Bunkerli ishlash qurulmalarining ishlash prinsiplari




Download 2,36 Mb.
bet8/12
Sana14.05.2024
Hajmi2,36 Mb.
#233385
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
MAMAJONOVA

Bunkerli ishlash qurulmalarining ishlash prinsiplari
Bunkerli yuklash mexanizmining ishlashi quyidagicha bo‘ladi: detallar bunkerga solinadi va ular makonda dastlabki orientirlangandan so‘ng yig‘gichga tushadi. Yig‘gich orientirlangan zagotovkalarning uzluksiz uzatib turilishini ta’minlaydi. Zagotovkalar nov bo‘ylab, ta’minlagichga keladi. Ta’minlagich detalni dastgohning qisish qurilmasiga yoki boshqa funksional mexanizmga uzatadi. 4-rasmda bunkerli yuklovchi qurilmalarda zagotovkalarni orientatsiyalash-mo‘ljallash usullarining konstruktiv sxemalari keltirilgan.
Bunkerli yuklash qurilmalarida zagotovkalar faqat majburiy uzatiladi. Disksimon yuklash qurilmalari yordamida yuklanadigan zagotovkalar quyidagi halqasimon ko‘rinishlarda bo‘ladi.

5-rasm. Bunkerli yuklovchi qurilmalarda zagotovkalarni orientatsiyalar usullari


Bunkerli yuklama qurilmalarining turli tumanligi yuklanayotgan detallarning muayyan formalariga bog‘liq. Ma’lumki, donali zagotovkalar zamonaviy ommaviy ishlab chiqarishda eng ko‘p tarqalgan hom ashyolarning ko‘rinishidan biridir.
Odatda yirik deriyali zagotovkalar faqat bir alomat ­ shakliga ko‘ra tasniflanadi. Lekin shakl har doim ham avtomatik ta’minot usuliga ta’sir etuvchi zagotovkaning o‘ziga xos xususiyatlarini to‘liq aks ettirib bera olmaydi. Bundan tashqari avtomatlashtirish usuliga quyidagilar ham ta’sir qiladi:

  • gabarit o‘lchamlar;

  • zagotovka og‘irligi;

  • qo‘yimlar va uzaytmalar;

  • ishlov berish davomiyligi;

  • fizik holati;

  • qattiqligi, yumshoqligi, qiziganligi.

Dastgohlarning ta’minoti avtomatlashtirilganlik darajasiga ko‘ra barcha donali zagotovkalarni quyidagi uch turga bo‘lish mumkin.
Birinchi guruhga ommaviy ishlab chiqarishdagi kichik gabarit o‘lchamli donali zagotovkalar (oz muddatli ishlov berish, kichik forma va qattiqlik).
Ikkinchi guruhga seriyali ishlab chiqariladigan katta gabaritli o‘lchamli donali zagotovkalar mansub. Bunday zagotovkalar uzoq muddatli texnologik jarayonlarni talab qilishi, murakkab formadan iborat bo‘lishi, avtomatik mo‘ljallashtirishni imkonini bermasligi, va katta tashqi (gabarit) o‘lchamlarga ega bo‘lishi mumkin. Oxirgi xususiyat dastgohni talab etilgan uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun bunkerda etarli zagotovkalar zahirasini yaratishda muammolar tug‘diradi. Dastgohning uzluksiz ishlashining minimal davri davomiyligi 8­10 dakiqadan iborat bo‘ladi.
Uchinchi guruhga katta o‘lchamlar va og‘irlikka ega bo‘lgan, masalan, blok dvigatellari, donali zagotovkalar kiradi. Bunday zagotovkalarni yuklash va tushirish odatda qo‘l yordamida yoki maxsus mexanizatsiya vositasi yordamida amalga oshiriladi.
Zagotovka diametri va o‘lchamlarining uzaytmasi uni novlardan o‘tishiga ta’sir qiladi. Katta uzaytmali holatlar iskanjalarda mo‘ljallash va to‘plash jaranlarini murakkablashtirib yuboradi. Novlar va yuklamalarning xajmi nafaqat zagotovkaning o‘lchamlariga, shuningdek ularni ishlov berish muddatiga ham bog‘liq.
Yuqoridagilarni inobatga olib, topshiriqda berilgan detalni tarqatuvchi yuklovchi qurilmalarning eng maqbuli titrama yuklovchi qurilma hisoblanadi. Kurs ishida titrama yuklovchi qurilmani loyihalaymiz.
Bunkerli yuklash mexanizmining ishlashi quyidagicha bo‘ladi:
Detallar bunkerga solinadi va ular idishda dastlabki orientirlangandan so‘ng yig‘gichga tushadi. Yig‘gich orientirlangan zagotovkalarning uzluksiz uzatib turilishini ta’minlaydi. Zagotovkalar nov bo‘ylab, ta’minlagichga keladi. Ta’minlagich detalni dastgohning qisish qurilmasiga yoki boshqa funksional mexanizmga uzatadi.
Zagotovkalar tebranma bunkerga solingandan so‘ng bunker bilan birga tebranib, ta’minlanichga tushadi. Zagotovkalar yuklangan bunkerni elektromagnitli yuritma prujinali orqali tebratadi. Tebranma bunker sferik segment, kesik konus yoki silindr shaklida bo‘lishi mumkin. Spirallarga o‘rnatilgan orientirlovchi plastinalar tartibsiz yuklangan zagotovkalarni ish zonasiga aniq bir vaziyatda yo‘naltirib turadi.

6-rasm. Titrama yuklovchi qurilmalarda zagotovkalarni orientatsiyalar usullari
Tebranma yuklash qurilmalari yordamida yuklanadigan zagotovkalar quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin:

  • silindr;

  • disksimon;

  • kvadrat;

  • plastina;

  • nov.

Tebranma yuklash qurilmalarida zagotovkalar to‘g‘ri chiziqli va spiral (aylanma) novlar bo‘yicha harakat qiladi. Mashinasozlikda spiral (aylanma) novli titrama yuklash qurilmalari keng tarqalgan bo‘lib, bu qurilmalarda zagotovkalarni ma’lum bir holatga keltirib uzatish mumkin.
Disk, kvadrat yoki to‘rtburchakli plastinkalarni bir qatlamda uzatish uchun aylanma nov bunker idishni markaziga ma’lum  burchakka (=3,50) qiyshiq qilib tayyorlanadi.



Download 2,36 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 2,36 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bunkerli ishlash qurulmalarining ishlash prinsiplari

Download 2,36 Mb.