|
Mavzu: Yubklarni konstruksiyalash, modellashtirish, tikish texnologiyasi
|
bet | 6/7 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 0,66 Mb. | | #107768 |
Bog'liq Mundarija I. Kirish II. Asosiy qismMavzu: Yubklarni konstruksiyalash, modellashtirish, tikish texnologiyasi.
I.Darsning maqsadi:
a)Ta‘limiy maqsad:O‘quvchilarni ta‘limiy jihatdan fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirib borish.
b)Tarbiyaviy maqsad:O‘quvchilarni komil inson yetuk kadr qilib tarbiyalash.
v)Rivojlantiruvchi maqsad:O‘quvshilarni mustaqil ishga o‘rgatish ong va tafakkurinni rivojlantirish.
II.Darsning tipi: Og‘zaki amaliy yozma.
III.Darsninig turu: An’anaviy.
IV.Darsning jihozi: Ko‘rgazmali qurollar,darsliklar, plakatlar, tarqatma materiyallar.
V.O‘tilgan mavzuni hulosalash: Savollar.
1.Yubka turlarini sanab bering?
2. Yubklarni qanday konstruksiyalash kerak?
3.Yubkani qanday yo’l modellashtiriladi?
4.Yubkani tikish texnilogiyasini aytib bering?
5.Yubkani andozalash jarayonlari qanday amalga oshiriladi?
VI.Yangi mavzu bayoni:
Yubka andozalarini qurish uchun model konstruktsiyasi chizmas, yubkani yig’ish chizmasi. (texnologik ishlov berish sxemasi), tikish uchun tavsiya etiladigan materiallar xossalari haqidagi ma’lumotlar aniqlab qo’yiladi. Konstruktsiya chizmasida konstruktiv chiziqlar o’rni (bo’ksa, etak) bo’laklardagi montaj kertiklar o’rni aniq ko’rsatiladi. Montaj kertiklar yon choklarida (2 tadan) ort o’rta qirqimida (2 ta), bel vitochkalari o’rnida belgilanadi.
Andazalar turlari, ularni ishlab chiqish uchun qo’yiladigan talablar T-24, T-33, T-38 modullarda keltirilgan.
Yubka uchun asosiy (avra) va qotirma bo’laklar andozalari (7,8-rasm) ishlab chiqiladi. Andozalar spetsifikatsiyasi 4-jadvalda, tanda ipi yo’nalishi 5-jadvalda, chok haqi qiymatlari 6-jadvalda keltirilgan.
Andozalar birikuvchi qirqimlar uzunligi va konfiguratsiyasi bo’yicha solishtiriladi va muvofiqlashtiriladi. Andozalar spetsifikatsiyasida bir kiyim komplektiga kiruvchi bo’laklar tartibi va soni keltiriladi. Andozalar qirqilgach, texnik shartlar asosida rasmiylashtiriladi. Har bir bo’lakka markirovka belgisi qo’yib chiqiladi: kiyim nomi, razmeri, bo’yi, bo’lak nomi, bichilgan bo’laklar soni. Andozalarda tanda ipi yo’nalishi va uning yo’l qo’yiladigan chetga og’ish kattaligi, uloq tushadigan joylarda ularning minimal va maksimal kengligini ko’rsatuvchi chiziqlar, nazorat kertiklar aniq ko’rsatiladi.
1-jadval
|
| |