I bob. Kompyuter grafikasi asoslari
-
Kompyuter grafikasi ning informatsion jamiyatdagi
ahamiyati, ro’li va o’rni
Axborotlashgan jamiyat tushunchasi nimani anglatadi? Bu shunday jamiyatki, unda ishlovchilarning aksariyat qismi axborotlarni ishlab chikarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan banddirlar.
Kompyuter grafikasi (mashina grafikasi) nima degani? Mashina grafikasi deganda ob’ektlarning xajm modellarini yaratish, saqlash, ishlov berish va EHMlar yordamida ularni tasvirlash tushuniladi.
Kompyuter grafikasi yangi informatsion texnologiyalar orasida tuxtovsiz rivojlanib bora etgan yunalishlardan biri xisoblanadi. Bunday rivojlanish texnika soxasida xam (grafika stantsiyalari), programmaviy vositalar sohasida ham (SUPER ANIMATOR yoki 3-D STUDIO ) ko’zga tashlanmoqda. Ular videofilm kadrlari bilan sifat buyicha taqqoslashga loyiq xaqiqiy, xajmli xarakatlanuvchi tasvirlarni yaratishga imkon beradi. Bu programmaviy maxsulotlar reklamalar ishlab chiqaruvchi vositalar xisoblanib, san’at va multimediya texnologiyasi soxalarida kullaniladi. Bundan tashkari namoyish grafikasiga, geometrik modellashtirishga, grafik interfeyslarni loyixalashga, animatsiya (xayvonlar tasviri bilan ishlash)ga va ko’zga ko’rinuvchi (vizualno’y) xarakatni kurishga katta e’tibor berilmokda.
Kompyuter grafikasi iqtisodiet sohasida, aynihsa ihtisodiy kursatgigchlarni tahlil kilishda muvoffakiyatli kullanilishi mumkin.
“Kompyuter grafikasi” tugrisida umumiy tushuncha. Kompyuter grafikasi jaxonda yangi fundamental fan xisoblanib, iktisodiyot soxasida kadrlar tayyorlab berishda o’ziga xos mustaqil ahamiyatga egadir.
Maxsus kompyuter programmalari xuddi bir varak ok kogozga kalam yoki ruchka bilan xar xil rasmlarni solish singari kompyuter ekranida sichkoncha yordamida rasm chizish, ya’ni tasvir tuzish, tuzatish va ularni xarakatlantirish imkonini yaratdi. Bu programmalar rasm solish programmalari yoki grafik redaktorlar xisoblanib, ular yordamida rasmning elementlari boshkarib boriladi.
Kompyuter grafikasining juda tez rivojlanib borishi va uning texnikaviy va programmaviy vositalarining yangilanib turilishi kursni xamisha takomillashtirishga, bu soxadagi yangi yunalishlarni tinmay urganib borishni takozo etadi. Oxirgi yillarda bu soxada juda katta uzgarishlar (siljishlar) yuz berdi, ya’ni 16 mln.dan ortik rang va rang turlarini (ottenok) uzida aks ettira oladigan displeylar, grafik axborotlarni (paper part) kirituvchi moslama- skanerlar, grafik ish stantsiyalari; programmaviy vositalar soxasida esa xakikiy kompyuter dunyosini kashf kila oladigan programmalar dunega keldi.
Bundan tashkari jamiyat ongida xam uzgarishlar sodir buldi, endi kompyuter grafikasi kirib bormagan soxa kolmaydi.
Kompyuter grafikasi asta-sekin informatika ukuv rejalarining ajralmas kismi bulib bormokda va 80-chi yillarning boshidan boshlab injenerlik ma’lumotini egallashda markaziy urinni egallab turibdi. Xozirgi vaktda kompyuter grafikasi kuyidagi kurslarning tarkibiy kismi xisoblanadi:
-
“Iktisodiy informatika va xisoblash texnikasi”
-
“Kompyuter informatsion sistemalari”
-
“Moddiy resurslarning kompyuter informatsion sistemalari (marketing)”
-
ADP (amaliy dasturlar paketi)
-
“Kompyuter tarmoklari” va boshkalar.
Shaxsiy kompyuterlarda amalga oshiriladigan xozirgi zamon grafikasi sistemali iktisodiy izlanishlarda, berilgan ma’lumotlarni taxlil kilishda, olingan natijalarni kurimli kilib kursatishda va takdimot (prezentatsiya) uchun materiallar tayyorlashda va boshka soxalarda kuplab ishlatiladi.
Grafikni tuzish va uni tushunish uchun grafika elementlari ma’nosi va ularni turli xolatlarda qo’shilishini o’rganish zarur.
Grafik yordamida tayyorlanadigan voqeliklarni to’g’ri tushunish uni tashkil etuvchi xamma elementlarini to’plami mavjud bo’lgandagina mumkin. (shkalalar, sarlavxalar va sh.o’.).
Tasvirlashning grafik usuli yoki grafik til - bu fikrni ifodalashning fazoviy tasvirlash, yoki qandaydir tekislikda shartli ravishda aks ettirish usullarining to’plamidir.
Grafik tasvirlashning namunalari - geometrik kartalar,iqtisodiy analizning diagrammalar tizimi, korxonlarning struktura sxemalari va boshqalar.
Qandaydir fikrlar to’plamini ifodalovchi chertejlarni tuzish jarayoni grafiklashtirish deyiladi, uning natijasi esa - grafika deyiladi. Grafik shartli ravishda voqelikni yoki qandaydir jarayonni tasvirlaydi. Grafikada qo’llaniladigan xamma belgilar - bu g’oyalar belgisi, grafikni o’zi yaxlit xolatda g’oyalar to’plamini ifodalashdir.
Grafikada uning ikki xil elementi ajralib turadi: grafik qiyofa va ekslikatsiya.
Grafik qiyofa - bu chizmalar to’plami bo’lib, o’zaro bog’lanishlari bilan birgalikda tushuniladi.
Eksplikatsiya - grafik obrazning ma’nosini ochib beradigan ma’lumotlar to’plami. Grafik obraz simvollik yoki geometrik shaklda bo’lishi mumkin.
Shartli belgilar yordamida tuzilgan, ma’nosi uning geometrik shakliga bog’lanmagan bo’lib, sharoitga bog’liq xolda tushuniladigan obrazlar simvolik obrazlarga tegishlidir.
Shartli belgilar qandaydir tushunchalar (simvollar) bilan puxta bog’langan bo’lishi, aniq bir oblast belgilar to’plami esa simvolikalar bilan ifodalanishi mumkin.
Simvolik ko’rinishdagi ikki o’lchovli grafik obrazlar grafikani tashkil etadi.
Geometrik ma’noga ega bo’lgan, shu shaklda biror tenglamani yoki tengsizlikni ifodalovchi obraz geometrik grafika deyiladi.
Masalan, inflyatsiyani o’sishini ko’rsatuvchi egri chiziq shu ko’rinishda emas, balki iqtisodiy kategoriya sifatida qiziqarlidir.
Grafik obraz koordinat sistemasi yordamida masshtablashtirilgan shkala, o’lchov birligi nomli to’r, grafika umumiy sarlavhasi, umumiy va xususiy tushuntirish usuli, sonlar chizig’i to’ldiruvchisi va qaytariluvchi sonlar sifatida tushuniladi.
Grafik obraz butun son ko’rinishida ifodalanishi mumkin.
Grafika eksplikatsiyasi uch xil ko’rinishga ega bo’lishi mumkin: geometrik, ideografik va xususiylashgan.
Ideografik eksplikatsiya - shartli belgilarni ma’nosini tushuntiradi-figurali, chiziqli, fonli va boshqalar (agar bu belgilar standartlashtirilmagan bo’lsa), bu shartli belgilar grafika elementlariga aniq bir ma’no bag’ishlaydi.
Geometrik eksplikatsiya - koordinat o’qlari, to’r, shkalalar, masshtablar. Ular yordamida geometrik qiyofalar geometrik xususiyatlarga ega bo’ladi, chunki bu vositalar yordamida geometrik yuzalar xossalaridan foydalaniladi.
Xususiylashgan eksplikatsiya - sarlavhalar, tushuntirishlar (chiqish sonlari va belgilarga). Bu tushuntirishlar grafikaning ushbu bilimlar doirasi butun majmuasida qanday joy egallaganini ko’rsatadi va til nuqtai nazaridan grafikaning eng zaruriy elementi hisoblanadi, chunki usiz grafika hech qanday ma’noga ega bo’lmaydi.
