Quduqdagi suyuqlik va gazning sarfini o‘lchash
Quduqlardagi sarf o‘lchagichlarning diametrlari 110, 100, 51 mm-li va undan ham kichik bo‘ladi. Past qabul qiluvchan quduqlarda pakerlovchi qurilmali asboblar qo‘llaniladi, yuqori o‘tkazuvchan quduqlarda-pakersiz, markazlagichlar qo‘llaniladi.
Hozirgi vaqtda neftli, gazli va haydovchi quduqlarni tadqiqotlashda oraliq asboblar qo‘llaniladi. Birgalikda quduqqa po‘lat simlarda tushiriladi, mustaqil yozadigan debitomerlar ham qo‘llaniladi.
Kon amaliyotida keng qo‘llaniladigan quduqlarning sarf o‘lchagichlari va debitomerlari:
RDG-3 quduqda masofaviy boshqariladigan sarf o‘lchagich, bir o‘ramli karotaj kabelida quduqqa tushiriladi. RDG-3 sarf o‘lchagichning korpusining diametri 100 yoki 110 mm. Sarf o‘lchagichning qabul qiluvchanligi 3000 m3/kun.gacha bo‘lgan haydovchi quduqlarni tadqiqot qilish uchun mo‘ljallangandir.
DGD-4 quduq debitomeri soyabon pakerli va neft quduqlarning debitini o‘lchash uchun mo‘ljallangan. Hozirgi vaqtda RDG-3 bazasida DGD-4 debitomeri ishlangan, har xil namunaviy turlarda ishlab chiqariladi, quduq asboblari har xil pakerlovchi qurilmali konstruksiyada (diafragmali, vintli damlanadigan va boshqa) ishlab chiqariladi, konlarda qo‘llaniladi.
Quduqlarni tadqiqot qilishda ko‘pgina holatlarda quduq tubining bosimi chuqurlik manometrlari yordamida o‘lchanadi. Ko‘p turdagi chuqurlik manometrlari mavjud, ulardan eng soddasi va keng qo‘llaniladigan MNG-2 alohida qayd qilinadigan, geliksli quduq manometridir.
Bu manometrni eng sezgir elementi (1) ko‘p tarmoqli, bo‘sh tanali, tekis prujina-geliks hisoblanadi, vakuum ostida yengil moy bilan to‘ldiriladi. Bosim mavjud bo‘lganda prujinaning ichki qismi tik o‘q atrofida qandaydir burchakka buriladi hamda so‘nggi momentida yuqorida berkitilgan tarmoq ma’lum burchakka buriladi. Bu burchak hamma tarmoqchalarni burilish burchagini yig‘indisiga teng.
Yuqori tarmoqchada (shoxchada) (2) tirnovchi pero mahkamlangan va burilish burchagining burilishi bosimga proporsionaldir.
Geliksli prujinaning pastki uchi (3) sil’fon bilan (elastik metall burg‘ili) tutashadi, ya’ni u suyuqliklarni ajratish rolini bajaradi. Sil’fon (3) ham yog‘ bilan to‘ldirilgan. U quduq suyuqligi bilan yuviladi, bosim yo‘qotilmasdan (qiymati o‘zgarmasdan) sil’fon suyuqligi orqali geliks ichiga uzatiladi.
Yozib qayd qiluvchi qismi quyidagi elementlardan tuzilgan. Soat mexanizmi (4) yuruvchi vintga (5) aylanma harakat beradi va (6) qayd qiluvchi moslamaga bir tekisda ilgarilanma harakat uzatiladi. Shuning uchun moslamani tekis siljishi vaqtga proporsional. Manometr detallaridan sil’fon ajratilganda korpusni (7) mustahkam germetikligini ta’minlaydi va ichida atmosfera bosimi saqlanadi.
Sil’fon joylashtirilgan moslama (kamera) teshiklar orqali tashqi muhit bilan tutashadi. Asbobni pastki qismida maxsus kamerada maksimal harorat o‘lchagich joylashtirilgan bo‘ladi, quduq tubidagi harakatni yozib olish va manometr ko‘rsatkichlardagi harakat tuzatmalarini chiqarish uchun mo‘ljallangan.
MGP (1.2-rasm,b) porshenli turidagi manometrlar mavjud, uni sezgir elementi shtok-porshen (1), cho‘zilgan prujina (2) hisoblanadi.
Moslamaning ichida blankalar joylashtiriladi va unda o‘tkir pero iz qoldiradi. Bosimga proporsional to‘xtovsiz siljiydigan moslamali pero yoyga yozadi. Qog‘ozda kordinata o‘qlari R (bosim) va t (vaqtni) yozuvlarni qoldiradi. Ordinata (R) ni o‘lchash yozuvini asl ma’nosini ochish optik stoldagi mikrometrli vintlarda amalga oshiriladi.
Shtok kameraning ajratuvchi sal’niki (3) orqali o‘tadi. Yuqoridagi A-kamerada–atmosfera bosimi bilan pastdagi V–kamera esa tashqi muhit bilan tutashadi. Kameralardagi bosimlar farqi shtok porshenning (1) kesimiga ta’sir qiladi, ya’ni siljishida prujinani cho‘zadi. Atmosfera kamerasida shtokning uchiga pero (4) o‘rnatilgan bo‘ladi, qog‘oz blankaga tik chiziqni chizadi. Bu chiziq pastki kameradagi shtokning siljishiga teng va bosimga proporsional bo‘ladi.
Qog‘oz blanka stakan (5) moslamani ichki yuzasiga mahkamlangan bo‘ladi, soat (6) mexanizmini sekin aylantiradi. Pastki kamera yog‘ bilan to‘ldirilgan va quduqdagi suyuqlikdan sil’fon bilan bo‘lingan.
Bunday turdagi manometr konstruksiyasining yutug‘i asbobning kichik diametrida ham shtokni katta siljishini, juda aniq yozuvlarni olish imkoniyatining mavjudligidir. O‘zi zichlanadigan sal’nikdagi ishqalanish, o‘lchashdagi xatoliklarni keltirib chiqaradi. Shunga bog‘liq holda ba’zi bir konstruksiyalarda, sal’nikdagi ishqalanishni kamaytirishda shtok doimiy aylantirish harakati bilan ta’minlanadi. Quduqlarda gidrodinamik tadqiqot olib borish uchun amaliyotda mavjud bo‘lgan kichik o‘lchamli ko‘p sonli asboblardan foydalaniladi.
|