|
Klaviatura va monipulyatorlar
|
bet | 15/24 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 2,87 Mb. | | #148699 |
Bog'liq Maqsadi va vazifalari
Клавиатура – bu kompyuter xotirasiga alfavit raqamli ma’lumotlarni kiritishga mо’ljallangan qurilma.
Standart holda klaviaturadagi tugmalar soni 101 tadan 105 tagacha bо’lishi mumkin. Lekin hozirda asosan multimediyali kaviaturalar ishlab chiqarilmoqda. Ularda qо’shimcha bir qancha tugmalar kiritilgan. Klaviatura harfli tugmalarning
joylanishiga kо’ra ingliz (QWERTY) va fransuz (AZERTY) standartlariga bо’linadi.
1.19-rasm. QWERTY standari ko’rinishidagi klaviatura
Klaviaturadagi barcha tugmalarni shartli ravishda tо’rtta guruhga ajratiladi:
Alfavit-raqamli va belgili tugmalar. Bularga bо’sh joy, 0-9gacha raqamlar, A-Z lotin alifbosi harflari, А-Я kiril alifbosi harflari, tinish belgilar, xizmatchi tugmalar, amal belgilari "+", "-", "/" kabi tugmachalar kiradi. Alfavit-raqamli va belgili tugmalar guruhiga tegishli tugmachalarning asosiy vazifasi belgili ma’lumotlarni va harflar orqali teriladigan buyruqlarni kiritishdan iborat. Har bir tugmacha ikki rejimda – quyi registr va yuqori registrlarda ishlaydi, shunga kо’ra bir necha belgilarni kiritish imkoniyatiga ega. Quyi registrdan yuqori registrga о’tish uchun “Shift” tugmasi bosib turiladi, yoki “Caps Lock” tugmasi bosib qо’yiladi. Til standartlarini о’zgartirish klaviaturalarda har xil bо’lishi mumkin. U foydalanuvchi tomonidan belgilanadi. Kо’p hollarda о’ng Alt+Shift yoki ikkita Shift yoki о’ng Ctrl+Shift tugmalarni birgalikda bosish orqali bajariladi.
Funksional tugmachalar. Bular F1, F2, F3 .. F12 – bu tugmalar maxsus buyruqlar va amallarni bajarish tugmalari bо’lib, ular har xil dasturlarda har xil vazifalarni bajaradi.
Yо’nalish tugmalari. Bu guruhga kursorni harakatga keltiruvchi tugmalar kiradi. Ular: kursorni bitta belgi chapga, yuqoriga, о’ngga va pastga siljitishni ta’minlaydi. Bundan tashqari quyidagi tugmalar ham bu guruhga kiritilgan:
“Home” tugmasi - satr boshiga о’tish;
“End” tugmasi - satr oxiriga о’tish;
“PageUp” tugmasi – bir sahifa yuqoriga о’tish;
“PageDown” tugmasi – bir sahifa pastga о’tish;
“Insert” tugmasi – belgilarni о’chirib ustiga yozish yoki ularni siljitib о’rtasiga yozish holatini о’rtnatish;
“Delete” tugmasi – kursordan о’ngda joylashgan bitta belgini о’chirish kabi amallarni bajaradi.
|
| |