• Kalit so’zlar: Boshqaruvda AKT, Cloud Computing, Ochiq kodli dasturiy ta’minot. 1. Davlat boshqaruvida AKTni qo’llashda yuzaga keladigan
  • -ma’ruza. AKTning rivojlanish tendentsiyasi




    Download 1,79 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet32/72
    Sana13.06.2024
    Hajmi1,79 Mb.
    #263182
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   72
    Bog'liq
    Elektron hukumat

    5-ma’ruza. AKTning rivojlanish tendentsiyasi 
     
    Reja: 
    1.
    Davlat boshqaruvida AKTni qo’llashda yuzaga keladigan muammolar 
    va ularni bartaraf qilish yo’llari 
    2.
    Bulutli hisoblashlar 
    3.
    O’zbekiston taraqqiyoti uchun erkin ochiq kodli dasturiy ta’minotning 
    ahamiyati 
    Kalit so’zlar:
    Boshqaruvda AKT, Cloud Computing, Ochiq kodli dasturiy 
    ta’minot.
     
     
    1. Davlat boshqaruvida AKTni qo’llashda yuzaga keladigan 
    muammolar va ularni bartaraf qilish yo’llari 
    Har qanday jamiyatda davlatning roli masalasi dolzarb bo’lib kelgan. Bu 
    masalaning muhimligini hisobga olib, bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’zbek 
    modeli va demokratik jamiyat barpo etishning asosiy printsiplaridan biriga 
    jamiyatning barcha sohalarida islohotlarni amalga oshirishda davlatning 
    yetakchilik roli printsipi asos qilib olinadi.
    O’zbekistonda davlat rivojlanishini o’zgartirishga ijtimoiy yo’naltirilgan 
    bozor iqtisodiyotiga va fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqich o’tish asosida 
    amalga oshiriladi. Bu holatda o’zgarishlarning jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy 
    larzalarining oldini olish uchun davlat boshqaruvining xususiyatlari va usullarini 
    o’z vaqtida qayta qurishi, ularni zamonaviylashtirishi juda ham muhim 
    jarayondir. Buning uchun davlatdan yangi bosqichga o’tish yo’lini belgilab 
    beradigan dasturni ishlab chiqish talab qilinadi. Shu yondashish shakllangan 
    demokratik an’nalarga ega bo’lgan mamlakatni namoyon qiladi. Bu esa 
    rivojlangan mamlakatlar tajribasida o’z isbotini topgan. 
    Jahon tajribasi tahlili va jamiyatimizning rivojlanishi xususiyatlarini tahlil 
    qilish ijtimoiy hayotda davlatning roli masalasi to’g’risidagi masala o’z asosiga 
    ko’ra inson faoliyatining asos buluvchi shart-sharoitlarini tushunishga 
    tayangandagina uni qoniqarli hal etish mumkinligini isbot qila oladi. Shunga 
    ko’ra, hozirgi bosqichda davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish zaruriyati va 
    uning ustuvor yo’nalishlari mana shu nuqtai nazardan baholanishi kerak.
    Ma’muriy islohotlarni amalga oshirish ehtiyoji mamlakatda amalga 
    oshirilayotgan qayta o’zgarishlar mantig’idan kelib chiqib, bozor iqtisodiyoti 
    rivojlanishi va qaror topishi, demokratik islohotlar amalga oshirilishi, parlament 
    va sud islohotlarining amalga oshirilishi bilan davlat boshqaruvi organlari 


