|
Multisim dasturi – kompyuterda virtual elektron laboratoriya bo’lib hisoblanadi. Unga asos qilib professional modellash dasturi pspice
|
bet | 16/19 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 85,91 Kb. | | #153174 |
Bog'liq Multisim dasturi – kompyuterda virtual elektron laboratoriya bo’-fayllar.orgMEHNAT VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI.
Yong‘inga qarshi kurash va texnika xavfsizligi
Elektr xavfsizligi
Odam elektr kurilmalarining tok o‘tkazuvchi qismlariga, ochilib qolgan simlariga, shuningdek elektr izolyatsiyasi teshilishi natijasida kuchlanish ta’sirida qolishi mumkin bo‘lgan tok o‘tkazmaydigan metall qismlariga tegib ketganda uni elektr toki shikastlashi mumkin.
Elektr remont. Muassasalaridagi aksariyat xonalar elektr tokidan shikastlanish xavfi yuqori bo‘lgan xonalar kategoriyasiga taalluqlidir.
Elektr tokidan shikastlanish xavfi shu bilan farq qiladiki, bunda odam kuchlanish borligini maxsus asboblarsiz masofadan aniqlay olmaydi.
Elektr toki jonli to‘qimalardan o‘tar ekan ularga termik, elektr va biologik ta’sir ko‘rsatadi. Odam tanasi orqali ancha katta (1Adan katta) tok o‘tganda u kuyishi mumkin. Elektr alomatlari (tok alomatlari) tok o‘tkazuvchi qismlar bilan kontakt yaxshi bo‘lganda paydo bo‘ladi. Bu alomat atrofida oq yoki kul rang hoshiya bo‘lgan, ustidagi teri qotib qolgan shishdan iborat.
Odam tok o‘tkazuvchi qismlarga tegib ketgan joyda, yoy yonganda yoki elektroliz bo‘lganda terisi elektr metallashib qoladi, ya’ni terining sirti ostiga metall zarralari kirib qoladi. Elektrdan shikastlanishlarga elektr yoyning ultra-binafsha rang nurlari ta’sir qilishi natijasida ko‘zning shikastlanishi hamda-tok ta’sir qilganda ixtiyorsiz ravishda keskin harakatlar qilish yoki hushni yo‘qotish tufayli balanddan yiqilganda mexanik shikastlanish (lateyish, suyak sinishi) ham kiradi.
Elektr urishi (tokning nerv sistemasi va mushaklarga ta’sir qilishi), odatda 1 A gacha tokda va 1000 V gacha kuchlanishda sodir bo‘ladi. Tok urganda shikastlangan organlar falajlanishi mumkin. Nafas olish mushaklari va
yurak mushaklari falajlanishi okibatida odam halok bo‘lishi mumkin. 10 mA gacha bo‘lgan tok faqat nohush ta’sir ko‘rsatadi; 20—25 mA li o‘zgaruvchan tok qo‘lni falaj qiladi, bunda odam o‘zini o‘zi tok ta’siridan xalos qila olmaydi; 50—100 mA li o‘zgaruvchan tok nafas olish va yurak urishining to‘xtashiga olib keladi.
Odam tanasi orqali o‘tuvchi tok nafaqat kuchlanishga,balki zanjirning qarshiligiga ham bog‘lik. Agar odam qo‘lining terisi quruq, qadoqli, kiyimi va poyabzali quruk, oyog‘i rezina poyavzalda turgan bo‘lsa, qarshilik shunchalik katta (bir necha yuz ming omgacha) bo‘ladiki, tok organizmga deyarli hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.
Elektr tokidan shikastlanish xavfi odamning tok o‘tkazuvchi qismlariga tegib ketish xarakteriga bog‘liq. Eng xavflisi ikki qutbga (bir yo‘la ikki fazaga) tegib ketishdir, bunda odam tarmokning ish kuchlanishi ta’sirida qoladi. Odam tarmoq simlaridan bittasiga tasodifan tegib ketganda kuzatiladigan bir qutbli tegishda odamga ish kuchlanishidan deyarli 2 baravar kichik kuchlanish ta’sir qiladi.
Elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish maqsadida elektr ustanovkalarda kichik kuchlanishlar qullaniladi. Ammo kichik kuchlanishli tarmoqlar qimmatga tushganidan bu usuldan kam foydalaniladi. Shu sababli 12 va 36 V li kuchla-nish yuqori darajada xavfli (poli tok o‘tkazadigan, zax va hokazo) xonalarda ishlatiladigan elektrlashtirilgan qo‘l as-boblari, qo‘l hamda stanok lampalaridagina qo‘llaniladi. Izolyatsiyalangan tok o‘tkazuvchi qismlarga xavfli darajada tegib ketish ex.timolini yo‘qotish uchun to‘siq va blokirovkalardan foydalaniladi. Eshiklari qulflanadigan turli to‘siqlardan kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan ustanovkalarda foydalaniladi.
Elektr va mexanik blokirovkalar bor. Elektr blokirovkalar to‘siqlarning devorlariga, kojuxlarning qopqoqlari va eshikchalariga o‘rnatiladigan maxsus kontaktlar yordamida elektr zanjirini uzib qo‘yadi. Ular ochilganda elektr ustanov-ka tarmoqdan uziladi. Eshiklar yopilgandan
so‘ng elektr ustanovka ishlamaydi. Uni ishga tushirish uchui yurgizish knop-kasini bosish kerak. Bu bilan operator to‘siq ichiga o‘tayotganda va eshik to‘satdan yopilganda uning kuchlanish ta’sirida qolish xavfi yo‘qotiladi. Mexanik blokirovkalar elektr apparatlarda qo‘llaniladi.
