• 3.2 Xavfsizlik siyosatining afzalliklari
  • Xavfsizlik siyosatining zaruriyati




    Download 348,61 Kb.
    bet5/6
    Sana18.05.2024
    Hajmi348,61 Kb.
    #242176
    1   2   3   4   5   6

    3.1 Xavfsizlik siyosatining zaruriyati:


    - Tashkilot bo‘ylab foydalanilayotgan qurilmalar soni ortib borishi tarmoqda uzatilayotgan va saqlanadigan axborot hajmini ortishiga olib kelmoqda. Bu holat esa o‘z navbatida turli zaifliklar natijasida hosil bo‘lgan xavfsizlik tahdidlarini ortishiga ham sababchi bo‘ladi. Xavfsizlik siyosati tashkilotga ushbu tahdidlarga qarshi kurashish va unga axborotning yo‘qolishidan himoyalash imkonini beradi.
    - Xavfsizlik siyosati tashkilotning barcha funksiyalarini xavfsiz tarzda amalga oshirish orqali xavfsizlik prinsiplarining kelishilgan vazifalarini ta’minlaydi. Xavfsizlik siyosati mijozlar bilan ishonchga asoslangan aloqani qurishda axborot xavfsizligistandartlarining mosligini ta’minlaydi. Xavfsizlik siyosati tashqi axborot tahdidlariga kompaniyaning duchor bo‘lishi xavfini pasaytirishga yordam beradi.
    - Xavfsizlik siyosati tarmoqda qanday qoidalar foydalanishi kerakligini, konfidensial axborot qanday saqlanishi va tashkilot ma’lumotlarini oshkor bo‘lishi va majburiyatlarni kamaytirish uchun qanday shifrlash algoritmlari kerakligini aniqlash orqali qonuniy himoyani ta’minlaydi.[4]
    - Xavfsizlik siyosati tahdidlarning sodir bo‘lishidan oldin ularni bashoratlash va zaifliklarni aniqlash orqali xavfsizlik buzilishlari holatining ehtimolini kamaytiradi.
    - U shuningdek, zaxira nusxalash va qayta tiklash amallarini joriy qilish orqali tashkilot ma’lumotlarining yo‘qolishi va sirqib chiqishi xavfini minimallashtiradi.

    3.2 Xavfsizlik siyosatining afzalliklari:


    - Kuchaytirilgan ma’lumot va tarmoq xavfsizligi: tashkilotlar o‘z ma’lumotlari xavfsizligini ta’minlovchi tarmoqqa asoslangan siyosatini amalga oshiradilar. Xavfsizlik siyosati tarmoqda boshqa tizimlardan ma’lumotlar uzatilishida himoyani ta’minlaydi.
    - Risklarni kamaytirish: xavfsizlik siyosatini amalga oshirish orqali tashqi manbalardan bo‘lishi mumkin bo‘lgan risklar kamaytiriladi. Agar xodimlar xavfsizlik siyosati asosida harakat qilsalar, ma’lumot va resurslarning yo‘qolishi holatlari deyarli kuzatilmaydi.
    - Qurilmalardan foydalanish va ma’lumotlar transferining monitoringlanishi va nazoratlanishi: xavfsizlik siyosati xodimlar tomonidan amalga oshirilgani bois, ma’murlar tashkilotdagi trafikni va foydalanilgan tashqi qurilmalarni doimiy tarzda monitoringlashi zarur. Kiruvchi va chiquvchi trafikning monitoringi va auditi doimiy ravishda amalga oshirilishi shart.
    - Tarmoqning yuqori unumdorligi: xavfsizlik siyosati to‘g‘ri amalga oshirilganida va tarmoq doimiy monitoring qilinganida ortiqcha yuklamalar mavjud bo‘lmaydi. Tarmoqda ma’lumotni uzatish tezligi ortadi va bu umumiy samaradorlikni ortishiga olib keladi. [4]
    - Muammolarga darhol javob berish va harakatsiz vaqtning kamligi: xavfsizlik siyosatini amalga oshirilishi tarmoq muammolari kuzatilganida darhol javob berish imkoniyatini taqdim etadi.
    - Boshqaruvdagi hayajon darajasining kamayishi: xavfsizlik siyosati amalga oshirilganida boshqaruvchi kam hayajonga ega bo‘ladi. Xavfsizlik siyosatidagi bir vazifa tashkilotning biror xodimiga biriktirilishi shart. Agar ushbu holat amalga oshirilsa, tarmoqda biror nojo‘ya holat kuzatilsa ham, boshqaruvda hech qanday xavotir bo‘lmaydi.
    - Xarajatlarning kamayishi: agar xodimlar siyosatga to‘g‘ri amal qilsalar, tashkilotga ta’sir qiluvchi turli xalaqitlar uchun ortiqcha harajat kamayadi.


    Download 348,61 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 348,61 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xavfsizlik siyosatining zaruriyati

    Download 348,61 Kb.