|
Menu satri va Standart asboblar paneli
|
bet | 3/35 | Sana | 19.03.2017 | Hajmi | 0,67 Mb. | | #346 |
Ishning maqsadi va vazifalari. Mazkur ishda AutoCAD dasturi imkoniyatlarini yoritish xamda AutoCAD dasturi yordamida aniq fanlar (chizmachilik, geometriya, chizmageometriya) ga va muxandislik ishlariga oid amaliy masalalarni yaratish, bu masalalar to’g’risida nazariy xamda amaliy tarzdagi ma’lumotlarni batafsil yoritish asosiy maqsad va vazifa qilib olingan.
Ishdagi ilmiy yangiliklar va erishilgan natijalar. Bugungi kunda juda ko’plab kompyuter grafik dasturlari mavjud bo’lib, ularni qaysi sohada qollanilishi bilan bir biridan farqlanadi. Har bir soha mutaxassislari o’z faoliyatlari uchun qulay bo’lgan grafik dasturni tanlaydilar. Dasturlarning imkoniyat chegaralari ham ma’lum bir sohaga yo’naltirilgan bo’ladi. Demak, grafik dasturni tanlashda avvalom bor uning imkoniyatlarini inobatga olish lozim. Aksariyat hollarda grafik dasturni qo’llashdan oldin boshqa bir dasturlarni yoki fanlarni o’zlashtirishga ehtiyoj seziladi. Shunisi bilan ham grafik dasturlar murakkablashib boradi.
Grafik imkoniyatlari juda yuqori va ayni paytda ham soda, ham murakkab topshiriqlarni bajara oladi. Shunisi e’tiborga loyiqki u bevosita aniq fanlar bilan ham chambarchas bog’liqdir. Ularning uzviy davomi sifatida ham qabul qilinishi mumkin va talabalarning kelgusi ish faoliyatlarida ham foydali o’rin tutadi.
|
| |