Government to Business (G2B) moduli




Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/72
Sana13.06.2024
Hajmi1,79 Mb.
#263182
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   72
Bog'liq
Elektron hukumat

Government to Business (G2B) moduli 
Iqtisodiyot sohasidagi davlat boshqaruvining amaldagi tizimini davlat va 
biznes tuzilmalarining umumiy ishi yo’lida – tadbirkorlik sub’ektlaridan har 
birining, binobarin, mamlakatning ravnaq topishi uchun ularning tadrijiy o’zaro 
hamkorligining samarali mexanizmiga aylantirishdan iboratdir.
Munosabatlarning ushbu modulida kuyidagilar asosiy sub’ekt hisoblanadi: 
byudjet va soliqlarni tartibga solish, davlat organlari va tijorat tuzilmalarining 
o’zaro iqtisodiy hamkorligi, kreditlar, investitsiyalar va boshqa moliyaviy 
resurslarni boshqarish, tijorat faoliyatini litsenziyalash va boshqalar.
G2V moduli quyidagilarni ta’minlashi lozim: 
-
biznes tuzilmalari oldida turgan qog’ozbozlik va ma’muriy to’siqlarni 
bartaraf etish; 
-
davlat boshqaruvining ortiqcha bo’g’inlarini qisqartirish, tartibga solish va 
hujjatlar aylanishining raqamli texnologiyalarini keng joriy etish yo’li bilan 
biznes jarayonlarini va tranzaktsiyalarni tezlashtirish, soddalashtirish va 
arzonlashtirish; 
-
qonunlar va bozor talablaridan kelib chiqib, resurslarni maqsadga 
yo’naltirib, erkin boshqarish. 
Ushbu modul vazifalarini hal etish uchun biznes sub’ektlariga quyidagi 
xizmatlarni ko’rsatishni nazarda tutadi: 
-
kompaniyalarni davlat ro’yxatidan o’tkazish va qayta ro’yxatdan o’tkazish; 
-
vakolatli tashkilotlardan loyiha hujjatlariga ruxsatnomalar olish va ular 
bilan kelishish (ekologiya, qurilish, tabiiy resurslardan foydalanish); 
-
litsenziyalar olish va ular muddatini uzaytirish
-
yuridik maslahatlar, qonun hujjatlariga kiritilgan o’zgartirishlar to’g’risida 
o’z vaqtida va to’liq axborot olish; 
-
byudjetga (daromad, foyda, qo’shilgan qiymat, yo’l, er soliqlari va 
boshqalar) va byudjetdan tashqari fondlarga majburiy korporativ to’lovlarni 
amalga oshirish; 
-
buxgalteriya, moliya, soliq va statistika hisobotlarini rasmiylashtirish va 
boshqalar. 


 48 
G2B xizmatlari turli ijtimoiy guruh vakillariga yo’naltirilgan bo’lib, bu 
xizmatlarning asosiy maqsadi davlat bilan bog’liq ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy 
jarayonlarni optimal boshqarishdan iborat. 

Download 1,79 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   72




Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish