Elektron hukumatni amalga oshirishning muvaffaqiyat va xavf




Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/72
Sana13.06.2024
Hajmi1,79 Mb.
#263182
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   72
Bog'liq
Elektron hukumat

2. Elektron hukumatni amalga oshirishning muvaffaqiyat va xavf 
omillari. 


 29 
Elektron hukumat tizimining mamlakatda muvaffaqiyatli amalga 
oshirilganligini quyidagi 4 ta maqsadlarning bajarilganligi asosida baho berish 
mumkin: 
-
Onlayn hukumat xizmati 
-
Qog’ozsiz hukumat 
-
Bilimga asoslangan hukumat 
-
Shaffof hukumat 
Ushbu to’rtta maqsadlarga erishish uchun elektron hukumat tizimi 
hukumatning bir necha darajalarida tashkillashtirilgan bo’lishi lozim. Hukumat 
boshqaruvining har bir darajasida bajariladigan 3 ta asosiy vazifalar mavjud: (1) 
innovatsion fuqaro xizmatlari (G2C); (2) innovatsion biznes xizmatlari (G2B); 
(3) innovatsion hukumat ichidagi ishlari (G2G, G2E). Elektron hukumatining bir 
necha qirralari mavjud va foydalanuvchilar va ularning o’zaro munosabatlari 
asosida quyidagicha xarakterlanadi. 
-
Davlat

fuqarolarga (G2C) fuqarolar turli ma’lumotlar, xizmatlar va 
boshqa imkoniyatlar bilan ta’minlanadilar. 
-
Davlat

biznesga (G2B) hukumat va biznes o’rtasidagi munosabatlar va 
o’zaro bir qator aloqalarni ta’minlaydi. 
-
Davlat

davlatga (G2G) davlat ichida yoki davlat idoralari o’rtasidagi turli 
axborotlarni almashish va hamkorlikni qo’llab-quvvatlashni ta’minlash. 
-
Davlat

xodimlarga (G2E) ichki jarayonlarini soddalashtirish va fuqarolik 
xizmati, davlat va uning xodimlari o’rtasidagi aloqa boshqaruvini osonlashtirish 
orqali unumdorligini oshiradi. 
Fuqarolar bilan o’zaro munosabati nuqtai nazaridan va ko’rsatilayotgan 
xizmatlar ko’rinishi jihatidan elektron hukumat tizimi xizmatlarini ko’rsatish 
bo’yicha mantiqan ikki qismga ajratilishi mumkin: ofis-oldi va ofis-orqasi. 
Elektron hukumat tizimi turli xizmatlarni ko’rsatishning ofis-oldi ko’rinishida 
xizmatlarni etkazib berish, axborot va xizmatlarini etkazib beruvchilarni ko’rishi, 
davlat bilan fuqaro va biznes o’zaro munosabatlarini ko’rish va boshqarishni 
anglatadi. G2B hukumat va biznes o’rtasida turli operatsiyalarni o’z ichiga oladi, 
G2C esa, fuqarolarga axborot tarqatishni va davlat xizmatlarini etkazib berishni 
o’z ichiga oladi. AKT asosida faollashtirilgan G2C xizmatlar hukumat tomonidan 
axborot almashish tizimi va fuqarolar uchun bir-oyna onlayn portali orqali 
axborot va boshqa xizmatlardan foydalanish uchun imkoniyat yaratuvchi ilovalar 
orqali etkazib beradi. Bunday portal fuqarolar uchun quyidagi xizmatlarni taqdim 
etishi mumkin: 
-
Turli ruxsatnomalar/litsenziyalar va sertifikatlar berish; 
-
Qonun/ma’muriy 
ogohlantirishlar va tegishli qonunlar haqidagi 
ma’lumotlar bilan ta’minlash; 


