|
Mundarija kirish 4 akt bilan taraqqiyot o'rtasidagi o'zaro aloqaBog'liq Elektron hukumat2.
Elektron hukumat o’zaro munosabat shakllari
“Elektron hukumat” tizimi fuqarolar bilan hokimiyat, turli ijtimoiy
xizmatlar, qo’mitalar, tashkilotlar, umuman olganda, istalgan darajadagi rahbar
xodim bilan ochiq interfaol rejimda muloqot qila olish imkoniyatini yaratadi.
Shunday qilib, “Elektron hukumat” tizimi sarf-xarajat talab qiladigan tizim
sifatida qaralmasdan, balki, davlat boshqaruvini amalga oshirish tamoyilining
jamiyatni axborotlashtirishdagi keng ko’lamli elementi ko’rinishida qaralmog’i
lozim.
Albatta, sodir bo’ladigan o’zgarishlar saylov tizimi, qonunchilik faoliyati,
barcha darajadagi hokimiyatlarning fuqarolar oldidagi mas’ulligi nazoratini
amalga oshirish tizimlari, ularning birlashmalari va tadbirkorlik faoliyatini
qamrab olishi lozim. Qisqacha qilib aytganda, bu jarayonni jamiyat hayoti asosini
aniqlovchi muhim sub’ektlarning o’zaro munosabatlari ko’rinishida tasavvur
qilish mumkin Bular: davlat, mamlakat fuqarolari, jamoat tashkilotlari va
tadbirkorlik sub’ektlaridir. Bunda fuqarolar birgalikda fuqarolik jamiyatini
tashkil etsa, tadbirkorlik sub’ektlari esa mamlakatning iqtisodiyotini aniqlaydi,
davlat esa o’zaro munosabatlarni birlashtiruvchi yoki integratsiyalovchi tizim
hisoblanadi. Bu munosabatlar quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi:
-
Government-to-Government (G2G) - davlat boshqaruv organlarining
o’zaro aloqalariga yo’naltirilgan shakl;
-
Government to Business (G2B) - davlat boshqaruv organlari bilan
tadbirkorlik sub’ektlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarga yo’naltirilgan
shakl;
-
Government to Citizens (G2C) - davlat boshqaruv organlari bilan
fuqarolar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarga yo’naltirilgan shakl;
-
Government-to-Non-profit (G2N) - davlat boshqaruv organlari bilan
notijorat tashkilotlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarga yo’naltirilgan
shakl;
-
Government-to-Employee (G2E) - davlat boshqaruv organlari bilan
uning xodimlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarga yo’naltirilgan shakl;
Shunday qilib, elektron hukumatda hamkorlik ikki turda bo’lishi mumkin:
ichki va tashqi hamkorlik (rasm 3.2.). Ichki hamkorlik davlat organlari idoralar
o’rtasidagi munosabatlar hisoblanadi. Tashqi hamkorlik davlat organlari bilan
fuqarolar, tadbirkorlik sub’ektlari va notijorat tashkilotlari o’rtasidagi
munosabatlar hisoblanadi.
46
Rasm 3.2. Elektron hukumatda hamkorlik
|
| |