ATX (Advanced Technology eXtended)




Download 2,87 Mb.
bet11/24
Sana30.01.2024
Hajmi2,87 Mb.
#148699
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Bog'liq
Maqsadi va vazifalari

ATX (Advanced Technology eXtended) form-faktori 1995 yilda Intel firmasi tomonidan taklif qilingan va shu paytgacha juda mashhur bo’lib kelmoqda. ATX form-faktorli bosh platalarning o’lchami 30,5 x 24,4sm. Hozirgi kunda ko’plab bosh platalar, tizimli blok korpuslari va elekt manbai bloklari Intel va AMD protsessorlariga asoslangan holda ATX formatida ishlab chiqilmoqda.

ATX spetsifikatsiyasining xususiyatlari quyidagilarni o’z ichiga oladi:

    • kiritish-chiqarish portlarini tizim platasida qulay joylashuvi;

    • klaviatura va sichqoncha uchun o’rnatilgan PS/2 ulagichlarining mavjudligi;

    • IDE va FDD ulagichlarining joylashuvi qurilmalarning o’ziga yaqinroq bo’lganligi;

    • protsessor rozetkalarini plataning orqasida, elektr ta’minoti yonida joylashishi;

    • elektr manbai bloke uchun yagona 20 pinli va 24 pinli ulagichlaridan foydalanish.

Hozirgi vaqtda ATX form-faktorli platalarni olish tavsiya etiladi, chunki ular sezilarli darajada kattaroq va shunga mos ravishda ko’proq uyalarga (slotlarga) ega va ular qulay joylasgan, shuningdek, chiplar va boshqa ulagichlar ham mavjud.

  1. mATX (Micro ATX) - bu kichiklashtirilgan ATX standartidir. U asosan ko’p uyalar (slotlar) talab qilinmaydigan ofis kompyuterlarida ishlatiladi. mATX standarti 24,4 x 24,4 sm o’lchamda va 4ta kengaytirish uyasi (slot) mavjud. mATX standartidagi bosh plata elektr manbai blokini ulash uchun 20 yoki 24 pinni ulagichlarga ega. 2003 yildan boshlab deyarli barcha yangi modellarda 24 pinli ulagichlar mavjud.

1.15-rasm. Bosh plataning form-foktori


Mini-ITX standarti elektrik va mexanik tomondan ATX form-faktoriga mos keladi. Mini-ITX form-faktori VIA Technologies kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va kichik (17 x 17 sm) o’lchamga ega.
Hozirgi kunda:

  • Eskirgan standartlar: Baby-AT; Mini-ATX; to’liq o’lchamli AT plata; LPX;

  • Zamonaviy standartlar: ATX; mikroATX; Flex-ATX; NLX; WTX, CEB;

  • Amalga oshirilayotgan standartlar: Mini-ITX va Nano-ITX; Pico-ITX; BTX, MicroBTX va PicoBTX lardan iborat.

      1. Download 2,87 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Download 2,87 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ATX (Advanced Technology eXtended)

Download 2,87 Mb.