     56 
    tizimida muqobil transformatsiyani amalga oshirish masalasi hal qilinishi bu 
    vaqtga kelib asosiy mavzu sifatida namoyon bo’lmoqda. 
    Davlat boshqaruvida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va 
    tizimlarini joriy etishning jahon xamjamiyatida shakllanayotgan tendentsiyalari 
    va tajribasi ushbu jarayonlarning ko’plab jihatlari, eng avvalo aniq va muqobil 
    tartibga solishni talab etishini yaqqol ko’rsatadi.
    Bunga esa quyidagilar kiradi: 
    - har bir kishining davlat xokimiyati va boshqaruv organlarining 
    umumfoydalanadigan axborot resurslari va axborot tizimlaridan axborotni erkin 
    olishga bo’lgan xuquqini amalga oshirish
    - Internet tarmog’i yordamida amalga oshiriladigan biznes sub’yektlari va 
    davlatning iqtisodiy faoliyatini xuquqiy ta’minlash; 
    - elektron xujjatlar aylanishining faoliyat ko’rsatishi va axborot-
    kommunikatsiya 
    tizimlarida 
    aylanib 
    yuradigan 
    elektron 
    xujjatlarning 
    xaqiqiyligini tasdiqlash vositalaridan foydalanish tartibini belgilash; 
    - axborot xavfsizligini, mahfiy axborotning ruxsat berilmagan kirishlardan 
    ishonchli himoya qilishni ta’minlash. 
    Tabiiy xolki, umuman jamiyatda axborotlashtirish sohasida qonunchilikni 
    shakllantirish va takomillashtirish bunda asos buluvchi jihat hisoblandi, chunki 
    xuddi shu jamiyat, uning har xil institutlari va fuqarolarning o’zi davlat 
    boshqaruvida elektron texnologiyalar joriy etilishini xis kilishlari va uning 
    afzalliklarini 
    o’rgangan 
    xolda 
    foydalanishlari 
    kerak 
    bo’ladi. 
    Davlat apparatini isloh qilish va tegishli jarayonlarni ishonchli normativ-xukukiy 
    tartibga solishni ta’minlashning muhimligini inkor qilmagan holda biz baribir 
    axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, tegishli infratuzilma va ushbu 
    tizimlarda ishlash uchun professional tayyorlangan mutaxassislarning mavjudligi 
    boshqaruvni “elektronlashtirish” tizimlarini joriy etish vazifalari muvaffaqiyatli 
    hal etilishini ta’minlaydigan asosiy shart ekanligini e’tirof etishimiz kerak.
    So’z nafaqat ushbu tizimlarni joriy etish haqida balki ko’plab rivojlangan 
    mamlakatlar tajribasi hozirgi dinamik rivojlanayotgan dunyoda AKT iqtisodiy 
    rivojlanishining lokomotivi ekanligini, mamlakatga investitsiyalar jalb etilishiga, 
    yangi ish o’rinlari tashkil etilishiga, ilg’or texnologiyalar ishlab chiqarishga va 
    boshqaruvga tatbiq etilishiga, axborot ayirboshlashda, chiqimlar qisqartirilishiga 
    bozor qatnashchilari o’rtasida bitishuvlar sodir etilishiga ko’maklashishini 
    ko’rsatadi. Shuning uchun xam O’zbekiston xukumati mamlakatni ijtimoiy-
    iqtisodiy rivojlantirishning muhim ustuvorligi sifatida axborot-kommunikatsiya 
    texnologiyalari joriy etilishini ajratib ko’rsatadi. O’zbekiston Respublikasi 
    Prezidentining 2002 yil 30 maydagi PF-3080-sonli Farmoni va O’zbekiston 
    Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2002 yil 6 iyundagi 200-sonli qarori ushbu 


     57 
    vazifani amalda ruyobga chiqarishga yo’naltirildi. Ularda axborot jamiyatini 
    rivojlantirishning strategik ustuvorliklari belgilandi, 2002-2010 yillarda 
    kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish 
    dasturi qabul qilinib u amalga oshirilmoqda. Uning asosiy yo’nalishlari 
    quyidagilardir: 
    - telekommunikatsiya infratuzilmasini va Internet tarmog’ining milliy 
    segmentini rivojlantirish; 
    - aholini kompyuter texnikasi va tegishli tarmoq resurslari bilan jihozlash 
    bo’yicha rivojlangan mamlakatlar darajasida mavjud qoloqlikni bartaraf etish; 
    - dasturiy ta’minotning milliy industriyasini barpo etish; 
    - mamlakatning yagona axborot makonini tashkil etish uchun zarur bo’lgan 
    milliy resurslarni shakllantirish; 
    - yuqori malakali kadrlar salohiyatini tayyorlash; 
    - AKT sohasida raqobat muhitini rivojlantirish; 
    - AKTni tegishli texnik vositalarni standartlashtirish va sertifikatsiyalashni 
    rivojlantirish;
    - axborot xavfsizligini ta’minlash; 
    - tegishli investitsiya va innovatsiya loyihalari ustuvor moliyalashtirilishi 
    va kredit berilishini ta’minlash.
    Davlat boshkaruvida AKT tizimlarini joriy etish uchun mamlakatda tuliq 
    faoliyat ko’rsatuvchi infratuzilma haqida aytib o’tishga hali bor. Sababi davlat 
    boshqaruvi organlarining korporativ tarmog’i, elektron xujjatlar aylanish tizimi, 
    fuqarolar va biznes sub’ektlarining axborotni avtomatlashtirilgan tarzda qayta 
    ishlash tizimlari shakllanish bosqichini o’tamoqda. 
    Davlat boshqaruvida AKTni joriy etishga umumiy tayyorgarlik to’rt 
    mezonidan uchta eng muhimi bo’yicha mamlakat printsipial jihatdan ushbu 
    texnologiyalarni joriy etishga tayyorgarlikning darajasiga ega. Bu xolatda, to’liq 
    funktsional texnologiyalarning mavjudligi yoki yo’qligi jiddiy rol o’ynamaydi, 
    chunki tegishli dasturiy apparat komplekslari va korporativ tarmoqli resurslar 
    bevosita AKT tizimlarini joriy etish davomida tashkil etilishi ham mumkinligini 
    hisobga olish zarur. 
    Shuningdek, ko’pgina pozitsiyalar bo’yicha vaziyat dinamik o’zgarmoqda. 
    Tegishli davlat axborotiga biznes sub’ektlari va fuqarolarning onlayn kirishini 
    ta’minlaydigan xizmatlarning etarlicha keng hajmi to’g’risida ishonch bilan 
    gapirish mumkinligini ko’rsatadi.
    Davlat boshqaruvida AKTni joriy etish masalalari o’z mohiyatiga ko’ra, 
    muammolarning juda muhim bo’lgan murakkab doirasini o’z ichiga olib, uni 
    shakllantirishga yondashuvlarni ishlab chiqishdan elektron davlat xizmatlariga 
    bo’lgan extiyojni aniqlash va uni amalda ta’minlashgacha bo’lgan muammolar 


