Mundarija kirish 4 akt bilan taraqqiyot o'rtasidagi o'zaro aloqa




Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/72
Sana13.06.2024
Hajmi1,79 Mb.
#263182
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   72
Bog'liq
Elektron hukumat

3.
 
Elektron hukumat infratuzilmasi 
O’zbekiston Respublikasi elektron hukumat infratuzilmasi quyidagilardan 
iborat (rasm 3.3.): 
-
markaziy ma’lumotlar bazalaridan; 
-
idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimidan; 
-
davlat organlarining axborot tizimlari va axborot resurslari hamda ularning 
majmualaridan; 
-
davlat organlarining rasmiy veb-saytlari va Yagona interaktiv davlat 
xizmatlari portalidan; 
-
Ma’lumotlarga ishlov berish markazi va idoralararo ma’lumotlar uzatish 
tarmog’i. 
Elektron hukumatning markaziy ma’lumotlar bazalari. 
Elektron 
hukumatning 
markaziy 
ma’lumotlar bazalari 
yagona 
markazlashtirilgan axborot manbalarini taqdim etuvchi davlat axborot resurslari 
bo’lib, ularda davlat xizmatlari ko’rsatish hamda idoralararo elektron hamkorlik 
qilish uchun davlat organlarining asosiy ma’lumotlari umumlashtiriladi va 
saqlanadi. 
Elektron davlat xizmatlari ko’rsatish chog’ida, shuningdek idoralararo 
elektron hamkorlik qilish jarayonida elektron hukumatning markaziy ma’lumotlar 
bazalaridagi axborotdan foydalaniladi. Elektron davlat xizmatlari ko’rsatish 
uchun, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilish uchun zarur bo’lgan 
boshqa axborot davlat organlarining axborot tizimlari va axborot resurslarida 
saqlanishi mumkin. 
Elektron hukumatning markaziy ma’lumotlar bazalarini yaratish, ulardan 
foydalanish va ularni saqlash tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 


 50 
Rasm 3.3. O’zbekiston Respublikasi elektron hukumat infratuzilmasi 
Idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimi, davlat organlarining axborot 
tizimlari va axborot resurslari hamda ularning majmualari. 
Idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimi elektron davlat xizmatlari 
ko’rsatish chog’ida davlat organlarining funktsiyalari va vazifalarini amalga 
oshirish maqsadida ularning o’zaro hamkorligini ta’minlaydi. 
Davlat organlari tomonidan axborot tizimlarini va axborot resurslarini 
yaratish chog’ida idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta’minlash uchun 
elektron 
hukumatning 
markaziy 
ma’lumotlar bazalari bilan ularning 
integratsiyalashuvi imkoniyati nazarda tutilgan bo’lishi kerak. 
Idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimi axborotni to’plashga, 
saqlashga, unga ishlov berishga, uni uzatishga va almashishga doir talablar 
asosida ishlaydi. 
Davlat organlarida foydalaniladigan hujjatlar elektron hujjat aylanishi 
to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq, asosan elektron hujjatlar tarzida 
yaratilishi, jo’natilishi va saqlanishi kerak. 


 51 
Idoralararo elektron hamkorlik qilish vositasida uzatiladigan hujjatlarning 
va axborotning ro’yxati elektron davlat xizmatlarining reglamentlari bilan 
belgilanadi. 
Idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimining ishlash tartibi O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
Davlat organlarining elektron hukumatdagi axborot tizimlari va axborot 
resurslari ushbu organlarning vakolatlari doirasida axborotni to’plashni, 
saqlashni, izlashni, unga ishlov berishni, shuningdek undan foydalanishni 
ta’minlaydi. 
Davlat organlarining elektron hukumatdagi axborot tizimlari va axborot 
resurslari axborotni to’plashni, saqlashni, izlashni, unga ishlov berishni, 
shuningdek ushbu organlarning o’zaro elektron hamkorligi jarayonlari 
avtomatlashtirilishini ta’minlaydigan majmualarga birlashtirilishi mumkin. 
Davlat organlarining rasmiy veb-saytlari va Yagona interaktiv davlat 
xizmatlari portali. 
Elektron davlat xizmatlari ariza beruvchilarga davlat organlarining rasmiy 
veb-saytlari orqali hamda davlat organlari tomonidan ko’rsatiladigan interaktiv 
davlat xizmatlaridan foydalanishning yagona nuqtasi bo’lgan Yagona interaktiv 
davlat xizmatlari portali orqali ko’rsatiladi. 
Elektron davlat xizmatlari ko’rsatuvchi davlat organlari elektron davlat 
xizmatlari ko’rsatish tartibi to’g’risidagi axborotni o’z rasmiy veb-saytlariga 
joylashtiradi. 
Elektron hukumatning ma’lumotlarga ishlov berish markazi va idoralararo 
ma’lumotlar uzatish tarmog’i. 
Elektron hukumatning ma’lumotlarga ishlov berish markazi elektron davlat 
xizmatlari ko’rsatuvchi davlat organlarining idoraviy va idoralararo axborot 
tizimlari hamda axborot resurslarining, elektron hukumat markaziy ma’lumotlar 
bazalarining saqlanishini va integratsiyalashuvini ta’minlaydi. 
Elektron davlat xizmatlari ko’rsatuvchi davlat organlari idoraviy va 
idoralararo axborot tizimlarining hamda axborot resurslarining, elektron hukumat 
markaziy ma’lumotlar bazalarining o’zaro hamkorligi elektron hukumatning 
idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog’i orqali amalga oshiriladi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasining 
Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari 
to’g’risida” 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-son qarori bilan belgilangan 
“Respublika milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini 2013-2020 yillar 
mobaynida rivojlantirish kompleks dasturi”ning tarkibiga kiruvchi “Elektron 
hukumat” tizimi axborot tizimlari majmualari va ma’lumotlar bazalarini yaratish 
bo’yicha quyidagi tadbirlar va loyihalar ro’yxati tasdiqlangan: 


 52 
“Elekron hukumat” tizimining markaziy ma’lumotlar bazasini 
shakllantirish: 
- Ma’lumotlarni yig’ish va qayta ishlash mexanizmini standartlashtirish 
hisobiga kadastr va ko’chmas mulkni ro’yxatga olish axborot tizimini joriy qilish; 
- O’zbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimini yaratish; 
- Jismoniy shaxslar ma’lumotlar bazasini shakllantirish (noyob 
identifikatsiya bilan); 

Yuridik shaxslar ma’lumotlar bazasini shakllantirish (noyob 
identifikatsiya bilan); 
- Davlat boshqaruvi tizimida yagona ma’lumotlar almashish reglamenti va 
shakliga asosan ro’yxatdan o’tish qo’llanmasi va tasniflagichlari ma’lumotlar 
bazasini shakllantirish; 
- Avtotransport vositalari hisobi va ro’yxatga olish bo’yicha yagona 
ma’lumotlar bazasini yaratish. 
“Elektron hukumat” tizimi doirasidagi axborot tizimlari komplekslari: 
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini rivojlantirish; 
- Xizmatni etkazib berish billing tizimi bilan yanada integratsiya qilish 
hisobini olib real vaqt oralig’ida turli to’lovlarni amalga oshirish kliring tizimini 
tashkil etish; 

“Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashgan 
platformasini yaratish; 
- “Elektron hukumat” tizimi ma’lumotlarini qayta ishlash markazini tashkil 
qilish; 

“Elektron 
hukumat” 
tizimining 
barcha 
tizimlari 
bo’yicha 
foydalanuvchilarni tasniflash yagona tizimini yaratish va joriy qilish; 
- Davlat haridlari sohasida interaktiv xizmatlar taqdim qilish uchun 
“Harid”

Download 1,79 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   72




Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mundarija kirish 4 akt bilan taraqqiyot o'rtasidagi o'zaro aloqa

Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish