64
Ochiq standartlar foydalanuvchiga, u xoh ҳukumat bo’lsin yoki xoh
xonadondagi foydalanuvchi bo’lsin, dasturiy paketlarni, platformalarni va ishlab
chiqaruvchilarni tanlashdagi kerak bo’lgan epchillikni va erkinlikni beradi
Ishlab chiqaruvchilarning xususiy standartlari foydalanuvchini faqat bir
ishlab chiqaruvchining maҳsulotidan foydalanishga majbur qiladi va amalda
iste’molchini ishlab chiqaruvchi muruvvatiga qoldiradi, u esa ochiq formatlar va
boshqa ishlab chiqaruvchilarning formatlari bilan moslashtirishga madad
berishdan bosh tortishi yoki bu ishni foydalanuvchiga qo’shimcha ҳaq uchun
bajarishini taklif qiladi.