Eksplikatsiyadan tashqari grafikada qo’shimcha ma’lumotlar ham bo’lishi mumkin: raqamli ma’lumotlar, takrorlanuvchi qiymatlar va x.k. Grafika bilan ifodalanuvchi mantiqiy qayta ishlash joizdir, uni qandaydir belgisiga ko’ra guruxlash esa butun bir axborot to’plami to’g’risida xukm chiqarishga asos bo’ladi.
Berilgan axborotlarni xronologik ketma ketligi buzilgan taqdirda, grafika butunligi taassuroti buziladi.
Shunday qilib grafika - bu maxsus, fikran yaxlit hayoliy qurilmalarning (ansambllarning) ikki o’lchovli (yoki uch o’lchovli) tasvirda ifodalangan grafik qiyofasi va uning eksplikatsiyasidir.
Grafiklar qurishning texnologik asosini tashkil etish munosabati bilan, ularda ishlatiladigan shartli belgilarni ko’rib chiqamiz.
Shartli belgilar - bular shunday chizmalarki, ular berilgan sifat ko’rsatkichlarini shartli belgilarda ifodalaydi. Bir xil tushunchalarni belgilashda - bir xil shartli belgilardan, turli tushunchalarni belgilashda turlicha belgilar ishlatiladi. Natijada, to’liq shu bilan birga darajalangan qiyofa vujudga keladi:
-
figurali (xarflar, raqamlar, ochiq va yopiq figuralar sxematik va kartina ko’rinishidagi tasvirlar);
-
chiziqlar (nisbatlarni belgilash uchun, aloqa chiziqlari, geometrik o’lchovlarni ko’rsatish uchun (uzunligi, yo’nalishi, ko’rinishi va h.);
-
fon belgilari - maydon va yuzalarni rang bilan yoki shtrixlar bilan ularni xususiyatlarini ko’rsatish uchun qoplash.
Shartli belgilar chizma yuzasida ma’lum bir tartibda joylashtiriladi. Masshtabsiz grafiklarda belgilar erkin montaj ko’rinishida, zonal va jadval to’ri ko’rinishida beriladi. Bu erda grafikani yorqinlashtiruvchi vosita sifatida rangdan foydalaniladi.
Zonal to’ri - berilgan maydonni bo’laklarga bo’lib, har bir bo’lakka maxsus qiymatni biriktirib qo’yish. Xar bir zona gorizontal yoki vertikal polosa shaklida bo’lib, o’z sarlavhasiga ega bo’ladi.
Jadval to’ri - bu o’zaro kesishuvchi zonalarning kombinatsiyasidan iborat.
Grafiklarni tuzishda, uning texnologik asoslarini kurishda uning yuklash muammosini - grafikka chiqariladigan chizmalar sonini ham nazarda tutish kerak. Bu erda qo’yiladigan asosiy talab - grafik tomonidan ko’rsatiladigan kompleksning eng asosiy qismlari birinchi navbatda ko’rsatilib, detallar soyada, ikkinchi navbatda ikkinchi darajali detallar, uchinchi navbatda yordamchi detallar ko’rsatiladi va xakozo.
Grafikning yuklamasini kamaytirish quyidagi usullar bilan amalga oshiriladi:
-
Ketma ket detallashtirish usuli (bitta grafik o’rniga, dastlabkisiga o’xshash grafiklar seriyasi tuziladi. )
-
Ulanish usuli (umumiy tizimga birlashtirilgan va bir necha turli xil nuqtalardan olingan tasvir).
-
Asosiy kontur usuli (umumiy konturga ega bo’lgan grafiklar seriyasini tuzish va har bir grafikka o’z xarakteriga mos keluvchi chizmalar tushirish.)
-
Oddiy solishtirish usuli (bir biriga bog’liq bo’lmagan va bir xil qoidalar asosida tuzilgan grafiklarni to’plash).
Grafikaning texnologik asoslarini qurishda uning yaqqoligini ham nazarda tutish zarur.
Grafikani yaqqoligini oshiruvchi va uning yuqlama qobiliyatini ko’paytiruvchi vositalardan biri bu rang berish usulidir. Lekin rang grafikada aralash-kuralashlikning keltirib chiqarmasligi kerak. Masalan, alohida regionlarda aholini zichligini ko’rsatishda yoki bolalar o’rtasida o’lim grafikasini ifodalashda turli xil regionlar orasida go’yoki uzilishni ifodalagandek taassurot qoldiradi. Bu xolda bir xil rangni raqamni qiymatiga qarab to’q yoki och holatini ishlatgan ma’kul.
