33
Rasm 2.1. Biznes jarayonlari maqbullashtirilishi metodikasi
Davlat xizmatlarini yagona portal orqali interaktiv shaklga o’tkazish
barobarida xizmat ko’rsatish jarayonlarini maqbullashtirish ustuvor va birlamchi
vazifa hisoblanadi.
Davlat va xo’jalik xizmatlarini ko’rsatishda inson omili aralashuvini,
byurokratik
to’siqlarni
keskin
kamaytirish,
me’yoriy
xujjatlardagi
nomutanossibliklarni bartaraf etish tushuniladi.
Xizmat ko’rsatish muddatlarini qisqartirish, narxlarini arzonlashtirish va
tartibotlarini soddalashtirish chora tadbirlarini ishlab
chiqish va joriy etish
sanaladi.
Elektron hukumatni tadbiq qilishda havf omillari
Ko’pgina mamlakatlarda elektron hukumatni joriy etishda kutilgan
natijalarga erishilmagan. Elektron hukumatni joriy etishdagi havflar fuqarolar va
hukumat tomonidagi havflarga bo’linishi mumkin.
Umuman olganda fuqarolar tomonidagi havlarga quyidagilar kiradi:
-
Raqamli tengsizlik
-
Bilimlar etishmasligi
-
Foydalanishda qulay emasligi
-
Rag’batlantirishlarning etishmasligi
-
Ishonchning etishmasligi
34
-
Tushunmovchilik
Hukumat tomonidagi havflarga quyidagilar kiradi:
-
Murakkablik
-
Vazirlik tizimlarining to’liq integratsiya bo’lmaganligi
-
Qobiliyat etishmovchiligi
-
Inson resurslarining cheklanganligi
-
Moliyaviy resurslarning cheklanganligi
O’rganishlar shuni ko’rsatadiki, butun dunyo bo’yicha 35 foiz elektron
hukumat loyihalari muvaffaqiyatsizlikka
uchragan, 50 foizi qisman va faqatgina
15 foizi esa to’liq muvaffaqiyatga erishgan. Rivojlanayotgan davlatlarda elektron
hukumatni joriy etishda muvaffaqiyatsizlikka olib boruvchi omillar quyidagilar
hisoblanadi:
-
Davlat organlari bilan hamkorlikning etishmasligi
-
Sharoitga mos bo’lmagan rejalar va strategiyalar
-
Malakali mutaxassislarning etishmasligi
-
Investitsiya rejasining yo’qligi
-
Yangi texnologiyalar etishmasligi
-
Tayyorgarliksiz tezkorlik bilan amalga oshirish.
Elektron hukumatni to’liq ishga tushirish
juda murakkab jarayon, chunki
yangi axborot tizimlarining tadbiq qilinishi aholi uchun yangilik hisoblanadi.
Hukumat o’zining imkoniyat va tayyorgarliklaridan kelib chiqib elektron
hukumatni amalga oshirish rejasini tuzib chiqadi. Osiyo davlatlari siyosiy,
iqtisodiy, ijtimoiy va boshqaruv apparatlari turli xil bo’lishiga
qarab
xarakterlanadi va har bir mamlakatning o’z vaziyatidan kelib chiqib turli xil
yondashuvlar qabul qilinishi talab etiladi.
Elektron hukumatni amalga oshirish
Yuqorida ta’kidlanganidek, elektron hukumatni amalga oshirish davomiy
jarayondir. Elektron hukumatni rivojlantirish bosqichma-bosqich amalga
oshiriladi. Elektron hukumat bir nechta ketma-ket bo’lmagan bosqichlar to’plami
hisoblanib, oshib borayotgan
imkoniyatlar darajasi, bilimlar va infratuzilmaga
asoslangan. Ommaga ma’lum modellar Birlashgan Millatlar Tashkiloti
va Jaxon
Banki tomonidan ishlab chiqilgan. Ular elektron hukumatni tadrijiy jarayon
sifatida ko’rishadi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining tadqiqotiga ko’ra elektron
hukumat o’sishini aniqlashda beshta bosqich mavjud. Tadqiqotlar shuni
ko’rsatdiki, elektron hukumatni amalga oshirish
bosqichlari hukumatning
tayyorgarlik darajasi bo’lib, asosan aniq maqsad va rasmiy veb-saytlar orqali
ta’minlanadigan onlayn xizmatlarga asoslanadi.
1.
Paydo bo’lish: Internetda bir nechta mustaqil bo’lgan rasmiy veb-saytlar
tashkil etiladi. Axborotlarning cheklanganligi va asosan statik saytlardir.
35
2.
Kengaytirilgan: Davlat organlari veb-saytlarida ma’lumotlar xajmining
oshishi, axborotlar ko’proq dinamik holatda o’zgaradi.
3.
Interaktiv: Foydalanuvchilar
shakllarni yuklab olishi, interaktiv xizmatlardan
foydalanishi mumkin.
4.
Tranzaktsiyalashgan: Foydalanuvchilar xizmatlar uchun onlayn tarzda to’lov
va moliyaviy tranzaktsiyalarni
amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’ladi.
5.
Yagona: Davlat organlari axborot tizimlarining to’liq integratsiyasi.
Jaxon Banki elektron hukumatni amalga oshirish jarayonini uchta
bosqichga bo’ladi. Bu bosqichlar bir-biriga mutlaqo bog’liq emas, ya’ni, bir
bosqich tugallanmasdan ikkinchi bosqichni boshlash mumkin.
1.
Nashr etish: Iloji boricha ko’proq ommaga
hukumat haqida axborotni va
tarqatish. Davlat portallari elektron hukumatning asosiy xizmatchisi
vazifasini o’taydi.
2.
Interaktiv: Interaktiv elektron hukumat ikki tomonlama aloqani o’z ichiga
oladi, misol qilib hukumat ishchilari uchun e-mail kontakt kabi boshlang’ich
funktsiyalarni yoki siyosiy va qonuniy takliflarga doir foydalanuvchilarning
fikr bildirishi uchun sharoit yaratib berish hisoblanadi.
3.
Tranzaktsiya: fuqarolar hukumat interakiv xizmatlaridan foydalanishi hamda
onlayn to’lovlar va elektron hisobotlarni jo’natishi mumkin.