratlar);
    solventli (tashqi reklama, plakatlar, stendlar uchun ishlatiladi, chunki bu bo’yoq suvga chidamli);
    termotransferli (ularning yordami bilan kiyimga rasm tushiriladi). Purkagichli printerlar ishlatilishiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:
    ofis (ko’pgina ofislarda - kichik qog’ozga bosib chiqarish uchun ishlatiladi); keng ekranli (tashqi reklama sohasida ishlatiladi);
    interyer (afishalar, stendlar va ichki bezatishning boshqa elementlari uchun); markalash (nomiga ko’ra - har xil detallarni markalash uchun);
    foto printerlar (rasmlarni chop etish uchun);
    suvenir (disklar, telefonlar, murakkab blankalar kabi mayda buyumlarga bosib chiqarish uchun ishlatiladi - );
    manikyur (go’zallik salonlaridagi yangilik - tirnoqlarga murakkab naqshlarni chizish apparati).
    Ko’pgina ofislarda ofis printeridan foydalanadi. U ichki ehtiyojlar uchun juda mos keladi - qog’ozda matn yoki rasmlarni chiqaradi. Bu turli printerlarni ko’plab kompaniyalar tomonidan ishlab chiqariladi: Epson, HP, Canon, Lexmark va boshqalar.
    Ofis printerlari, foto printerlar singari, har bir rang uchun bitta kallak bilan jihozlangan va juda yaxshi rang berish xususiyatiga ega (ayniqsa doimiy foydalanish bilan). Bu turli printerlarda oddiy qog’oz o’rniga mahsus qoplamali qog’ozlardan foydalanilsa bosmaning sifati juda yuqori bo’ladi. Purkagichli printerlar matrisali printerlarga ko’ra tezroq chop etadi.
    Purkagishli printerlarning asosiy kamchiligi - bu unga xizmat ko’rsatishning narxi yuqoriligidir. Chunki printer katrijidagi siyoh tez tugab qoladi va kraska narxi qimmat turadi.
    Bu muammoni qisman hal qilish uchun printerlarga uzluksiz siyoh yetkazib berish tizimi (USYBT) o’rnatiladi.
    USYBT bu shunday tizimki u kartrid o’rnida ishlatiladi. Uning ishlashi oddiy
    - siyoh maxsus naychalar orqali avtomatik ravishda etkazib beriladi.

    1.23-rasm. Uzluksiz siyoh yetkazib berish tizimi


    Bunda chop etish sifati sezilarli darajada yaxshilanadi va katrijga sarflanadigan pul tejaladi. Bunda vaqti-vaqti bilan siyoh sotib olish va uni maxsus idishlarga quyib turish lozim. Bu jarayon kartridjlarni almashtirishdan ancha oson va siyoh uzoq vaqt davomida etarli bo’ladi.
    Agar ilgari bunday tizimni faqat alohida o’rnatilgan bo’lsa, endilikda ular printerlar bilan birgalaikda sotilmoqda. Bunday printerlarning birinchi modellari 2011 yilning kuzida paydo bo’ldi va ular Epson L100 va Epson L800 markalli printerlar edi.

    1.24-rasm. Epson L100 purkagichli printeri
    Lazerli texnologiya (aniqrog’i - elektrografik texnologiya) 1938 yilda paydo bo’lgan. Dastlab elektrografiya, so’ngra kserografiya deb atalgan va bugungi kunda lazerli bosib chiqarish nomi bilan tanilgan ushbu printer tezligi, tejamkorligi va yuqori sifatda bosmaga chiqarish bilan ajralib turadi.
    1.25-rasm. Lazerli printer
    Lazerli printerning asosiy qismi yuzada elektr zaryadini saqlaydigan fotobaraban hisoblanadi. Fotobarabanga lazerli nur tushioriladi va bu nur barabanning alohida joylarini "yoritadi" va ulardan zaryadni olib tashlaydi. Lazer nurni boshqarish orqali barabanda zaryadlangan va zaryadlanmagan joylarni hosil qilish mumkin.
    Toner kukuni zarrachalari baraban faqat zaryadlangan nuqtalarga yopishadi va shu bilan tasvir hosil qiladi. So’ng bu tasvir qog’ozga o’tkazilib, yuqori harorat va bosim ta’siri ostida eriydi. Natijada qog’ozda bosma hosil bo’ladi.

    1.26-rasm. Lazerli printerning ichki qurilmalari
    Bunday texnologiya juda yaxshi natija beradi: bosmaga chiqarish tezligi purkagichli printerga qaraganda ancha yuqori. Oddiy ofisda ishlatiladigan lazerli printerlarda ham 1 daqiqada 10-20 ta sahifani bosmaga chiqaradi. Bosib chiqarish sifati ham juda yuqori, bundan tashqari bosma ishqalanishga va namlikka chidamli va rangni yaxshi ushlab turadi. Lazerli printerning afzalligi shundaki, u deyarli har qanday qog’ozga bosib chiqarish sifatini yo’qotmasdan chop etish qobiliyatidir.
    Lazerli printerlarning bir qancha xarakteristikalari mavjud bо’lib, ulardan bosmaga chiqarish tezligi va sifati asosiy hisoblanadi. Bosmaga chiqarish tezligi bir minutda nechta qog’oz beti pechat qilishi bilan о’lchanadi. Bosmaga chiqarish sifati esa mumkin bо’lgan nuqtalar soni (1dyumda nechta nuqta) bilan aniqlanadi. Mumkin bо’lgan nuqtalar soni qancha kо’p bо’lsa shuncha sifatli chop etadi. Lekin chop etish tezligi pasayadi. Bu ikki xarakteristika bir-biriga teskari proporsionaldir.

        1. Download 2,87 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




    Download 2,87 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shaxsiy kompyuterlarning qо’shimcha qurilmalari

    Download 2,87 Mb.