Mundareja Kirish I. Bob. Nazariy qism




Download 37,16 Kb.
bet2/9
Sana25.12.2023
Hajmi37,16 Kb.
#128194
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mundareja Kirish I. Bob. Nazariy qism-fayllar.org (3)

1.1 Gaz quduqlari turlari
Gidrodinamik tadqiqotlarni tasniflash bu tadqiqotlarning maqsadi bilan belgilanadi va oldinga qo’yilgan vazifaga bog’liqdir. Gaz konini o’rganilganining turli bosqichlarida (uyumni o’zlashtirish, undan tajriba-sanoat miqiyosida foydalanish va uyumni ishlatish) gazogidrodinamik tadqiqotlarga nisbatan qo’yiladigan talab turlicha bo’ladi. Umuman gaz quduqlari tadqiqoti quyidagi turlarga bo’linadi:
• Boshlang’ich
• Joriy
• Maxsus
Boshlang’ich tadqiqotlar barcha razvedka va ishlatish quduqlarida amalga oshiriladi. Boshlang’ich tadqiqotlar asosiy bo’lib to’la hajmda amalga oshiriladi va qatlam parametrlarini, uning mahsuldorlik tavsifini, quduqning mahsulot bera olish imkoniyatlarini aniqlashga yordam beradi. Shuningdek, debit bilan quduq tubidagi va og‘zidagi bosim va temperaturaning bog‘liqligini, oqimda suyuq va qattiq zarrachalar mavjudligi va yer yuzasiga chiqarilishini hisobga olgan holda quduq ish rejimini, boshlang‘ich qatlam bosimini, qatlamni ochishning darajasi va sifatini va boshqalarni belgilash imkonini beradi. Ba’zi hollarda kesimni bir paytda ochish imkoniyatini belgilash va kesimning mahsuldorlik tavsifini aniqlash maqsadida boshlang‘ich tadqiqotlar har bir oraliq bo‘yicha amalga oshiriladi. Qoida tariqasida razvedka maydonlarida tadqiqotlar atmosferaga gaz chiqarib amalga oshiriladi.
Gaz quduqlarining boshlang‘ich tadqiqotida quyidagi parametrlar aniqlanadi:
1. Quduq og‘zidagi statik bosim.
2. Quduq og‘zida o‘lchash asosida yoki chuqurlik manometrlari bilan aniqlangan qatlam bosimi.
3. Quduqning turli ish rejimlaridagi quduq tubi bosimi, xuddi qatlam bosimi singari, quvurdagi yoki quvur tashqarisidagi bo‘shliqda, yoinki chuqurlik manometrlari bilan o‘lchash ma’lumotlari bo‘yicha.

4. Quduq debiti kritik oqimdagi shaybali o‘lchagich yoki o‘lchash punktiga o‘rnatilgan diafragmali o‘lchagich ma’lumotlari bo‘yicha


