Mundarija kirish 4 akt bilan taraqqiyot o'rtasidagi o'zaro aloqa




Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/72
Sana13.06.2024
Hajmi1,79 Mb.
#263182
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   72
Bog'liq
Elektron hukumat

2. Bulutli hisoblashlar 


 59 
Bulutli hisoblashlar (ingliz tilida cloud computing) informatikada – bu 
umumiy pul (pool- dinamik taqsimlovchi resurs ) talablariga ko’ra qulay tarmoq 
ruxsatini ta’minlovchi model. U ta’minlaydigan konfigurlangan hisoblash 
resurslari 
(masalan, 
ma’lumotlarni 
yuboruvchi 
tarmoqlar, 
serverlar, 
ma’lumotlarni saqlovchi qurilmalar, ilovalar va servislar ) minimal 
ekspluatatsiya sarf bilan operativ taqdim etilgan va bo’shatilgan bo’lishi 
mumkin.
Cloud computing bu turli apparat platformalari IT resurslarini 
birlashtiruvchi va foydalanuvchiga Intenetga ular orqali kirishni ta’minlovchi 
innovatsion texnologiyadir. 
Hozirda biz foydalanadigan bulutli hisoblashlar atamasi birinchi bo’lib, 
1970 –yilda Jozef Liklayder tomonidan qo’llanilgan. Bu yillarda u ARPANET 
(Advanced Research Projects Agency Network) ni yaratishga mas’ul bo’lgan va 
u Yer yuzidagi har bir inson tarmoqqa ulangan holda nafaqat axborot balki, 
dasturlarni ham olishi mumkin bo’ladi deb hisoblagan.
Quyidagi faktorlar bulutli texnologiyalarning rivojlanishiga zamin bo’lib 
xizmat qildi: 

1999-yilda Salesforce.com CRM tizimini veb- sayt ko’rinishida 
vujudga kelishi 

2002-yilda Amazon.com- kitoblar do’koni veb- saytida hisoblash 
resurslari orqali xizmatlarni taqdim etilishi 

2006-yilning avgust oyida Amazon xizmat ko’rsatishining 
rivojlanishi natijasida “Elastik hisoblashlar” g’oyasi vujudga keldi. Bu esa Elastik 
bulutli hisoblashlar (
Elastic Computing Cloud
- Amazon EC2)loyihasini yo’lga 
qo’yilishiga asos bo’lib xizmat qildi. 

ECC ni ishga tushirilishi davrida Google rahbari Erik Shmidtning 
o’zining bir chiqishida “cloud” va “cloud computing” atamalarini keltirib o’tdi. 
Shu paytdan boshlab, “bulutli texnologiyalar” haqida ommaviy axborot 
vositalarida , axborot texnologiyalari mutaxassislari nashriyotlarda keng yoritila 
boshlandi. Kompyuter tarmog’i diagrammasida Internetning tasviri yoki texnik 
detallar yashiringan murakkab infratuzilmalarga asoslanib “Bulut” ga jo’natish 
metaforasi qo’llanila boshlandi.

2009-yilda Googla Apps ilovalarining ishga tushirilishi bulutli 
texnologiyalar mazmunini anglab yetish va ularni nom taratishida asosiy qadam 
bo’lib xizmat qildi.

2011-yilda Standart va texnologiyalar Milliy Universiteti bulutli 
hisoblashlarga oid ko'rinishlar va o'zgarishlar tuzilmalarini shakllantirdi.
Xizmat turlari 
Bulutli hisoblash xizmati asosan 3 xil modelga koʻrsatiladi 


 60 
1.
infrastruktura xizmati (iglizcha Infrastructure as a Service),
2.
platforma xizmati (iglizcha Platform as a Service)
3. dasturiy vosita xizmati (iglizcha Software as a Service).
Bunda infrastruktura xizmati eng quyi xizmat turi boʻlib, qolgan yuqori 
xizmat turlari ostkilarining detallarini yanada abstraktlash asosida quriladi. 
Rasm 4.1. Bulutli hisoblash 
Xizmat ko’rsatish modellari 
Dasturiy ta’minot xizmat ko’rinishida 
(
SaaS
, ing.
Software-as-a-Service

shunday modelki, unda foydalanuvchiga bulut infratuzilmasida ishlovchi 
provayder dasturiy ta’minotidan foydalanish imkoniyati yaratiladi. Bulutning 
fizik va virtual infratuzlilmasi, serveri, tarmog’i, operatsion tizimi va hatto 
ilovalarning individual imkoniyatlarini nazorat qilish va boshqarish bulutli 
provayder yordamida amalga oshiriladi.
Platforma xizmat ko’rinishida (
PaaS
, ing 
Platform-as-a-Service
). Bu 
modul foydalanuvchiga bulut infratuzilmasidan dasturiy ta’minot bazasini 
joylashtirishda foydalanish imkonini beradi. Bunday platformalar tarkibiga 
testlash vositalari va dasturiy ta’minotni (ma’lumotlar bazasini boshqarish 
tizimlari) bajaruvchi instrumentlar kiradi. Bulutli hisoblashlarning bu turida ham 
uning fizik va virtual infratuzlilmasi, serveri, tarmog’i, operatsion tizimi va hatto 
ilovalarning individual imkoniyatlarini nazorat qilish va boshqarish bulutli 
provayder yordamida amalga oshiriladi. 
Infratuzilma xizmat ko’rinishida (IaaS ing. Infrastructure as a Service)- 
qayta ishlovchi, saqlovchi resurslarni , tarmoqlarni va boshqa fundamental 
hisoblash resurslarini mustaqil boshqarish imkoniyatini taqdim etadi. Bunda 
foydalanuvchi operatsion tizimlar, virtual ma’lumotlarni boshqarish tizimlari va 


 61 
o’rnatilgan ilovalar hamda kerakli serverlar(tarmoqlararo ekran, DNS)ni 
boshqara olishi imkoniga ega bo’ladi.
iCloud bulutli hisoblashlarning mobil ko’rinishidir. “Bulutli servis” deb 
nom olgan bu texnologiya yordamida foydalanuvchilar o‘zlarining musiqiy 
fayllari, aloqalar ro‘yxati, kalendar ma’lumotlari va elektron pochtalarini bir yoki 
bir nechta qurilmalarda emas, balki yagona serverda saqlashlari mumkin. Ushbu 
servisdan foydalanish bepul bo‘lib, uning vositasida telefon, kompyuter, musiqa 
pleyeri, planshet kompyuteri va boshqa qurilmalardagi ma’lumotlar bazasini 
sinxronlashtirish imkoniyatiyati mavjud.
Oracle Cloud bulutli platformasida (kod nomlanishi – Project Fusion) 
Oraclening 
xozirda 
mavjud 
ilova 
va 
xizmatlarining 
katta 
paketi 
mujassamlashtirilgan bo’lib, mijozlarga internet orqali obuna bo’lish taklif 
etiladi. 
Oracle Cloud xizmatiga ega mijozlar uchun asosiy uch paket xizmati 
mavjud:

Application Services ximati foydalanuvchilariga savdo va marketing 
bo’limi, korxona resurslarini boshqarish, mijozlar bilan muvofiqlashtirish 
xizmati, xodimlar qidirish va o’qitish xizmati bilan ishlash imkoniyati beriladi. 

Platform Service paketiga korxonalarga tezda joriy etish mumkin 
bo’lgan ilovalar kiritilgan.

Social Services o’zida mijozlarga bizneslarida korxonaning ichki, 
hamkorlari va mijozlari bilan ishlash samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan 
ijtimoiy funksiyalarni kiritish imkoniyatini yaratadi. Uning yordamida korxona 
mutasaddilari ijtimoiy tarmoqlardan ma’lumotlar to’plashi, reklama aksiyalari 
o’tkazishlari va iste’mol tendensiyalarini kuzatishlari mumkin.
Microsoft SkyDrive texnologiyasi ham bulutda o’z ma’lumotlar bazasiga 
ega bo’lib, bu xizmat bazada 7 Gb gacha joy ajratadi. Sky Drivening asosiy 
yutug’i shundaki, fayl va papkalarni shaxsiy va ommaviylik darajasiga ko’ra 
anilqaydi. Xizmatdan keng spektrdagi operatsion tizimlar (Android, iOS, 
Windows Phone, Windows, (в том числе Windows 8), Mac OS X, MeeGo 1.2 
Harmattan, Symbian Belle) kliyent ilovalari yordamida foydalanish mumkin.
Google Drive – qidiruv xizmatidan ma’lumotlarni saqlash bulutli xizmati. 
“Disk Google” nomi bilan ham mashhur. Uning funksiyalari quyidagilardan 
iborat: 

Bepul ro’yxatdan o’tish; 

Bulutli maydon hajmi; 

Bepul kliyentlar va mavjud xizmatlarning integrallashuvi , odatda, 
Gmail va Google++. 


 62 
Google Drive o’zgargan fayllar tarixini o’zida saqlaydi va yuklangan 
hujjatlarni tanib olish imkoniyatiga ega. Kliyent ilovalari Windows va Mac 
operatsion tizimlarda ishlaydi, Linux foydalanuvchilari esa uning internet-
versiyasidan brauzer orqali foydalanishlari mumkin. Google Drive ilovalari iOS 
va Android smartfonlarida ham ishlash uchun mo’ljallangan. Bu xizmat bepul 
ma’lumotlar bazasi uchun 15 Gb joy ajratadi.
Hozirgi kunda O’zbekistonda keng qo’llanilib kelinayotgan bulutli 
hisoblashlarga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: 
Dropbox- 
ma’lumotlarni bulutli ombori bo’lib, Dropbox Inc 
kompaniyasiga mansub. U foydalanuvchilarga ma'lumotlarni serverda bulut 
shaklida saqlash va ularni Internetdagi boshqa foydalanuvchilar bilan bo’lishish 
imkonini yaratadi.
Dropbox foydalanuvchilari fayllarni kliyent yoki brauzer yordamida veb- 
interfeysdan foydalanish orqali uzoqdagi serverga joylashtirishlari mumkin 
bo’ladi. Bu texnologiya yuklangan hujjatlarni ro’yxatini o’zida saqlaydi. Bu esa 
serverdan fayllar o’chirilganda ma’lumotlarni qayta tiklash imkonini beradi. 
Dropboxning Windows, Mac OS va Linux operatsion tizimlari uchun kliyent 
ilovalari ishlab chiqilgan.Unda bepul bulut maydoni 2 Gb ni tashkil etadi.
Uzdisk- Dropboxning o’zbekcha ko’rinishi bo’lib, unda trafik tekin 
bo’ladi.
Uzdisk- TAS-IX zonasida fayllarni saqlash bulutli xizmati bo’lib, uning 
yordamida foydalanuvchi Internet orqali ixtiyoriy kompyuter va hatto mobil 
telefon orqali o’z fayllariga kirish va ishlash imkoniga ega bo’ladi. U 
foydalanuvchilar qurilmalari orasidagi fayllarni sinxronlashtiradi. Masalan, 
shaxsiy kompyuterda saqlab qo’yilgan hujjatlar avtomatik tarzda kompyuter, 
mobil telefon ishchi stoliga va veb-sayt serveriga ham nusxalanadi.

Download 1,79 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   72




Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mundarija kirish 4 akt bilan taraqqiyot o'rtasidagi o'zaro aloqa

Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish