• 6-ma’ruza. Davlat axborot resurslaridagi dasturiy va texnik vositalar Reja
  • Kalit so’zlar: Server qurilmalari, Masofaviy terminallar, Ma’lumotlar markazi, Xosting, domen, Virtualizatsiya. 1.Server qurilmalari va ilovalari.
  • Mundarija kirish 4 akt bilan taraqqiyot o'rtasidagi o'zaro aloqa




    Download 1,79 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet35/72
    Sana13.06.2024
    Hajmi1,79 Mb.
    #263182
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   72
    Bog'liq
    Elektron hukumat

     
    Nazorat savollari: 
    1.
    Davlat boshqaruvida AKTni qo’llashda yuzaga keladigan muammolar 
    va ularni bartaraf qilish yo’llari 
    2.
    Bulutli hisoblashlar 
    3.
    O’zbekiston taraqqiyoti uchun erkin ochiq kodli dasturiy ta’minotning 
    ahamiyati 
    4.
    EOKDTning strategic omillari 
    5.
    EOKDTning iqtisodiy omillari 
    6.
    EOKDTning ijtimoiy omillari 
     
    Foydalanilgan adabiyotlar 
    1. O’zbekiston taraqqiyoti uchun erkin va ochiq kodli dasturiy ta’minotdan 
    foydalanish: sharh va tavsiyalar. BMTTDning “AKT siyosati” (ICTP) loyihasi. 
    2006. 
    2. 
    www.cros.ru/solution/virtualization
     
    3. 
    www.de-novo.biz/oblachnye-servisy
      
    6-ma’ruza. Davlat axborot resurslaridagi dasturiy va texnik vositalar 
     
    Reja: 
    1.
    Server qurilmalari va ilovalari. 
    2.
    Aloqa va tellekommunikatsiyaning zamonaviy tizimlari. 
    3.
    Keng polosali axborot o’tkazish tizimlari. 
    4.
    Katta xajmdagi ma’lumotlar massivini qayita ishlash va saqlash 
    vositasi. 
    5.
    Masofaviy terminallar. 
    6.
    Ma’lumotlar markazi va ma’lumotlarni qayta ishlash. 


     65 
    7.
    Ma’lumotlarni taqsimlangan va paralell qayta ishlash dasturiy va 
    texnik vositalari. 
    8.
    Xosting tizimi va domenlarni boshqarish. 
    9.
    Virtualizatsiya tizimlari. 
    Kalit so’zlar: 
    Server qurilmalari, Masofaviy terminallar, Ma’lumotlar 
    markazi, Xosting, domen, Virtualizatsiya.
    1.Server qurilmalari va ilovalari. 
    Server qurilmalariga server, server kompyuterlari, server administratori, 
    serverning dasturiy ta’minoti, server shkaflari, Web-server, fayl server, o’yin 
    serverlari, superkompyuterlar kiradi. 
    Server – tarmoq abonenti bo’lib, u o’z resurslarini boshqa abonentlarga 
    foydalanishga berib, lekin o’zi boshqa abonentlar resurslaridan foydalanmaydi, 
    ya’ni faqat tarmoqqa ishlaydi. Tarmoqda server bir nechta bo’lishi mumkin, 
    server uchun eng quvvatli kompyuter bo’lishi shart emas. Ajratilgan server-bu 
    server faqat tarmoq masalalari uchun xizmat qiladi. Ajratilmagan server 
    tarmoqqa xizmat ko’rsatishdan tashqari boshqa masalalarni xam xal qilishi 
    mumkin.
    Server administratori - Web serverni beto’xtov ishlashini ta’minlovchi,
    xatolarni to’g’rilovchi, server va ma’lumotlarni himoya qiluvchi mutaxassis. 
    Serverning dasturiy ta’minoti - axborot texnologiyalarida xisoblash 
    tizimining dasturiy vositalari xisoblanib mijoz so’rovlariga xizmat ko’rsatish 
    vazifasini bajaradi va unga ma’lum xizmat yoki resursdan foydalanish 
    imkonyatini beradi. 
    Server kompyuter deb shaxsiy kompyuterlar to’plamidan ajratilgan va 
    inson qatnashmaydigan ma’lum bir xizmatni bajaradigan kompyuterga aytiladi. 
    Server va ishchi stantsiyalar bir xil apparat ta’minotiga e’ga bo’lishlari mumkin 
    lekin inson ishchi kuchining aralashuvi bilan farq qiladi. 
    Server shkaflari – server qurilmalari uchun shkaflar majmusi.
    Web-server – tarmoqqa 
    ulangan 
    kompyuter 
    yoki 
    undagi 
    dastur 
    hisoblanib, umumiy resurslarni mijozga taqdim etish yoki ularni boshqarish 
    vazifalarini bajaradi. Web-serverlar ma’lumotlar bazalari va multimediyali 
    ma’lumotlarni bir biriga moslashtiradi; Web-serverda Web-sahifa va Web-saytlar 
    saqlanadi. 
    Fayl server bu – server xotira qurilmalaridagi fayllarga murojatni 
    ta’minlashni bajaradi. Ma’lumotlarni almashinish uchun quyidagi protokollardan 
    foydalaniladi: SFTP va HTTP. 


     66 
    O’yin serverlari – markaziy o’yin xolati uchun bir qancha 
    foydalanuvchilarga bir vaqtning o’zida qatnashish imkonini beradi. Bir qancha 
    o’yinlar maxsus yuqori tuzilishga ega serverlarni ta’lab qilishadi. 
    Sekundiga bir necha yuz milliondan to bir necha o’n milliardgacha arifme-
    tik amallarni bajara oladigan tezkor ko’pprotsessorli kompyuterlar – 
    superkompyuterlar deb ataladi.

    Download 1,79 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   72




    Download 1,79 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mundarija kirish 4 akt bilan taraqqiyot o'rtasidagi o'zaro aloqa

    Download 1,79 Mb.
    Pdf ko'rish