Skanerlarning dasturiy ta’minoti




Download 2,87 Mb.
bet22/24
Sana30.01.2024
Hajmi2,87 Mb.
#148699
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Maqsadi va vazifalari

Skanerlarning dasturiy ta’minoti


Kompyuterlarning barcha qо’shimcha qurilmalari kabi skanerlar ham dasturiy ta’minotsiz ishlamaydi. Skanerlarning dasturiy ta’minotini shartli ravishda ikki turga ajratish mumkin, ya’ni:

  1. Skaner drayveri – bu skanerni kompyuter bilan bog’lovchi dasturdir. Har bir skanerning о’zini drayveri bо’ladi va skaner harid qilinganda unig hujjatlari bilan birga CD-disk bо’ladi. Bu diskda skanerdan foydalanish bо’yicha ma’lumotlar kelritilgan PDF fayllar va skaner drayver dasturi bо’ladi. Skaner qurilma ulanish simlari orqali kompyuterga ulangandan sо’ng bu diskdan skanerning drayver dasturi о’rnatiladi, aks holda skaner ishlamaydi.

  2. Hujjatlarni skaner qiluvchi dasturiy ta’minot. Hujjatlarni skaner qiluvchi dasturiy ta’minot 3 turga bо’linadi:

    • Kichik hajmdagi axborotlarni skaner qilishga mо’ljallangan dasturiy ta’minot;

    • Katta hajmdagi axborotlarni skaner qilishga mо’ljallangan dasturiy ta’minot;

    • Maxsus masalalarni yechishga qatatilgan axborotlarni skaner qilishga mо’ljallangan dasturiy ta’minot;

Kichik hajmdagi axborotni skaner qilishga mо’ljallangan dasturiy ta’minotlar asosan uy va ofislarda ishlatiladi. Bunday dasturlar turkumiga TWAIN standartiga mos keluvchi va skaner qilish funksiyasiga ega dasturlarni kiritish mumkin. TWAIN (Toolkit Without An Interesting Name) standarti – bu skanerlar, raqamli kameralar
kabi tasvirga olish qurilmalari va dasturlar о’rtasidagi о’zaro aloqani aniqlovchi standart bayonnoma (protocol) va interfeysdir.
Kichik hajmdagi axborotni skaner qilishga mо’ljallangan dasturiy ta’minotga misol qilib, quyidagi dasturlarni keltirish mumkin.

  1. “ABBYY FineReader”

  2. “Adobe PhotoShop”

  3. “Cognitive Cuineiform”

  4. “Microsoft Photo Editor”

  5. “ACDSEE”

Katta hajmdagi axborotni skaner qilishga mо’ljallangan dasturiy ta’minotlar asosan sanoatlarda saknerdan foydalanishga mо’ljallangan. Bunda bir skaner 50000dan ortiq hujjatlarni skaner qilishi mumkin. Bunday dasturlar ISIS (ISISImage and Scanner Interface Specification) standarti bо’yicha yaratiladi. Bunday dasturlarga misol tariqasida quyidagilarni keltirish mumkin:

  1. “Kofax Ascent Capture”;

  2. “Captiva InputAccel”.

Maxsus masalalarni skaner qilishga mо’ljallangan dasturiy ta’minotlar skanerlarda hujjatlarni yuqori sifatli skaner qilishda ishlatiladi. Bu dasturlar standartlar asosida emas balki, skaner qurilmalar asosida, ya’ni ularning ishlash prinsipi bо’yicha ishlab chiqariladi. Ularga misol qilib:

  1. “ПланСкан BSC-2”

  2. “RZ ProScan Book (Minolta PS7000 edition)”

  3. “Zeutschel OmniScan” kabilarni keltirish mumkin.


      1. Download 2,87 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Download 2,87 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Skanerlarning dasturiy ta’minoti

Download 2,87 Mb.