|
Bosh plata elektron qurilmasi
|
bet | 10/24 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 2,87 Mb. | | #148699 |
Bog'liq Maqsadi va vazifalari Bosh plata elektron qurilmasi
Bosh plata (inglizchada motherboard, mainboard) - bu shaxsiy kompyuterning asosiy qismlari: markaziy protsessor, tezkor xotira kontrolleri, tezkor xotiraning (RAM) o’zi, doimiy xotira (ROM), asosiy kirish-chiqish interfeyslarining kontrollerlari va boshqa shu kabi electron qurilmalar o’rnatilgan murakkab ko’p qatlamli elektron platadir. Qoidasiga ko’ra, bosh plata qo’shimcha kontrollerlarni ulash uchun ulagichlarni (uyalarni) o’z ichiga oladi, ular uchun odatda USB, PCI va PCI-Express kabi shinalar ishlatiladi.
1.14-rasm. Bosh plata electron qurilmasi
Bosh plata nima? – degan savolga shu tarzda javob berish mumkinki, bu qo’shimcha kengaytirish kartalarini o’rnatish uchun ulagichlarga ega va kompyuterning barcha elektron sxemalarining mexanik asosi bo’lib xizmat qiladigan asosiy kompyuter qurilmasidir. Bosh plata tufayli kompyuter tizimining tarkibiy qismlarining to’liq o’zaro ta’siri ta’minlanadi.
Bosh plataning qiymatini baholasah mumkin emas, kompyuter tizim blokining barcha tarkibiy qismlari bosh plata tufayli bir-biri bilan o’zaro ta’sirlashadi, qattiq diskdagi ma’lumotlar RAMga kelib tushmasdan protsessorda qayta ishlash mumkin emas, grafik adapter esa bosh platasiz kompyuter tizimidan hech narsa ololmaydi va natijada monitorga xech nima uzatolmaydi. Sichqoncha va
klaviatura kabi eng oddiy kirish qurilmalari ham bosh platadagi ulagichlar orqali ma’lumot almashadi.
Ehtimol, avvallari kompyuterning umumiy ishlash samaradorligi faqatgina protsessorga bog’liq bo’lgan bo’lsa, hozir vaziyat o’zgargan. Endilikda kompyuterlarning tezligi na faqat markaziy protsessorga bailki bosh plataning imkoniyatlariga, uning shinalarining o’tkazish qobiliyatiga, tezkor xotiraning hajmi va chastotasiga, zamonaviy PCI-Express x16 va video kartalar o’rnatiladigan uyaning maksimal ishlash qobiliyatiga va boshqalarga bo’g’liq.
Bosh platalarda form-faktor (shakl-shamoyili) deb nomlanuvchi parameter mavjud bo’lib, u kompyuter uchun bosh plataning o’lchamini, uning kompyuter korpusiga o’rnatiladigan joylarini, bosh plata shinalari interfeysini, kiritish/chiqarish portlarini, markaziy protsessor o’rnatiladigan joyni (soketini) va operativ xotiraning ulanish joylarini, shuningdek elektr ta’minotini ulash uchun ulagich turini aniqlaydigan standart hisoblanadi.
Hozirgi zamonaviy form-faktorlarda kompyuterni sovutish tizimiga qo’yiladigan talablar ham aniqlangan. Kompyuter yig’ishda tizimli blok form- faktori bilan bosh plata form faktorini bir-biriga mos kelishini hisobga olish zarur. Aks holda bosh platani tizimli blokning korpusiga mahkamlab bo’lmaydi.
Hozirgi kunda quyidagi turli form-faktorli bosh platalar ishlatiladi:
|
| |