|
Skaner qurilmalari va ularning turlari
|
bet | 19/24 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 2,87 Mb. | | #148699 |
Bog'liq Maqsadi va vazifalari Skaner qurilmalari va ularning turlari
Skaner (ingl. scanner, scan - "diqqat bilan o’rganish, tekshirish" ma’nosini anglatuvchi so’zdan olingan) – bu ob’ektni (odatda rasm, matn) tahlil qiladigan, uning raqamli tasvirini kompyuter xotirasida yaratadigan kiritish qurilmasidir. Tasvirni kompyuter xotirasida raqamli tasvirni hosil qilish jarayonini skanerlash deb ataladi.
Skanerlar texnologik jarayonlarda qо’llanishiga kо’ra quyidagi turlarga ajratiladi:
Planshetli skanerlar;
Tortuvchi yoki g’ildirakli skanerlar;
Planetar yoki kitobli skanerlar;
Barabanli skanerlar;
Plyonkali skanerlar;
Qо’l skanerlari.
b) c)
d) e) f)
1.29-rasm. Skanerlar turlari ( a)-planshetli; b)- tortuvchi yoki g’ildirakli; c)-planetar yoki kitobli; d)-barabanli; e)-plyonkali; f)-qо’l skaneri)
Planshetli skanerlar – bu shunday skanerlarki, ularda original (qо’g’ozli hujjat) skanerning ustki qopqog’i ostidagi oyna ustiga qо’yiladi va siljib yuruvchi matritsa qurilmasi yordamida skaner qilinadi. Matrisa – bu yoqori darajada yorug’likni sezuvchi elementlardardan tashkil topgan qurilma. Bu elementlarning soni skanerning mumkin bо’lgan nuqtalar soni (разрешение) bilan aniqlanadi. Planshetli skanerlarda yorug’lik manbai va fotoelementdan tashkil topgan skaner qiluvchi qurilma qadamli dvigatel yordamida skaner oynasiga qо’yilgan qog’oz bо’ylab harakatlanadi. Bunda oq lampadan chiqqan yorug’lik nuri qog’ozga tegib qaytadi. Bu qaytgan yorug’lik nuri optik prizma va oyna tizimi yordamida fotoelementga tushiriladi. Fotoelement bu yorug’lik nurini intensivligiga mos holda analogli signalga о’tkazadi. Bu analogli signallar raqamli signalga о’tkazish qurilmasi yordamida raqamli (0 va 1) signallarga о’tkazilib, kompyuter xotirasiga yoziladi. Quyidagi rasmga qarang.
1.30-rasm. Planshetli skanerning ishlash prinsipi
Planshetli skanerlar hajmi uncha katta bо’lmagan rasm yoki matnli hujjatlarni (300 sahifagacha) skaner qilishga mо’ljallangan. Bu turli skanerlarga hos xususiyatlar – uning loyihasining soddaligi, hujjatlar qо’lda qayta ishlanashi va samaradorligining pastligidir.
|
| |