|
Disk yurituvchilar va ularning turlari
|
bet | 12/24 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 2,87 Mb. | | #148699 |
Bog'liq Maqsadi va vazifalari
Disk yurituvchilar bu electron-mexanik qurilma bo’lib har xil formatli kompakt disklar bilan ishlaydi, ya’ni bu disklarga ma’lumotlarni yozadi va o’qiydi.
Hozirgi kunda CD, DVD, Blu-Ray Disc kabi disklar formati mavjud. Bu disklar bir-biridan o’zlari saqlaydigan ma’lumotlar sig’imi bilan o’zgaradi.
Kompyuter texnika va texnologiyasini rivojlanishining 1970-yillariga kelib ma’lumotlarni saqlash vositalari yaratishda sakrash sodir bo’ldi. Bu yillarda alyuminiy qoplamali shaffoflikka ega bo’lgan polikarbonatdan tayyorlangan disk ixtiro qilindi. Polikarbonat disklarni asosini tashkil etib, ularni tashqi ta’sirlardan himoya qildi, alyuminiy qoplama spiral shaklida iz qilib chizib chiqildi. Bunda ma’lumotlarni o’qish va yozish prinsipi o’sha paytlardagi radiolarning gramplastinkasiga o’xshar edi. Alyuminiy qoplamaga nur tushiriladi. Bu ingichka nur alyuminiy qoplamadan qaytib maxsus yorug’likni qabul qiluvchilarga kelib tushadi. Kelib tushgan nurlarning o’zgarishiga nol va birlar mos qo’yiladi. Keyin Morze alifbosi tamoyilida ular musiqalarga, filmlarga rasmlarga va har xil matnli rasmlarga qayta ifodalanadi.
Disk yurituvchilar deganda ma’lumotlarni kompakt disklarga yozish va o’qish qurilmalari tushiniladi. Ular CD-ROM, DVD-ROM hamda Blue-Ray kabi kompakt disklar bilan ishlaydi.
Kompakt disk yurituvchilarining quyidagi turlari mavjud:
CD-ROM (Compact disc read-only memory) disk yurituvchisi – bu CD formatli kompakt disklardagi ma’lumotlarni o’qishga mo’ljallangan electron mexanik qurilma hisoblanadi. Ishlash printsipi ko’ra disk sirtidan aks etuvchi lazer nuridan foydalanib ma’lumotlarni o’qiydi. Magnit disklardan juda yuqori zichlikda yozilishi bilan farq qiladi. Standart diskdagi ma’lumotlarning hajmi 650 Mb bo’lib, bu taxminan 333 ming sahifa matniga yoki 74 daqiqali yuqori sifatli ovoz yozuviga to’g’ri keladi.
CD-RW disk yurituvchi – CD-R/RW formatli kompakt disklarga ma’lumotlarni yozadi va о’qiydi;
DVD/CD-RW disk yurituvchi – DVD kompakt disklarni о’qish va CD-R/RW diskglarga yozish qurilmasi;
DVD-RW disk yurituvchi – DVD kompakt disklarni о’qish va yozish qurilmasi;
DVD-RW DL disk yurituvchi – ikki qatlamli DVD disklarga yozish va o’qish;
Blu-Ray (BD-ROM) disk yurituvchi – bu to’lqin uzunligi 405 nm "ko’k" (aslida binafsha rang) lazerdan foydalanishga asoslangan optik muhitning ilg’or texnologiyasidir. Lazer to’lqin uzunligini qisqartirish DVD-ROM bilan taqqoslaganda trekning kengligini yarmiga qisqartirish va ma’lumotlarning yozilish zichligini oshirishga imkon berdi. Himoya qatlami qalinligining olti marta pasayishi bir necha qayd etiladigan qatlamlarda o’qish / yozish operatsiyalarining ishonchliligini oshirdi. Bunda disklarning sig’imi 27-30 Gb bo’ladi.
HD DVD-ROM disk yurituvchisi – HD DVD formatli disklarni o’qish qurilmasi. Bu format 2008 yil fevral oyida yopildi;
HD DVD / DVD-RW disk yurituvchisi –DVD-R, DVD + R, DVD-RW, DVD
+ RW, CD-R, CD-RW kabi formatlardagi disklarga yozadi va o’qiydi.
|
| |