• Qо’l skanerlari
  • Multimediyali kompyuterlarning texnik ta’minoti




    Download 2,87 Mb.
    bet21/24
    Sana30.01.2024
    Hajmi2,87 Mb.
    #148699
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
    Bog'liq
    Maqsadi va vazifalari

    Plyonkali skanerlar faqat shaffof originallarni skaner qilishga mо’ljallangan. Shaffof originallar – bu foto-plyonka negativlari, slayd-plyonkalar va boshqa shu kabi shaffof yuzali materiallarga yozilgan axborotlar hisoblanadi. Bu turli skanerlar asosan foto-studiyalarda va foto-laboratoriyalarda ishlatiladi.
    Qо’l skanerlarining asosiy ustunligi ularni foydalanuvchilar doimo о’zi bilan olib yurishi mumkinligidir. Bu skanerlar qо’lda original ustidan yuritib chiqish orqali skaner qilinadi. Ularni skaner qilish sifati unchalik yuqori emas, lekin noutbuk yoki planshetlar bilan birgalikda ishlatib yurish uchun keraklicha yetarli hisoblanadi.
        1. Skanerlarning asosiy xarakteristikalari


    Kompyuterlarning har bir qо’shimcha qurilmalarining о’zini xarakteristikalari mavjud. Foydalanuvchilar shu xarakteristikalarga qarab ularni yaxshi yoki yomon ekanligi haqida hulosa qilishadi. Shunga kо’ra skanerlar ham о’ziga tegishli xarakteristikalar ega:

          1. Skanerlarning mumkin bо’lgan nuqtalar soni (ruschada “Разрешение”, inglizchada “Resolution) – bu bir kvadrat dyumdagi nuqtalar soni bilan belgilanadi. Bu mumkin bо’lgan nuqtalar soni qancha kо’p bо’lsa skaner shuncha yaxshi hisoblanadi. Chunki nuqta soni qancha kо’p bо’lsa bu nuqtalar orqali ifodalangan tasvir sifati shuncha yuqori bо’ladi. Kо’pincha, sanoatda ishlatiladigan skanerlarning mumkin bо’lgan nuqtalar soni 200-300 dpi bо’ladi.

          2. Ranglar razryadligi – bu ranglar sonini bildiradi. Agar rang bir razryadli bо’lsa unda ikkita rang – oq va qora bо’ladi va bir razryadli skanerlar faqat oq-qara rangli skaner qiladi. Skanerlar 8, 16 va 24 razryadli bо’lishi mumkin. 8 razryadli skanerlar nimrang-kulrang skaner qiladi, 16 va 24 razryadli skanerlar RGB ranglar modeli ranlari bilan rangli skaner qiladi. Bosmahonalarda 36 bitli rangli skanerlar ishlatiladi. Ular yuqori darajada sifatli rangli skaner qilish imkoniyatiga ega.

          3. Skaner qilish vaqti – bu bir minutda nechta varoqni sakner qilish bilan о’lchanadi. Skaner qilish tezligi qancha katta bо’lsa, shuncha yaxshi bо’ladi.

          4. Skaner qilinadigan hujjatning formati – bu original qog’ozning о’lchami bilan belgilanadi, masalan, A3, A4 formatlar singari.

          5. Ma’lumotlarni uzatish interfeysi – skanerlarning kompyuterga USB, COM portlar, WI-FI, SCSI kartalar va boshqalar orqali ulanishini bildiradi. Hozirda USB va WI-FI ulanish yaxshi hisoblanadi.

    Skaner harid qilayotganda yuqorida keltirilgan xarakteristikalarga amal qilish lozim. Bunda skaner nima maqsad uchun harid olinayotgani ham skaner tanlashda muhim о’rin egallaydi.

        1. Download 2,87 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




    Download 2,87 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Multimediyali kompyuterlarning texnik ta’minoti

    Download 2,87 Mb.