|
Tortuvchi yoki g’ildirakli skanerlar
|
bet | 20/24 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 2,87 Mb. | | #148699 |
Bog'liq Maqsadi va vazifalariTortuvchi yoki g’ildirakli skanerlarda original qog’oz qimirlamaydigan zaryadli aloqa matritsasi ustidan о’tadi va skaner qilinadi. Bunday skaner turlariga misol qilib faks-apparatlarni keltirish mumkin. Bu skanerlar planshetli skanerlarga nisbatan ancha tez ishlaydi. Bir minutda 180tagacha va undan ortiq originallarni skaner qila oladi. Bu turli skanerlar qо’shimcha imkoniyatlarga ham ega, ya’ni:
Tortuvchi yoki g’ildirakli skanerlarning asosiy xususiyatlari – loyihasining yuqori darajada mustahkamligi, hujjatlarni paketli qayta ishlashi va ishlash samaradorligining yuqoriligidir.
Planetar skanerlarda skaner qilinadigan original skaner qiluvchi qurilimadan ma’lum bir masofa uzoqda va yuqoriga qaragan holda joylashadi. Kо’p hollarda planetar skanerlar kitob qо’yiladigan maxsus kitobsimon joyga ega bо’ladi. Shuning uchun ba’zan ularni kitobli skanerlar deb ham atashadi. Bu turli skanerlar asosan mahkamlab qо’yilgan hujjatlarni, masalan, kitob va jurnallarni skaner qilishda ishlatiladi. Planetar” saknerlarning asosiy xususiyati original bilan kontaktga bormasdan skaner qilish usuli va skaner qilishda yuqori samaradorlikga egaligidir.
Barabanli skanerlar asosini original mahkamlanuvchi aylanuvchi baraban tashkil etadi. Bunda originaldan qaytgan yorug’lik nuri fotoelektron qurilmaga kelib tushadi va bu qurilma nurlarning intensivligiga mos elektron signallar hosil qiladi. Bu elektron signallar kompyuter xotirasida raqamli tasvirni yaratadi. Barabanli skanerlarning skaner qilish sifati juda yoqori bо’ladi, lekin kattaligi va
qimmatbaholigi uchun uni faqat katta tashkilotlar oladi. Barabanli skanerlar asosan katta bosmahonalarda ishlatiladi.
|
| |