 30 
-
To’lov xizmatlari, soliqlarni qaytarish va ijtimoiy kommunal to’lovlar; 
-
Elektron maslahat, elektron muxokama, elektron saylov orqali davlat 
ishlarida ishtirok etish imkoniyatlarini berish. 
Fuqaroga yo’naltirilgan portalni va jamoat ma’lumotlarini almashish 
tizimini, jamoatni boshqarish, yashovchilarni xisobga olish, ko’chmas mulk 
xisobi, avtomashinalarni ro’yxatga olish, soliq va sug’urtalar kabi ma’lumotlarni 
o’z ichiga olgan asosiy ma’lumotlar bazasini yaratish va ularni bir-biriga 
bog’lash ishlarini amalga oshirish. 
Elektron G2B xizmatlar korporativ fuqarolik ma’muriy ishlar, sanoat 
axborot ta’minlanishi va turli soliq va davlat to’lovlari uchun xaridlar, taklif va 
mukofotlar, to’lov xizmatlar, elektron operatsiya xizmatlarini o’z ichiga oladi. 
Boshqa xizmatlardan farqli, quyidagi AKT ilovalar samarali elektron G2B 
xizmatini etkazib berish uchun talab etiladi: 
-
Integratsiyalashgan elektron xaridlar tizimida ro’yxatga olish, tender, 
shartnoma va barcha xaridlari bilan bog’liq jarayonlar, yagona-oyna davlat 
xaridlari tizimi orqali amalga oshiriladi. 
-
Elektron bojxona tizimi - import va eksport jarayonlaridagi bojxona 
boshqaruvini qog’ozsiz amalga oshirish hamda bojxona tomonidan noqonuniy 
xizmatlarni ko’rsatishga qarshi vosita deb belgilab beradigan tizim. 
-
Elektron savdo tizimi tovarlar va xizmatlar savdosini qo’llab-quvvatlovchi 
onlayn tizim. 
Ofis-orti xizmatlari. Asosan xukumat asosiy jarayonlarini, jamoatchilik 
uchun ko’rinmasligi va bir davlatning ichki jarayonlarini o’z ichiga oladi. 
Davlatlarda elektron hukumatni amalga oshirish bir necha ofis-orti tizimlari 
islohotlari bilan hamohang ravishda olib borilishi lozim. Elektron hukumatda 
bunday islohotlar elektron hukumat tizimi muvaffaqiyatli bo’lishi uchun zarur 
omillar xisoblanadi. 
Elektron G2G ichki xizmatlarni etkazib berish jarayonlarini soddalashtirish 
va samaradorlikni oshirish uchun xizmat qiladi. Mos ravishda AKTdan 
foydalanish orqali davlat ish jarayonlari quyidagi natijalarga ega bo’lishi kutiladi:
-
Markaziy va maxalliy davlat tashkilotlari xisobot tizimlarining 
bog’langanligi tizimning to’g’ri va aniq ravishda so’rovlarni qabul qilishiga olib 
keladi; 
-
Ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlarning alamashishi xizmat ko’rsatuvchi 
tizim samaradorligini oshishiga sababchi bo’ladi; 
-
Davlat organlari orasidagi g’oya va resurslarni o’zaro ishlatish; 
-
Onlayn hamkorlik tizimi orqali qaror qabul qilishda hamkorlik qilish. 
Davlat idoralarida hujjat aylanishini elektronlashtirish va hukumatning 
qog’ozsiz amaliyotlar tomon harakati G2Gning asosiy tashabbusi xisoblanadi. 


 31 
Elektron xujjat almashinuvini kiritish ma’lumortlarni tezroq, ko’proq, samarali, 
xavfsiz va ishonchli boshqaruvi asosida amallarni bajarishga olib kelishi 
kutilmoqda. Quyida Koreya Respublikasida G2G xizmatlariga misol keltirish 
mumkin. 
Integratsiyalashgan milliy moliya axborot tizimi: 
Turli davlat idoralarida 
real vaqtda boshqariluvchi moliya soxasiga tegishli bo’lgan tizimlar bir-biriga 
o’zaro bog’lash orqali tashkil qilingan. Ta’kidlash joizki avval ushbu tizimlar 
alohida bo’lgan. 
Mahalliy elektron hukumat axborot tizimi:

Download 1,79 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   72




Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektron hukumatni amalga oshirishning muvaffaqiyat va xavf

Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish