3
MUNDARIJA
Kirish 4
1.
AKT bilan taraqqiyot o'rtasidagi o'zaro aloqa
5
2.
Taraqqiyot uchun AKT siyosatining milliy elementlari
18
3.
Elektron hukumat tahlili
22
4.
Elektron hukumatda o’zaro munosabat turlari asosidagi axborot
tizimlari
35
5.
AKTning rivojlanish tendentsiyasi
47
6.
Davlat axborot resurslaridagi dasturiy va
texnik vositalar
55
7.
Axborot xavfsizligi va konfidentsiallik
65
8.
Axborot tizimlarini ishlab chiqish uslubiyat va texnologiyasi
76
9.
Davlat boshqaruvida zamonaviy axborot
texnologiyalari
87
10.
Korxonalar zaxiralarini rejalashtirish va boshkarish
tizimi
94
4
Kirish
Dastur O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 12 iyundagi “Oliy
ta'lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va
malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g’risida”
gi PF-4732-son Farmonidagi ustuvor yo'nalishlar mazmunidan kelib chiqqan
holda tuzilgan bo'lib, u zamonaviy talablar asosida
qayta tayyorlash va malaka
oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish hamda oliy ta'lim
muassasalari pedagog kadrlarining kasbiy kompetentligini muntazam oshirib
borishni maqsad qiladi.
Bugungi kunda jahon miqyosida yaratilayotgan yalpi ichki mahsulotning
tahminan 5,5 foizi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga to'g’ri
kelmoqda. Nufuzli halqaro ekspertlarning fikriga ko'ra, 2020 yilda bu ko'rsatkich
9 foizdan oshadi.
Masalan, Koreya Respublikasining yalpi
ichki mahsulotida axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarining ulushi 11,8 foizdan ziyodni, Shvetsiyada 7
foizni, Amerika qo'shma Shtatlarida esa 6,8 foizni tashkil etadi.
So'nggi yillarda iqtisodiyotimizning mazkur tarmog’i jadal sur'atlar bilan
rivojlanib
borayotganiga qaramasdan, hozirgi vaqtda biz bu borada dastlabki
bosqichda turganimizni tan olishimiz darkor. Ya'ni, mamlakatimiz yalpi ichki
mahsulotining atigi 2 foizga yaqini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
hissasiga to'g’ri kelmoqda.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari taraqqiy etishi bilan hayotimizni
qulayliklar bilan boyitish maqsadida taqdim etilayotgan tejamkor va ishonchli
imkoniyatlardan biri «Elektron hukumat» tizimining joriy etilishidir. Ma'lumki,
«Elektron hukumat» tizimi jahon amaliyotida o'zining afzalliklarini namoyon etib
ulgurgan tizim hisoblanadi. Respublikamizda ham keng miqyosda rivojlanib
borayotgan mazkur tizim mamlakatimiz
davlat hokimiyati organlari, biznes
sohasi, ayniqsa, fuqarolarga turli davlat hizmatlarini ko'rsatish bilan axborot
hizmatini taqdim etadi. Shu munosabat oliy ta'lim
muassasalari pedagog
kadrlarining kasbiy kompetentligini muntazam oshirib borishda «Elektron
hukumat» modulining ahamiyati yuqori ekanligini ko'rsatmoqda.
Ushbu dasturda Elektron hukumat tahlili va joriy etish, BMTning
“Elektron hukumat rivojlanish indeksi”
reytingi, Elektron hukumat joriy
etishning jahon tajribasi, O'zbekiston Respublikasi “Elektron hukumat” tizimi
rivojlanish bosqichlari, arxitekturasi va boshqaruv sxemasi, Elektron hukumatda
o'zaro munosabat turlari asosidagi axborot tizimlari, Yagona interaktiv davlat
hizmatlari portalidan foydalanish, “Elektron hukumat” tizimi doirasidagi axborot
tizimlari komplekslari va ma'lumotlar bazalaridan amaliyotda foydalanish bayon
etilgan.