Hisoblash tizimlari xavfsizligi ta’minlanganlik darajasini oshirish




Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/72
Sana13.06.2024
Hajmi1,79 Mb.
#263182
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   72
Bog'liq
Elektron hukumat

1. Hisoblash tizimlari xavfsizligi ta’minlanganlik darajasini oshirish 
vositalari va chora-tadbirlari 


 77 
Xozirgi kunda axborot-kommunikasiya tizimlariga bo’ladigan taxdidlar, 
ruxsatsiz tizimga kirish holatlari turli xil yo’llar bilan amalga oshirilishiga 
javoban xavfsizlikni taminlash turli xil usullar va vositalar yordamida amalga 
oshirilmoqda.
Hisoblash tizimlari xavfsizligini oshirish uchun quyidagi chora tadbirlarni taklif 
etish mumkin: 
-
malakali mutaxassislar ishtirokida xodimlarni yangi dasturiy maxsulot 
bilan ishlashni o’rgatish chora tadbirlarini tashkil qilish; 
-
tashkilotning iqtisodiy, ijtimoiy va axborot xavfsizligi tizimini 
takomillashtirishga yo’naltirilgan kerakli chora tadbirlarni ishlab chiqish; 
-
xodimlarga ularga ishonib topshirilgan axborot konfedensialligini saqlash 
bo’yicha tushuntirish ishlarini olib borish kerak, chunki konfedensial axborotning 
tarqalib ketishiga ko’p xollarda xodimlarning tijorat sirlarini saqlash qoidalarni 
bilmasligi yoki qoidalarga rioya qilish qanchalik muximligini anglamasligi sabab 
bo’ladi; 
-
xodimlarni maxfiy axborot bilan ishlashda qoidalarga rioya qilinayotganini 
qattiq nazorat qilish; 
-
korxona xodimlarining ishchi hujjatlarni saqlash qoidalariga rioya qilish; 
-
korxonada axborot xavfsizligini muammolari bo’yicha reja asosida majlis, 
seminar va muxokamalar olib borish; 
-
barcha axborot tizimlari va axborot infrastrukturasining ishlash qobiliyatini 
aniqlash uchun reja bo’yicha tekshiruv o’tkazish va xizmat ko’rsatish; 
-
tizim administratorini doimiy ishga tayinlash; 
-
foydalanuvchilar parolini yuritilishi; 
-
foydalanuvchilar kirish chiqishini nazorat qilish uchun korxona axborot 
resurslariga tizimga o’z logini bilan kiradigan foydalanuvchilar ro’yxatini kiritish 
zarur. Serverga o’rnatilgan Windows server 20xx OT yordamida xususiy parolga 
ega foydalanuvchilar ro’yxatini yaratish mumkin. Parollarni ulardan qay tarzda 
foydalanish kerakligini tushuntirilgan xolda xodimlarga tarqatilish kerak. Shu 
qatorda parolning xizmat qilish muddatini o’rnatish zarur, xizmat muddati 
tugaganidan so’ng foydalanuvchiga parolni almashtirish taklif qilinadi. Tizimga 
kirishda noto’g’ri parolni necha marotaba terish mumkinligini belgilash kerak; 
-
ma’lumotlar bazasi bilan ishlashda, ma’lumotni o’zgartirishda parollar 
so’rovini kiritish lozim. Buni shaxsiy kompyuter dasturiy maxsulotlari yordamida 
amalga oshirish mumkin; 
-
fayl, katalog, disklarga kirishni cheklash; 
-
fayl va kataloglarga kirishni cheklash tizim administratori tomonidan 
amalga oshiriladi. Har bir foydalanuvchi uchun tegishli disk, papka va fayllarga 
kirishni aniq nazorat qiladi; 


 78 
-
antivirus dasturlar bazasini yangilash va ish stansiyalarini tez-tez nazorat 
qilish, zararli dasturlarni aniqlab ularni yo’q qilishga yordam beradi. Antivirus 
himoyalash mahsuloti va tizimi ishlashini ta’minlash uchun uni o’rnatish va 
sozlash ishlarini bajarish kerak. Buning uchun antivirus dasturini shaxsiy 
kompyuterlarni muntazam ravishda tekshirib, bazasini serverdan doimiy ravishda 
yangilashga sozlash kerak. 

Download 1,79 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   72




Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hisoblash tizimlari xavfsizligi ta’minlanganlik darajasini oshirish

Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish