• 2.2. Neftni qayta ishlash texnologik jarayonlari
  • Neft eksport qilinadigan davlatlar




    Download 316,57 Kb.
    bet3/11
    Sana16.12.2023
    Hajmi316,57 Kb.
    #120818
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Mundarija I. Kirish

    Neft eksport qilinadigan davlatlar
    19-asrning 60-yillaridan Neft burgʻi quduqlari orqali chiqarila boshladi. 1865-yilda AQShda birinchi marta Neft mexanik usulda (nasos yordamida) chiqarilgan. Bu usul 1874—95 yillarda Gruziya, Boku va Groz-niydagi konlarda ham joriy etilgan. Neftni burgʻi quduqlari orqali chiqarish usuli, asosan, 20-asrning 30-yillariga kelib ancha takomillashdi. Neftni chiqarish uchun neft atrofida joylashgan suv yoki gaz bosimini oshirish usuli bilan qatlam gʻovaklaridagi neft quduq zaboyiga yigʻiladi. Suv bosimi, odatda, boshlangʻich neft zaxirasining 50—80% ini, gaz esa atigi 20— 50%ini siqib chiqaradi. Odatda, tashqaridan berilayotgan suv qazib chiqarilayotgan neftning oʻrnini toʻla egallay olmaganligidan bosim kamayib ketadi. Natijada neftning favvora boʻlib tabiiy otilishi tugaydi. Shundan keyin neft kompressor yordamida chiqariladi. Neftni kompressor bilan chiqarishda quduqga neft gazi yoki havo haydaladi; ular neftga aralashib, zichligini kamaytiradi, natijada neft va gaz aralashmasining sathi quduq yuzasigacha koʻtarilib, neftning favvora boʻlib otilishi davom etadi. Neft quduqlardan neft nasosi yordamida ham chiqariladi. Qatlam bosimining pasaya borishi natijasida quduq debitining tushishi neft chiqarishning iqtisodiy koʻrsatkichlarini yomonlashtiradi. Neft konlarini ishga tushirish nazari yasi, ayniqsa, yer osti gidrogazodinamikasining rivojlanishi natijasida neft chiqarish ning yangi usullari ishlab chiqildi. Bularda neft qatlamlariga suv yoki gaz haydash yoʻli bilan qatlam bosimini butun ekspluatatsiya mobaynida deyarli birday ushlab turish mumkin.

    2.2. Neftni qayta ishlash texnologik jarayonlari
    Neftni qayta ishlash – neftdan neft mahsulotlari (benzin, kerosin, dizel yonilg`isi, mazut, moy, bitum, gudron, parafin va boshqalar) olishda qoʻllanadigan texnologik usullar majmui. Neftni qayta ishlashdan avval neft tarkibidagi suv, tuz va mexanik aralashmalar tozalanadi, keyin uni stabillashtirish, yuqori haroratda bugʻlatib haydash, distillyatlarni tozalash, qoʻshimchalar qoʻshish va boshqalar bajariladi.


    Download 316,57 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 316,57 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Neft eksport qilinadigan davlatlar

    Download 316,57 Kb.