|
Multimediyali kompyuterlarda bo’ladigan qo’shimcha qurilmalar Ovoz kartasi
|
bet | 23/24 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 2,87 Mb. | | #148699 |
Bog'liq Maqsadi va vazifalariMultimediyali kompyuterlarda bo’ladigan qo’shimcha qurilmalar Ovoz kartasi (ovoz platasi, ovoz adapteri) - bu audio signallarni kompyuter
xotirasiga kiritish-chiqarish uchun mo’ljallangan qo’shimcha qurilma hisoblanadi. Ovoz kartasi analogli tovush signalini kompyuterga uzatiladigan raqamli signalga o’zgartiradi va aksincha.
Ovoz kartalari loyihaviy tuzilishiga ko’ra 3 turga bo’linadi:
Bosh plataga integrallashgan ichki ovoz kartasi;
Bosh plataning kengaytirish slotiga o’rnatiladigan ichki diskret ovoz kartasi;
Tashqi ovoz kartasi.
1.31-rasm. Ovoz kartalari: a) tashqi; b) integrallashgan ichki; c) diskret ichki.
Odatda ofis kompyuterlarida bosh plataga integrallashgan ovoz kartalaridan foydalaniladi. Multimediyali kompyuterlarda esa bosh plataning kengaytirish slotlaridan biriga joylashtirilgan ichkli diskret yoki tashqi ovoz karatalari o’rnatiladi. Chunjki bu turli ovoz kartalari audio ma’lumotlarni sifatini saqlagan holda kompyuter hotirasiga kiritadi. Ular yordamida san’atkorlar ijro etadigan kuy va qo’shiqlar yoziladi.
TV tyunerlar – bu kompyuterning tizimli blokiga o’rnatiladigan qurilma bo’lib, u televizor signalini qabul qiladi va uni shaxsiy kompyuter monitorida ko’rish uchun dekoderlaydi. Bundan tashqari, tashqi televizor tyunerlari ham mavjud, ular kompyuterning USB portlariga ulanadi.
Ichki turdagi televizor tyunerlari to’g’ridan-to’g’ri tizim blokiga o’rnatiladi, televizion ko’rsatuvlarni faqat kompyuter ishlayotganida ko’rish mumkin. Uning ishlashini ta’minlash uchun drayverlarni va ba’zi dasturlarni o’rnatishni talab qiladi.
Shuningdek radio signallarni qabul qiluvchi va kompyuter orqali radio eshittishlarni taklif qiluvchi FM tyunerlar ham mavjud.
a) b)
1.32-rasm. TV tyunerlar: a) TV tyuner; b) TV/FM tyuner
Tovush tizimlari va kolonkalar. Tovush tizimlari - bu sabbuferlar (kuchaytirgichlar) bо’lib, ular о’zlariga bir necha tovush kalonkalarini birlashtirgan holda tovush eshitishlarni boshqaradi. Kolonkalar esa tovush eshitish qurilmalari hisoblanadi. Ular passiv va aktiv turlarga bо’linadi. Passiv kalonkalar tovush kartalarining ichki ovoz kuchaytirgichlari hisobiga ishlaydi. Aktiv kalonkalar о’zlarining tovush kuchaytirgichlariga ega bо’ladi, shuning uchun ularda tovush eshitilishi kuchliroq va sifatliroq bо’ladi.
a) b)
1.33-rasm. Kolonkalar: a) Aktiv kolonka; b) Passiv kolonka
Mikrafon – bu qurilma ovozli ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga kiritish qurilmasi bо’lib, u ovoz kartasi qurilmasiga ulanadi.
1.34-rasm. Defender MIC-117 markali mikrofon
|
| |