«Новый размерный стиль: O’z DST» - Yangi o’lcham uslubi: O’z DST oynasi yopilib, «Диспетчер размерных стилей» - O’lcham uslublari dispetcheri chiqariladi.
Undagi «Стили:» - Uslublar oynacha-sidan O’z DST yozuvi tanlanadi.
Dastlab «Установить» - O’rnatish so’ng «Закрыть» - Yopish interfaol tugmasi sichqoncha yordamida tanlanadi.
X u l o s a
Ushbu bajarilgan BMI mavzusi muxandislik grafikasi loyixa ishlarini avtomatlashtirish tizimi chizmachilik va konstruktorlik ishlarini avtomatlashtirish uchun xizmat qiladi. Muxandislik grafikasi o’z ichiga tahlil, sintez, modellashtirish, testdan o’tkazish, chizmachilik, real vaktda boshkarish (ya’ni butun loyixalashtirish, avtomatlashtirishni tashkil kilishni) oladi va ikki asosiy vazifaviy xususiyatlar: ob’ektning kurilishi va u bilan manipulyatsiya qilish bilan ta’riflanadi.
Bunday bo’linish ikki koordinatli tizimlar kontseptsiyasiga olib kelgan: mustakil (dunyoviy), unda ob’ekt va koordinataning apparatli tizimi kuriladi. Auto СAD tizimi ushbu sinfdagi eng mashxur amaliy dastur hisoblanadi.
Muxandislik grafikasida hakikiy dunyo ob’ektlarining birinchi marta uch o’lchamli modellashtirilishi vujudga kelgan. Keyin yoruglik manbalari ob’ektga qarashli nuqtasini o’zgartirishga imkon beruvchi qo’chma kamera qo’shiladi va nihoyat, kompyuterlarning ishlash tezligi oshdi, bu, ekranda murakkab shakldagi hakikiy ob’ektlarning to’lik rangli chamada va vaqtning oqilona doirasida ko’rishga va bilishga imkon beradi. Shunday qilib, grafik qurish va dizaynga mustahkam ravishda kirdi. Hozirda chindan ham hamma narsa: Ford avtomobilining oxirgi modelidan tortib to atirlar uchun idishlargacha kompyuterlarda loyixalashtiriladi.
Mazkur ishdan xulosa qilib, foydalanuvchilarga yana shuni takidlab o’tish joizki, kompyuter grafikasini ko’llashning quyidagi sohalarini yiriklashtirilgan holda ajratish mumkin. Grafiklarni chizish — ya’ni matematik, fizik yoki ikgisodiy boglikliklarning ikki va uch o’lchamli grafiklarni ekranga yoki qattik nusxasini chiqarish. Kartografiya mamlakatlar, viloyatlar, mintakalar bilan boglik geografik, tabiiy yoki iqtisodiy hodisalar haqidagi anik tasavvurni beradi. Chizmachshik va konstruktorlik ishini avtomatlashtirish — bu aniq chizmalar, detallar, qismlar va yigmalarni ishlab chikarish, loyixalashtirilayotgan tarkibiy qismlar, tizimlarning modeli bilan ularning xususiyatlarini, masalan, mexanik, elektr yoki issiqlik xususiyatlarini tekshirish maqsadida interaktiv ishlash. Modellashtirish va multiplikatsiya — bu, haqiqiy va modellashtirilgan ob’ektlarni vaqg bo’yicha xulqini video o’zgartishlar, interaktiv usulida multfilmlarni tayyorlash, o’yin dasturlari va boshqalarning samaralarini ko’rsatish yo’li bilan namoyish kilishdir. Jarayonlarni boshqarish — bu, interaktiv usulda real dunyo nuqtai nazarlari bilan ishlash hamda tizimning muhim nuqtalarida o’rnatilgan datchiklardan keluvchi miqdorlarni ko’rsatish bilan taqdim etish. San’at va reklama — bu, estetik yoqimli tasvirlar yordamida belgilangan ma’noni aks ettirish va tomoshabinlarning e’tiborini jalb qilishdir. Kompyuter grafikasi vositasini qo’llashning yana bir yo’nalishi multimediadir. Bunday tizimlarning paydo bo’lishi ta’lim, fan, san’at, iqtisodiyot kabi sohalarga, shubhasiz, tub o’zgartirishlar kiritadi.
BMI kirish, 2 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Kirish qismida мavzuning dolzarbligi, ishning maqsadi va vazifalari, ishdagi ilmiy yangiliklar va erishilgan natijalar, ishning amaliy ahamiyati hamda adabiyotlar tahlili keltirildi.
I bob “Kompyuter grafikasi asoslari” deb nomlanib kommpyuter grafikasining axborotlashgan jamiyatdagi ahamiyati, roli va o’rni,
kompyuter grafikasini qo’llanish sohalari, Auto CAD dasturi va undan foydalanishdagi talablar yoritib berildi.
II bob Auto CAD dasturi va unda grafik ob’ektlar bilan ishlash imkoniyatlari deb nomlanib, bu erda AutoCAD dasturi va unda ishlash asoslari, AutoCAD dasturida ob’ektlar va matnlar bilan ishlash, Auto CAD amaliy masalalarni O’z DST asosida o’lcham uslubini yaratish mavzulari yoritib berildi.
|