Himoyalash uchun yerga ulash tasodifan kuchlanish ta’sirida qolgan metall qismlarga bir qutbli tegib ketilganda himoyalashning asosiy chorasi hisoblanadi. Bu maqsadda nollash va ximoyali uzib qo‘yish qo‘llaniladi.
Yerga ulovchi qurilma yerga bevosita tegib turuvchi yerga ulagichlar 1 dan (rasm) hamda elektr ustanovkalarning metall qismlari (korpuslari) 3 ni yerga ulagichlarga biriktiruvchi yerga ulovchi o‘tkazgichlar 2 dan tashkil topgan.
Yerga ulovchi o‘tkazgichni korpusga ulash uchun bolt atrofida bo‘yalmagan zanglashdan himoyalangan kontakt maydonchasi joylashtiriladi. Bolt korroziyabardosh metalldan tayyorlanadi yoki uni zanglashdan himoyalovchi metall bilan koplanadi. Qisma yoniga yerga ulash belgisi qo‘yiladi,
Boltning diametri elektr mashinaning nominal tokiga qarab tanlanadi: tok 16 A gacha bo‘lganda bolt rezbasining diametri kamida M4 bo‘lishi, 16dan 25 A gacha — kamida M5, 25 dan katta 100 A gacha — kamida M6, 100 dan katta 250 A gacha — kamida M8 bo‘lishi kerak va hokazo.
Tropik iklimga moslab ishlangan 4A seriyadagi dvigatellarda yerga ulash uchun korpusda ikkita, kirish qurilmasida bitta qisqich bo‘ladi.
Nollash deb, kuchlanish ta’sirida qolishi mumkin bo‘lgan tok o‘tkazuvchi metall qismlarni uch fazali sistemadagi himoya-lovchi nol simga elektr jihatdan ulashga aytiladi. Bunday birikmada fazaning korpusga tutashuvi bir fazali qisqa tutashuvga, ya’ni faza va nol simlari orasidagi tutashuvga ay-lanadi; bunda simlardan tok o‘tib eruvchan qo‘ymalarning kuyishiga yoki avtomatik viklyuchatelning ishlab ketishiga sabab bo‘ladi. Ustanovka tarmoqdan uziladi. Nol sim yerga tutashadi, shu sababli metall korpusda kuchlanish paydo bo‘lishining dast-labki paytida himoya ishga tushguniga qadar nollash himoyalovchi yerga ulagich kabi ishlaydi.
Himoyalovchi uzgich 1000 V gacha kuchlanishli tarmoqlarda, ayniqsa, qo‘lga ko‘tarib yuriladigan elektr asbob uchun keng qo‘llaniladi. U tutashuv boshlangan vaqtdan boshlab ko‘pi bilan 0,2 s vaqt ichida tarmoqning uchastkasi avtomatik uzilishini ta’minlaydi. Himoyalovchi-g uzuvchi qurilma kuchlanishning o‘zgarishini sezadigan asbob, masalan, kuchlannsh relesi KR (2-rasm) va avtomatik viklyuchatel V dan tuzilgan. Kuchlanish relesi elektr jixoz korpusi D bilan yordamchi yerga ulagich ge orasiga o‘rnatilgan. Faza korpusga tutashganda undagi kuchlanish qo‘shimcha yerga ulagich r3dagi kuchlanishdan oshib ketadi. Kuchlanish relesi viklyuchatelning uzuvchi g‘altagi zanjirini tutashtiradi, natijada shikastlangan elektr iste’molchi uziladi.
Knopka K sxemaning tuzukligini tekshirish uchun xizmat qiladi. Uni bosib ximoyaning ishga tushishi tekshiriladi.
Izolyatsiyani yuqori kuchlanish bilan sinash va uning qarshiligini o‘lchash ishlari elektrotexnik xodimlar uchun xavf tug‘diradi; bunday ishlar qo‘shimcha xavfsizlik choralariga amal kilgan holda bajarilishi zarur. Bu ishlarni maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan kamida ikki kishilik brigada bajarishi kerak. Sinash vaqtida korpus va kojuxlar yerga ulab qo‘yilishi lozim.
Izolyatsiyaning qarshiligi taxminan 1000 yoki 2500 V kuchlanishga mo‘ljallangan megaommetrlar bilan o‘lchanadi. Megaommetrning qarshiligiga tegib ketish xavfli emas, chunki uning generatorining quvvati kichik va ichki qarshiligi katta. Ammo tekshirilayotgan elektr zanjiri zaryadlanib qoladi va unga tegib ketish xavf tug‘dirishi mumkin. Ulchash vaqtida chulg‘am simlariga tegish mumkii emas, o‘lchab bo‘lgandan keyin esa chulg‘amni darhol korpusga tekkizib zaryadsizlash zarur.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Multisim dasturi – kompyuterda virtual elektron laboratoriya bo’lib hisoblanadi. Unga asos qilib professional modellash dasturi pspice
|