• 1.4-rasm. Quduq asboblari blokining agregat majmuasi
  • Quduqni tadqiqotlashda qo‘llaniladigan asboblarning majmuasi




    Download 37,16 Kb.
    bet4/9
    Sana25.12.2023
    Hajmi37,16 Kb.
    #128194
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Mundareja Kirish I. Bob. Nazariy qism-fayllar.org (3)

    1.3 Quduqni tadqiqotlashda qo‘llaniladigan asboblarning majmuasi
    Quduqqa tushiriladigan asboblarning har xil kategoriyasi va turlarini qo‘llanilishi hamda bir xil funksiya uchun mo‘ljalanishi hamma vaqt ham yetarli asoslangan hisoblanmaydi va ularni sanoat miqyosida ishlab chiqarish aniq qiyinchilarni tug‘diradi. Bundan tashqari VNIIKA neftgaz va VNIINeft tomonidan quduq asboblarini agregat kompleksi ishlangan. Agregat majmuasi (AM) avtonom asboblar va distansiyali o‘lchov qurilmalaridan tashkil topgan.
    Har bir jamlanma (1.4-rasm) sezuvchan elementlar I blokidan, II-elektrdvigatel bloki, hamda unifisirlangan bloklarni ro‘yxatga olish III qurilmasi va elektrmanbasi IV, avtonom asboblar va maxsus qo‘shimcha moslamalar V va VI distansiyali o‘lchov qurilmalaridan tashkil topgan.

    1.4-rasm. Quduq asboblari blokining agregat majmuasi:
    1-akkumulyator; 2-korpus; 3-soatli uzatma; 4-baraban; 5,10-yurish vintlari; 6-pero; 7-generator; 8-g‘altak; 9-yurakcha; 11-elektrdvigatel; 12-elektronli blok; 13-magnit; 14-o‘q; 15-elektrdvigatel vali; 16-reduktor; 17-korpus; 18-magnitli boshqariladigan kontakt; 19-kompensasiya qiladigan prujina.
    Avtonom va distansiyali asboblarda bir xil ma’lumot olish uchun bir xil o‘lchovchi o‘zgartirgichlar unifitsirlangan chiqish signalli hamda hamma avtonom yoki distansiyali asboblar har xil o‘lchovlar uchun mo‘ljallangan bo‘lganda bir xil yozib oluvchi qurilmalar iste’mol bloki, bir o‘ramli kabel orqali unifitsirlangan signallarni uzatish uchun bir xil o‘zgartirgichlardan foydalaniladi.

    AM tarkibiga bosim va haroratni o‘lashda MGN-5, “Onega-1”, “Ladoga-1”, “Molniya” asboblari kiradi.


    Simda quduqqa tushiriladigan avtonom asbobni yig‘ish uchun manometrning o‘zgartiruvchi o‘lchagichi, difmanometri yoki harorat o‘lchagichlari (I va II bloklari) yozib oluvchi qurilmalar va iste’mol manbasi bilan birgalikda ulanadi.
    Distansiyali asboblar yordamida tadqiqot o‘tkazish kerak bo‘lganda bunday o‘lchovchi almashtirgichlar distansiyali qo‘shimcha moslamalar bilan ulanadi va bir jilli kabelda quduqqa tushiriladi. Impul’sli o‘zgartiruvchi distansiyali qo‘shimcha moslama V elektrdvigatel valini burilishini elektrik impulsga aylantiradi, soni valni burilish burchagiga to‘g‘ri proporsionaldir. Bunday qo‘shimcha moslamalardan foydalanilganda ko‘rsatkichlar distansiyali uzatilganda uni yuqori aniqligini ta’minlaydi.
    AIST stansiyasi bilan quduq o‘zgartirgichlarining apparaturasini qo‘llanish imkoniyatini ta’minlashda VI-ikkinchi turdagi distansiyali chastotali o‘zgartirgichlardan foydalaniladi. Uning ishlatish sxemasi “Potok-5” bosimni o‘lchash apparaturalari kabidir. Bunday qo‘shimcha moslamalarda elektrdvigatel valining burilish burchagi yurakchani ilgarilanma harakati ta’sirida shakllanadi, bunda generator g‘altagining induktivligi almashadi.
    Qo‘shimcha moslamaning chastotali almashtirgich bilan tavsifi chiziqsiz va chiqish signali haroratni o‘zgarishiga bog‘liq bo‘ladi.


    Download 37,16 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 37,16 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Quduqni tadqiqotlashda qo‘llaniladigan asboblarning majmuasi

    Download 37,16 Kb.