Boshlang‘ich ta’limda AKT
Hozirgi davrda maktabgacha tarbiya hamda boshlang‘ich ta’lim yoshidagi
bolalar ham bemalol mobil telefoni, noutbuk, planshet va boshqalardan foydalana
oladilar. Ayrim ota-onalar kelajakda kichkintoylar maktabdagi darslarda ruchka
va qalamlardan emas, balki faqat klaviaturadangina foydalanadilar deb
16
o‘ylamoqdalar. Ha, albatta, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
ta’lim amaliyotiga faol kirib bormoqda.
Zamonamiz bolalarining axborot-kommunikativ salohiyatini belgilashga
xizmat qiluvchi tarbiyaviy va rivojlantiruvchi, masalalarni yechish, xotiralarini
mustahkamlash, diqqatlarini jamlashga, tasavvurlarini kengaytirish, ularda ijobiy
shaxsiy xislatlarni shakllantirish, faol fikr yuritishga undovchi turli ta’limiy
dasturlar tobora ko‘proq ishlab chiqilmoqda. Kompyuter axborotlarni qayta
ishlashda eng zamonaviy qurilma bo‘lib, ta’limda qudratli texnik vosita hamda
o‘quvchilarning ruhiy rivojlanishlarida ota-onalar va o‘qituvchi uchun tengi yo‘q
yordamchi bo‘lishi mumkin.
Davrimiz jajji bolajonlari ham axborot manbai sifatida kitoblardan ko‘ra
ko‘proq televideniye, video, kompyuter qurilmalarini afzal biladilar. Keyingi o‘n
yilliklar mobaynida tug‘ilgan kichkintoylar dunyoni yangi zamonaviy kompyuter
va mobil telefonlari bilan anglab, o‘sib-ulg‘aymoqdalar. Shaxsning har
tomonlama barkamol bo‘lib yetishishida zarur bo‘lgan atrofdagilar bilan muloqot,
faol harakatlanish, kitoblar mutolaasi kabi ta’lim-tarbiyada muhim bo‘lgan
omillardan tobora kam foydalanilmoqda.
Ma’lumki, kompyuterdan uzoq vaqt mobaynida foydalanishda inson
organizmiga ayrim salbiy yuklamalar: aqliy, ko‘rish va jismoniy zo‘riqishni
keltirib chiqaruvchi ta’sir etadi. Ta’lim jarayonida, xususan, boshlang‘ich
ta’limda kompyuterdan keng foydalanishda, avvalo, kompyuter texnikasining
bolalar organizmiga ta’sirini yaxshi anglagan holda ish tutish zarur. Keyingi
vaqtlarda har bir sohada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ni joriy
etish davr talabi ekanligini nazarda tutib, mamlakatimiz ta’lim tizimida ham
ulardan keng foydalanilmoqda. Xususan, dars mashg‘ulotlarida AKT vositalari
ta’lim samaradorligini oshirayotganligi haqida ko‘plab fikrlar bildirilmoqda.
Ayniqsa, Ziyonet axborot ta’lim tarmog‘ida dars mashg‘ulotlarini yanada
qiziqarli va samarali qilish uchun ko‘plab resurslar taqdim etilmoqda.
Ma’lumki, ta’lim jarayonida foydalanish uchun quyidagi dasturlardan
foydalanish tavsiya etilmoqda:
Kompyuter ta’limiy dasturlar. Mazkur dasturlar bolalarning shaxsiy,
intellektual va emotsional-rivojlanishlarida katta imkoniyatlarni taqdim etadi. Bu
sohaga mo‘ljallab ishlab chiqilgan: matematika, chet tilini o‘rganish, nutq
o‘stirish kabi turli fanlarga oid ko‘plab dasturlar mavjud.
Ko‘ngilochar dasturlar. Bu borada ham talay dasturlar ishlab
chiqilgan bo‘lib, turli-tuman metodlar yordamida ta’lim samaradorligini
ko‘tarishda foydalaniladi.
Boshlang‘ich ta’lim yoshidagi o‘quvchilarga mo‘ljallangan
kompyuter o‘quv dasturlari. Mazkur dasturlar bolalar iqtidorini rivojlantirish,
17
chet tillarini o‘zlashtirish, matematik vazifalarni yechish qobiliyatlarini
shakllantirish va umuman, bolalar dunyoqarashini kengaytirishga yordam beradi.
Bolalar uchun ta’limiy kompyuter dasturlari o‘yin shaklida ishlab
chiqilgan, sababi aynan o‘yinqaroqlik faoliyati bolalarda yetakchi bo‘lib
hisoblanadi. Bunda kompyuter vositasida ta’limiy jarayonini asosan tashkil
etilishiga alohida e’tibor qaratish zarur. Shu sababli ham quyidagi talablarga
javob bermog‘i lozim:
1. Ta’lim muassasasi ta’limiy kompyuter o‘yinlaridan foydalanishda
mutaxassis-metodist bilan kelishilgan holda ish yuritishi zarur.
2. Dars jarayonida kompyuterdan foydalanishda bolalarga ta’lim
yuklamalarining psixologik jihatlari ham e’tiborda tutilishi zarur. Tor yaxshi
yoritilmagan xonalarda kompyuterdan foydalanmaslik shart.
3. Bolalarni kompyuterda o‘ynashga tayyorlashga ham alohida e’tibor
qaratish lozim. Dastlabki darslarda bolalarga kompyuter funksiyalaridan
foydalanish, uni boshqarish qoidalarini tushuntirish zarur. O‘quvchi bolalar
uchun klaviatura, uning klavishalari qanday amal qilishi, kompyuterni boshqarish
usullari, ko‘rish-harakatlanishning muvofiqligi, qay holatda qaysi bir zarur
bo‘lgan klavishani bosish va bir vaqtning o‘zida ekranni kuzatib borish haqidagi
ma’lumotlarni eslab qolishlariga yordamlashuvchi mashg‘ulotlar o‘tish zarur.
Bulardan tashqari, bola turli kompyuter dasturlaridan foydalanish
qoidalaridan ham xabardor bo‘lishi lozim. Bunda, birinchi navbatda, bolaning
kompyuter bilan muloqotida zarur bo‘lgan: qo‘l va barmoq harakatlarining
aniqligi, barmoq uchlarining nozik harakatlanishi malakalarni shakllantirish va
rivojlantirish lozim. O‘quvchi bolalarga o‘rgatishda sabrli bo‘lish zarur, ularni
shoshirish mumkin emas: mazkur malakalarni shakllantirish murakkab va uzoq
davom etadigan jarayon bo‘lishi mumkin.
4. Dars mashg‘ulotlarida kompyuter o‘yinlaridan foydalanishda
bolalarning yosh xususiyatlariga mos kelishiga alohida ahamiyat berish zarur.
Bundan tashqari, vazifalar bolani charchatib, zeriktirib hamda ruhiy zo‘riqtirib
qo‘ymasligi va uzoq vaqtni qamrab olmasligi e’tiborga loyiq. O‘yin mazmuni
oddiy, qiziqarli va emotsional jihatdan o‘ziga jalb eta oladigan bo‘lishi shart.
5. O‘quvchi bolalarning kompyuterda ishlay olishga tayyorligini tekshirish
ham muhim bo‘lib hisoblanadi. Kompyuter bilan muloqot bolalar uchun alohida
faoliyat turi hisoblanadi. Bunda ularning diqqatlarini jamlay bilishlari ham
muhimdir. Kompyuter bilan muloqot qilish faoliyati bolada undan cho‘chish,
o‘ziga nisbatan ishonchsizlik kabi salbiy holatlarni ham yuzaga keltirishi
mumkin. Bunday holatlar esa bolaning emotsional sohasiga, intellektual rivoji va
salomatligiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Shu boisdan bolani kompyuter bilan
muloqotga o‘rgatishda quyidagilarga e’tibor qaratish zarur:
18
Kompyuterlardan
ko‘proq
rivojlantiruvchi
mashg‘ulotlarda
foydalaniladi. Mashg‘ulot 20–30 daqiqadan uzoq bo‘lmasligi va davomli
qismlardan: tayyorlov, asosiy va yakuniy iborat bo‘lishi shart.
Kompyuterdan foydalanib, mashg‘ulot o‘tishda ko‘zlar uchun
gimnastik mashqlarni ham tez-tez takrorlab turish va bu qoidaga bolalarni
o‘rgatish lozim.
Xulosa qilib aytganda, ta’lim jarayoniga yangi axborot texnologiyalarini
joriy etib borishda o‘qituvchilar shuni unutmasliklari zarurki, rivojlantiruvchi
mashg‘ulotlarni o‘tkazishda amal qilinishi zarur bo‘lgan qoidalarga doimo rioya
qilish hamda bolalarda shu xususiyatni shakllantira bilishlari lozim.
|