Amaliy dasturlar paketlarini keng tarqalishi shu bilan asoslanadiki, tasvirni kommunikatsiya vositasi sifatida qabul qilish inson uchun tabiiyroq bo’lib bu usulda ham etarli aniqlikka erishish mumkin.
Mashina grafikasini passiv va interaktiv bo’laklarga bo’lish avvaldan ma’lum. Bundan 20 yil avval ulug’ olimlarni, san’at ustalarini, sportchilarni, multiplikatsion filmlar qahramonlarini (masalan, bo’ri, quyon rasmlari), Albert Eynshteyn rasmi alfavit raqamli chop etuvchi qurilmalardan chiqarish keng tarqalgan edi. Bunda rasm ma’lum nuqtalarga bir xil belgilarni tushirish orqali, rang tafovut esa ba’zi bir joylarda shu belgilarni bir necha marta urib (to’q rang uchun), ba’zi bir joylarda bir marta tushirib (och rang uchun) mashina qog’ozi satxida xosil qilinardi. Tasvirni bunday usulda xosil qilish passiv mashina grafikasiga tegishlidir.
Interaktiv mashina grafikasi (IMG) bu shundayki, bunda tasvirning xolati, uning shakli, mazmuni, o’lchamlari va rangi displey ekranida interaktiv qurilmalar yordamida dinamik ravishda uzluksiz o’zgartirilib, boshqarib turiladi.
Zamonaviy shaxsiy kompyuterlarda xosil qilinadigan grafikalar amaliy jixatdan qaraganda xammasi interaktivdir.
Passiv mashina grafikasiga planshetli va barabanli grafik quruvchi qurilmalar yordamida, shuningdek printer, kino va videokameralar yordamida xosil qilinadigan tasvirlar kiritiladi.
Bu qurilmalar yordamida xosil qilinayotgan tasvirga bevosita ta’sir qilib bo’lmaydi. Displey qurilmasi, sichqoncha yordamida kiritish, klaviatura, skaner qurilmalari orqali tasvir xosil qilishda tasvir jarayonini istagancha boshqarish mumkin.
Yuqorida ko’rib o’tilgan xamma tasvir xosil qilish usullari ning umumiy tomoni shundaki, bu erda tasvir raqamli protsessor yordamida xosil qilinadi.
Grafik tasvirni xosil qilishni zamonaviy usullari bilan yaxshiroq tanishish uchun kompyuter grafikasining ikki usulda - rastrli va vektorli usulda xosil qilinishini ko’rib chiqamiz. Bu ikki usulning asosiy farqi ekran yuzasi bo’yicha nurni xaraktlanishini turlichaligidadir.
Vektorli kompyuter grafikasi - bu usulda vektorli displeylardan foydalaniladi. Vektorli qurilmalarda xotirlovchi elektron nurli trubka qo’llanilib , nur ekran bo’yicha berilgan traektoriya bo’yicha bir marta yugurib o’tadi va shu xolat ikkinchi buyruq kelmaguncha trubka xotira qurilmasida saqlanib qoladi.
Rastrli qurilmalarda tasvir uni xosil qiluvchi nuqtalarning yig’indisi sifatida paydo bo’ladi. (piksel va PEL-lar yig’indisi). Rastr - deb gorizontal qatorlarning vaqt birligidagi yig’indisiga aytiladi. Bunda xar bir qator aloxida PELlardan tashkil topadi. Nur ketma-ket xar bir qator bo’ylab yugurib o’tadi. Har bir PELlardan o’tayotganda nurning yorqinlik darajasi o’zgaradi. Displeylar turli rejimda ishlashi mumkin.
Bir qatordagi piksellar sonini ekrandagi qatorlar soniga ko’paytmasi displeyning sezuvchanlik darajasini ko’rsatadi. Sezuvchanlik darajasi qanchalik katta bo’lsa, shunchalik xosil qilinadigan tasvirni sifati xam yaxshi bo’ladi, lekin teskari nisbatda apparatura tannarxi qimmatlashib boradi.
Shaxsiy kompyuterlarda ishlatiladigan displeylar 2-xil sezuvchanlikka ega:
-
Past sezuvchanlik - 200 vert. Nuqtalar * 320 gorizon.nuqtalar;
2. Yuqori sezuvchanlk - 200 vert. Nuqtalar * 640 gorizon.nuqtal
|