     58 
    xisoblanadi. O’zbekiston axborot jamiyatini shakllantirishning boshlang’ich 
    bosqichida turgan xolda maqsadga muvofiq va qulay modelni tanlashdek 
    murakkab muammo qarshisida turibdi.
    Har bir mamlakatda axborot jamiyatini tashkil etishni jahon tajribasi o’z 
    xususiyatlariga ega va bu tayyor etalon bo’la oladigan ba’zi bir tavsiyalarni bera 
    olmaydi. Aniqroq qilib aytganda, davlat boshqaruvida AKTni tatbiq etish 
    mamlakatning o’zining siyosiy iqtisodiy yo’nalishlariga, davlat tuzilishining 
    xususiyatlariga, davlatning biznes sub’ektlari va aholi bilan ijtimoiy-iqtisodiy 
    munosabatlari rivojlanishi darajasiga va rivojlanishning mazkur bosqichida hal 
    qilinishi zarur vazifalar doirasiga bog’liqdir. 
    Respublikamizda AKT sohasida ilgari xech qachon bunday ijtimoiy 
    jamiyatli, texnik jihatdan murakkab, ma’suliyatli, ilm-fanni va resurslarni ko’p 
    talab qiladigan vazifani xal etmagan. Bundan davlat boshqaruvi tizimini 
    bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish va samaradorligini oshirishni 
    ta’minlashi va quyidagi vazifalarni hal etishi kelib chiqadi: 
    - mamlakatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish 
    dasturini tez sur’atlarda amalga oshirish; 
    - axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining normativ-xuquqiy bazasi 
    monitoringi va ularni joriy qilinishiga tusiq bo’layotgan omillarni aniklash; 
    - AKTni rivojlantirish monitoringi va uning xolatini to’liq ro’yhatdan 
    o’tkazish, xujjatlarning elektron aylanishi tizimlarini joriy etish jarayonlarini 
    hamda davlat boshqaruvi organlarining moliyaviy, texnik va inson resurslari 
    xolatini o’rganish; 
    - davlat boshqaruvi organlarining yagona axborot tarmog’ini tashkil qilish; 
    - davlat xizmatchilari va aholini o’qitib borish uchun maqsadli chora-
    tadbirlarni amalga oshirish; 
    - axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat byudjeti xisobidan 
    doimiy ravishda moliyalashtirilib borilishini davlat siyosati darajasiga chiqarish 
    va x.k. 
    Turgan gapki, bular bir kunda hal bo’ladigan vazifalar emas. Bularni 
    mamlakatda AKT rivojlanishi darajasi va tendentsiyalaridan kelib chiqqan holda 
    faqatgina nazariy ko’rib chiqish mumkin. 
    Ammo, davlat boshqaruvida AKT tizimlarini tashkil etish va 
    rivojlantirishning kontseptual yondashuvlari va jahon tajribalari bir qancha 
    birinchi navbatda turgan vazifalarni ko’rsatish imkonini yaratib beradi. Buni xal 
    qilmasdan turib esa davlat boshqaruviga AKTni joriy etish ruyobga 
    chiqmaydigan orzu bo’lib qoladi. 

    Download 1,79 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   72




    Download 1,79 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -ma’ruza. AKTning rivojlanish tendentsiyasi

    Download 1,79 Mb.
    Pdf ko'rish