• II BOB Yulduzlarning fizik ko’rsatkichlarini aniqlash
  • III. Xulosa
  • Mundarija: I. Kirish I bob yulduzlar




    Download 0.89 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/8
    Sana18.04.2024
    Hajmi0.89 Mb.
    #199853
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Zarnigor
    Turk hoqonligi, Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti oziq, Sinelnikov - Qo\'rquvsiz hayot, Существительное словарь, maktabgacha-yoshdagi-bolalarni-matematik-tasavvurlarini-shakllantirishninig-nazariy-asoslari, Zarnigor (1), BOZOR INFRATUZILMASINING SHAKLLANISHI, QISHLOQ XO\'JALIGIDAGI ISLOHOTLAR, UNING VAZIFALARI VA YO\'NALISHLARI 2, BOZOR INFRATUZILMASINING SHAKLLANISHI, QISHLOQ XO\'JALIGIDAGI ISLOHOTLAR, UNING VAZIFALARI VA YO\'NALISHLARI, O’zbеkistоn rеspublikаsi, Mavzu-4 markaziy osiyo tarixiga tegishli qadimiy manbalar. Reja



    MUNDARIJA: 
    I. KIRISH………………………………………………………………………...3 
    I BOB Yulduzlar… ………………………………………………….…………5 
    1.1 Yulduzlarning asosiy xarakteristkasi………………………………………….5 
    1.2 Yillik paralaks va yulduzlargacha masofani aniqlash ………………………10 
    1.3 Yulduzlarning spektr va spektral sinflari ………………………..………….12 
    II BOB Yulduzlarning fizik ko’rsatkichlarini aniqlash……………………. .16 
    2.1 Yulduzlar temperaturasini aniqlash usullari ………………………………...16 
    2.2 Yulduzlarning radusini aniqlash usullari…………………………………….19
    2.3 Yulduzlarning nuriy va fazoviy tezliklarini aniqlash………………………..23 
    III. Xulosa ……………………………………………………………...…… …27 
    IV. Foydalanilgan adabiyotlar ………………………………………………..28 



    KIRISH 
    Yulduz astronomiyasi — astronomiyaning yulduzlar sistemasining tuzilishi, 
    tarkibi, dinamikasi va evolutsiyasining umumiy qonuniyatlarini tadqiq qilish va bu 
    qonuniyatlarni bizning yulduzlar sistemamiz (Galaktikamiz) ga tatbiq qilinishini 
    oʻrganish bilan shugʻullanuvchi boʻlimi. Alohida yulduzlar, tumanliklar 
    oʻrganiladigan astrofizikadan farqi shundaki, bunda obʼyektlarning toʻplami 
    ansambli tadqiq qilinadi. Yulduz astronomiyasi 3 ta boʻlim: yulduzlar statistikasi, 
    yulduzlar kinematikasi va yulduzlar dinamikasi boʻlimlaridan iborat. 
    Yulduzlar statistikasida yulduzlarning fizik va koʻrinma xususiyatlarini 
    ifodalovchi kattaliklar (massalari, yorqinligi, spektral sinflari, parallaksi, tezliklari, 
    koʻp rangli fotometrik parametrlari va boshqalar) orasidagi empirik qonuniyatlar 
    kuzatuv maʼlumotlari asosida topiladi, shu maʼlumotlar boʻyicha Galaktikamizning 
    tuzilishi va uning tashkil etuvchilari tadqiq qilinadi. Bunda, xususan, yulduzlarning 
    yorqinlik, ravshanlik va fazoviy zichlik funksiyalarini oʻzaro bogʻlovchi integral 
    tenglamalaridan foydalaniladi. 
    Yulduzlar kinematikasida esa Somon Yoʻlining Galaktikamiz oʻzagi atrofida 
    differensial aylanishi xususiyatlari va, umuman, yulduzlarning nuriy hamda 
    koʻndalang tezliklari komponentalarini kuzatuvdan topish muammolari oʻrganiladi. 
    U turli xalqaro kuzatuv dasturlariga (jumladan, yulduzlarning xususiy harakatini 
    anikdash dasturiga) asoslangan. Yulduzlarning fazoviy tezlik vektorlarini topib
    ularning qator fizik guruhlari va toʻdalari kashf qilingan. Quyosh tizimining 
    Galaktikamiz oʻzagi atrofidagi harakati va uning turli maxsus kinematik 
    parametrlari qiymati toʻla hisoblab topilgan. Zamonaviy tadqiqotlarga koʻra, 
    Galaktikamiz 5 qism (oʻzak, disk, balj, galo va toj) dan iborat boʻlib, ularning tarkibi 
    va kinematikasi nisbatan yaqqol farq qiladi. Masalan, galo, asosan, qizil gigant
    qisqa davrli sefeida yulduzlari, submitti yulduzlarning sharsimon toʻdalaridan 
    tashkil topgan boʻlib, ular disk qismda umuman boʻlmaydi, chunki disk galoga 
    mansub boʻlmagan uzun davrli sefeidalar (oʻtagigantlar), spektral sinfi O va V 
    boʻlgan qaynoq yulduzlar, yosh gigantlar, yulduzlarning tarqoq toʻdalaridan iborat. 



    Bunday murakkab tuzilishga ega boʻlgan spiralsimon Galaktikamizning vujudga 
    kelishi va evolutsiyasi bilan yulduzlar va ular tizimining dinamikasi shugʻullanadi. 
    Yuz milliard yulduzdan ortiq Galaktikamizning gravitatsion maydoni murakkab va 
    uzluksizdir. Uning modelini tuzishda bu maydon gravitatsion kuch funksiyasi 
    regulyator deb olinib, maʼlum kinetik va gidrodinamik tenglamalar Puasson 
    tenglamasi bilan birga yechiladi. Ixtiyoriy yulduz dinamikasini dastlab ushbu 
    umumiy regulyar kuch funksiyasiga va maʼlum darajada unga koʻshni yulduzlarning 
    taʼsiriga bogʻliq notekis kuchlar orqali ifodalanadi. Asosiy tadqiqotlar regulyar 
    maydonni aniq modellashtirish, uning protogalaktika holatidagi tuzilishi va bu ikki 
    holat orasidagi qator diskret davrlarni tiklash muammolari ustida olib borilmoqda. 
    20-asr 90-yillarida Galaktikamizdan tashqaridagi astronomiya keskin rivojlanib
    boshqa milliard galaktikalar kuzatuvi va fizikasi faol oʻrganilayotganini hamda ular 
    ichida koʻplab tugʻilayotgan galaktikalar kuzatilmoqda. Oʻzbekistonda Yulduz 
    astronomiyasiga dori tadqiqotlar Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya 
    institutida va Oʻzbekiston milliy untida olib boriladi. 




    Download 0.89 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0.89 Mb.
    Pdf ko'rish