5. Bosimning tiklanishi va barqarorlashuvi jarayoni o‘zi yozadigan manometr bilan yozib olinadi, bunday asbob yo‘q bo‘lgan sharoitda ma’lum vaqt oraligida namunali manometr bilan yozib olinadi.
Bosimning egri chiziqli tiklanishi va barqarorlashuvini keyinchalik qayta ishlash uchun bosim o‘zgarishining vaqtga bog‘liqligini bilish kerak. Bosim o‘zgarishini qayd qilish oralig‘i mazkur quduqdagi bosimning ko‘tarilish sur’ati yoki pasayishidan kelib chiqib belgilanadi. Yaxshi o‘tkazuvchan kollektorlar uchun bosimning tiklanishi va barqarorlashuvining dastlabki boskichida 0,5, 1 va 2 minut oralig‘ida o‘lchash o‘tkazish kerak. Shundan keyin bosimni o‘lchashning takrorlanishi sekin-asta 5, 10, 30, 60 minutga va shunga o’xshash kamayib boradi. O‘tkazuvchanligi past qatlamlarda bosimni to‘la tiklash yoki barqarorlashtirish zarurati tug‘ilsa, egri chiziqning oxirgi qismini bir sutka va undan ko‘proq vaqt oralig‘ida o‘lchash o‘tkazib aniqlash mumkin. Gaz qudug‘ida boshlang‘ich sinov o‘tkazilganida xuddi joriy tadqiqot paytidagidek, bosimni tiklanish rejimida ishlash muddati va tiklanish jarayoni asosan oldindan tanlanadi. 6. Turli rejimlarda ishlayotgan quduq tubidagi va og‘zidagi temperatura, shuningdek, bosimning tiklanishi va barqarorlashuvi jarayonida.
7. Turli rejimlarda chiqariladigan suv, kondensat va qattiq aralashmalar miqdori.
8. Turli rejimlarda ishlayotgan quduqdan bosim va temperaturaning o‘zgarishiga qarab, tarkibida agressiv komponentlar mavjudligiga bog‘liq holda, gaz, kondensat va suv namunalari fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish uchun olinadi. Konni ishlatish jarayonida foydalanish quduqlarida joriy tadqiqotlar o‘tkaziladi. Joriy tadqiqotlarning asosiy vazifasi konni ishlatishni tahlil va nazorat qilish uchun zarur ma’lumotlarni olishdan iborat.
Joriy tadqiqot hajmi konning aniq sharoitiga qarab belgilanadi va asosan quduqlarni gidrodinamik tadqiq qilishdan iborat bo‘ladi. Bundan maqsad ilgari qabul qilingan parametrlarni tekshirishdan va ularni konni ishlatish jarayonida o‘zgarish qonuniyatlarini belgilashdan, agar tekshirilayotgan parametrlardagi o‘zgarishlar jiddiy bo‘lsa, loyihaviy ko‘rsatkichlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritishdan iborat bo‘ladi. Maxsus tadqiqotlar, qoida bo‘yicha, o‘rganilayotgan konning o‘ziga xos sharoitlari bilan bog‘liq holda u yoki bu parametrlarni aniqlash uchun o‘tkaziladi.
Maxsus tadqiqotlar sirasiga maxsus tanlangan quduqlarda gaz-suv tutash yuzasi holatini nazorat qilish, turli ish rejimlarida quduq uskunalarining zanglash darajasini o‘rganish, uyumni ishlatish jarayonida ayrim qatlamlarning zaiflashish darajasini va bir necha qatlamlar birgalikda ochilganda gazning bir gorizontdan ikkinchisiga oqib o‘tish ehtimolini aniqlash, quduq tubi zonasida namlik miqdorini oshishidan yuzaga keladigan va buzilishlarning quduqning unumdorligiga ta’sirini o‘rganish, quduqni jadallashtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish (qo‘shimcha teshiklar ochish, quduq tubi zonasini mustahkamlash, sement ko‘priklar o‘rnatish va b.) kiradi.
Gaz qudug’ini gazogidrodinamik tadqiqotlarga tayyorlash quyidagilarga bog’liq:
1. Tadqiqotni belgilashga (boshlangich, joriy, maxsus) va talab qilingan axborot hajmiga.
2. Uyumning geologik jihatdan o’ziga xosligiga, g’ovaklik muhit va olinayotgan mahsulot tavsifiga, ya’ni gaz tarkibida ko’p miqdorda namlik (kondensatsion suv, kondensat, zardob) va agressiv komponentlar mavjudligiga, quduq tubi zonasi buzilishiga, sinov paytida quduq stvolida gidratlar hosil bo’lishiga, ostki suvlar konusining tortilishiga.
3. Quduqlar konstruksiyasiga va qo’llanilayotgan chuqurlik asboblariga.
4. Konni o’zlashtirilganlik darajasiga, ya’ni gazni yig’ish va quritish bo’yicha yer usti kommunikatsiyasi mavjudligiga, sinov jarayonida quduq bosimi, temperaturasi va debitini cheklaydigan omillar va boshqalar. Burg’ilab bo’lingan quduqni sinashdan avval uni o’zlashtirish zarur bo’ladi, bunda quduq tubida qum-loydan iborat tiqin paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Qatlamning buzilishi va ostki suvlar konusining tortilishi ehtimoli mavjudligida qatlamga katta depressiya berishga yo’l qo’yilmaydi. Kutilayotgan debitga bog’liq holda favvora quvurlarining shunday konstruktsiyasini tanlash kerakki, toki quduq tubidan gaz oqimi bilan birga qattiq va suyuq aralashmalarning olib chiqilishi ta’minlansin. Yuqorida tilga olingan sharoitlarga rioya qilgan holda, quduqlarni ko’p siklli metod yordamida havo oqimi bilan tozalash kerak, u quyidagicha bo’ladi: dastlab diametri kichikroq shayba (shtuser) o’rnatiladi. Shayba diametri sekin-asta kattalashtirilib, 4-5 ta nuqta olinadi. So’ng shayba diametri dastlabki to’gridan-to’g’ri harakat paytida belgilangan darajagacha kamaytiriladi va bunda ham teskari tartibda4-5 nuqta olinadi. Qoida bo’yicha, havo oqimi bilan tozalash jarayoni 2-3 siklda amalga oshirilib, har bir rejim uchun 30-40 minut sarflanadi. Havo oqimi bilan tozalash mobaynida gaz oqimiga qo’shilib aralashma chiqishi separatsiya uskunasi yordamida nazorat qilinadi. Quduqlarni o’zlashtirish va havo oqimi bilan tozalashning ko’p siklli metodi quduq tubi zonasini samarali tozalash va uning tozalanganlik darajasini olingan egri chiziq bo’yicha aniqlash imkonini beradi. Agar quduq mahsuldorligiga ta’sir etadigan boshqa sabablar bo’lmasa (masalan, yangi oraliqlarning ishtiroki), oxirgi siklning undan avvalgisiga mos kelishi quduq tubini tozalash jarayonining tugaganligini bildiradi.



    1. Download 37,16 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 37,16 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mundareja Kirish I. Bob. Nazariy qism

Download 37,16 Kb.