“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirishning me’yoriy-huquqiy




Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/72
Sana13.06.2024
Hajmi1,79 Mb.
#263182
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   72
Bog'liq
Elektron hukumat

3. “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirishning me’yoriy-huquqiy 
asoslari 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ijtimoiy va iqtisodiy sohalarni 
rivojlantirishning asosiy omillaridan biri xisoblanadi. Ayniqsa, davlat 
boshqaruviga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish 
O’zbekistonning istiqboldagi taraqqiyotini belgilashda muhim ahamiyat kasb 
etmoqda. 
Mamlakatimizda milliy axborot tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va 
jamiyat faoliyatining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalari hamda 
telekommunikatsiya vositalaridan foydalanish ko’lamini kengaytirish, elektron 
xukumatini shakllantirish borasida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. 
Elektron xukumatni shakllantirishning xuquqiy asoslarini mustaxkamlash 
maqsadida 
"Axborot 
olish 
kafolatlari 
va 
erkinligi 
to’g’risida”gi, 
"Telekommunikatsiyalar 
to’g’risida”gi, 
"Axborotlashtirish 
to’g’risida”gi, 
"Elektron raqamli imzo to’g’risida”gi, "Elektron xujjat aylanishi to’g’risida”gi, 
"Elektron to’lovlar to’g’risida”gi, "Elektron tijorat to’g’risida”gi, "Davlat 
xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida”gi qonunlar 
qabul qilindi. 
2013 yil 1 iyulda joriy qilingan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali 
orqali qanchadan-qancha aholining uzog’ini yaqin, og’irini engil qiluvchi 267 


 36 
dan ortiq interaktiv davlat xizmatlari elektron shaklda ko’rsatila boshlandi. Ushbu 
xizmatlar ahamiyatini o’tgan davr mobaynida foydalanuvchilar tomonidan 
portalga 564 ming murojaat qilinganidan ham ko’rishimiz mumkin. 
Ta’lim, bank-moliya, bojxona, soliq va sud-xuquq tizimlarida zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy qilinishi bugungi kunda 
yuqori samara bermoqda. 
Elektron xukumat ishtirokchilarining munosabatlarini tartibga soluvchi 
qonunchilik, davlat xizmatlarini sifatli ko’rsatilishiga xizmat qiluvchi 
markazlashgan ma’lumot bazalarini to’liq shakllantirish, davlat organlarining o’z 
ishida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini etarli darajada joriy 
qilish, aholi va tadbirkorlarga davlat xizmatlarini ko’rsatishda "bir darcha” 
tamoyilidan to’liq foydalanishdagi muammolarni bartaraf etish uchun "Elektron 
xukumat to’g’risida”gi O’zbekistan Respublikasi Qonuni qabul qilindi. 
Mazkur Qonunning asosiy maqsadi davlat xizmatlarini ko’rsatishda aholi 
va tadbirkorlar manfaatlarini ko’zlash, ularga keng qulayliklar yaratish, ularning 
vaqtlarini tejash, bexuda ovoragarchiliklar va ortiqcha sarf-xarajatlarni 
kamaytirish, davlat organlari faoliyati samaradorligini oshirishdan iborat. Qonun 
elektron davlat xizmatlarini ko’rsatishda, shu jumladan, idoralararo elektron 
xamkorlik doirasida davlat organlarining yuridik va jismoniy shaxslar bilan 
o’zaro munosabatlarini tartibga soladi. 
Qonun 5 ta bob va 34 ta moddadan iborat. Qonunda uning maqsadi va 
vazifalari, asosiy tushunchalari, elektron xukumatning asosiy printsiplari, uning 
ishini tashkillashtirish, elektron davlat xizmatlarini ko’rsatishga qo’yiladigan 
talablarga oid normalar belgilangan. Shuningdek, Qonunda elektron xukumat 
infratuzilmasi, bu sohadagi davlat boshqaruvi, davlat organlarining elektron 
xukumat doirasidagi o’zaro xamkorligiga oid munosabatlar tartibga solingan. 
Elektron xukumat, davlat xizmati, idoralararo elektron xamkorlik qilish, 
elektron davlat xizmati, elektron davlat xizmatining reglamenti, elektron 
xukumatning yagona identifikatorlari kabi tushunchalar qonunchilikka ilk bor 
kiritilmoqda va ularga tegishli ta’rif berilmoqda. Qonunda elektron xukumat 
tizimining asosiy printsiplari mustaxkamlangan. Davlat organlari faoliyatining 
ochiqligi va shaffofligi, elektron davlat xizmatlaridan ariza beruvchilarning teng 
ravishda foydalanishi, "bir darcha” printsipi bo’yicha elektron davlat xizmatlarini 
ko’rsatish, axborot xavfsizligini ta’minlash kabi printsiplar shular jumlasidandir. 
Qonunda elektron xukumat sohasini davlat tomonidan tartibga solish 
normalari belgilangan. Unga ko’ra, Vazirlar Mahkamasiga elektron xukumat 
soxasidagi yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash, ushbu soxadagi 
davlat dasturlarini tasdiqlash va ijrosini nazorat qilish vazifalari yuklangan. 
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi elektron 


 37 
xukumat soxasidagi vakolatli organ sifatida elektron xukumat printsiplariga 
muvofiq elektron xukumat soxasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi. 
Davlat organlarining elektron Xukumat soxasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi. 
Davlat organlari esa elektron xukumat soxasida yagona davlat siyosatini amalga 
oshirishda ishtirok etadilar, axborot resurslari va tizimlarini, shuningdek, elektron 
davlat xizmatlarini joriy qilish, rivojlantirish va integratsiyalashuvini ta’minlaydi. 
Qonunga muvofiq foydalanuvchilar davlat organlari faoliyati to’g’risida 
axborot olishlari yoki ularga interaktiv davlat xizmatlari ko’rsatilishi mumkin. 
Qonunda ushbu elektron davlat xizmatlari turlariga talablar, ulardan foydalanish 
uchun so’rovlar yuborish tartibi, foydalanuvchilarning xuquqlari belgilab 
berilgan. 
Qonunda belgilanganidek, axborot davlat xizmati aholining axborotga 
bo’lgan extiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan bo’lib, bunda davlat organlari 
o’z faoliyatlari to’g’risidagi ma’lumotlarni keng jamoatchilikka etkazib boradi. 
Interaktiv davlat xizmatining joriy qilinishi esa, aholi va davlat organlari 
o’rtasidagi ikki tomonlama xamkorlik sifatining oshishiga xizmat qiladi. 
Shu bilan birga, Qonunda elektron davlat xizmatlarining sifatini baxolash 
tartibi hamda baholash natijalarini xisobga olgan holda davlat organlarining 
elektron davlat xizmatlarining sifatini oshirish choralarini ko’rish uchun 
majburligi belgilangan. Bu esa davlat xizmatlarini ko’rsatish tartibini muntazam 
takomillashtirish printsipiga mos keladi 
Qonunning ko’chga kirishi orqali quyidagi natijalarga erishiladi: 
Birinchidan, mamlakatimizda "Elektron xukumat” tizimini joriy etish va 
rivojlantirishning qonuniy asoslari yaratilib, ushbu tizimni shakllantirish, 
to’laqonli ishlashini ta’minlash va tizimli rivojlantirishga zamin yaratiladi; 
Ikkinchidan, 
mamlakatimizda 
demokratik 
isloxotlarni 
yanada 
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasida belgilab 
berilgan demokratik bozor isloxotlarini yanada chuqurlashtirish ortiqcha 
ruxsatnoma va ruxsat berish tartib-qoidalarining yangi turlari kiritilishini qonun 
bilan taqiqlash, tadbirkorlik faoliyati erkinligini kafolatlash kabi vazifalar ijrosi 
ta’minlanishiga asos bo’ladi; 
Uchinchidan, davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining 
samaradorligi, jumladan boshqaruv va ma’muriy ish unumdorligi oshib, ularning 
jamiyat oldidagi xisobdorligi, ochiqligi ta’minlanadi. Pirovardida xalqning davlat 
organlariga ishonchi yanada ortadi. 
To’rtinchidan, aholi va tadbirkorlik sub’ektlari uchun davlat xizmatlari 
sifati va ulardan foydalanish qulayliklari oshadi. Binobarin, davlat organlari 
faoliyatiga innovatsiya g’oyalari izchil joriy qilinadi, biznes soxasi, xujjat 
aylanish mexanizmlari takomillashtiriladi, fuqarolarga uyi yoki ish xonasidan 


 38 
turib elektron shaklda murojaat qilish, ma’lumotnoma va boshqa xujjatlarni olish 
yoki tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish imkoniyatini beradigan interaktiv 
xizmatlar ko’rsatilishini ta’minlaydi. 
"Elektron xukumat to’g’risida”gi Qonunning kuchga kirishi yuqorida sanab 
o’tilgan natijalar bilan birgalikda mamlakatimizda demokratik isloxotlarni yanada 
chuqurlashtirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash yo’li bilan chet el 
investorlarini jalb qilishga, xalq farovonligini, yurt ravnaqini yanada oshirishga, 
mamlakatimizda barqkapop iqtisodiy o’sish sur’atlarini ta’minlashga xizmat 
qiladi hamda xududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun muhim ahamiyat 
kasb etadi. 

Download 1,79 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   72




Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirishning me’yoriy-huquqiy

Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish