|
Telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksiBog'liq Elektron hukumatTelekommunikatsiya infratuzilmasi indeksi
Telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksi elektron xizmatlarni etkazib
berish bilan bog’liq aloqa tarmoqlari infratuzilmasiga taaluqli quyidagi besh
asosiy ko’rsatkichlar yig’indisidan iborat. Har bir holatda Xalqaro elektraloqa
ittifoqi (ITU) asosiy manba hisoblanadi.
Beshta ko’rsatkichlar:
1.
100 kishiga nisbatan internet foydalanuvchilar ulushi
2.
100 kishiga nisbatan telefon liniyalari ulushi
3.
100 kishiga nisbatan uyali aloqa foydalanuvchilari ulushi
4.
100 kishiga nisbatan ajratilgan keng polosali tarmoq ulushi
5.
100 kishiga nisbatan simsiz keng polosali tarmoq ulushi
Inson kapitali indeksi
Inson kapitali indeksi ikkita ko’rsatkichlar: kattalar savodxonlik darajasi va
boshlang’ich, o’rta va o’rta maxsus ta’limni o’z ichiga olgan yoshlar savodxonlik
darajasidan iborat. Kattalar savodxonlik darajasiga 2G’3 qism, yoshlar
savodxonlik darajasiga 1G’3 qism beriladi. Ma’lumotlar asosan YuNESKO
ma’lumotlariga asoslanadi va BMTning taraqqiyot dasturi inson rivojlanishi
hisoboti bilan to’ldiriladi.
Inson kapitali indeksini takomillashtirish maqsadida O’zbekiston
Respublikasida quyidagi chora-tadbirlar ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda:
1.
Idoralararo ishchi guruhni shakllantirish;
2.
Elektron hukumatni rivojlantirish bo’yicha O’zbekiston reytingini oshirish
bo’yicha chora-tadbirlarini tasdiqlash;
3.
Yagona ochiq ma’lumotlar portalini yanada rivojlantirish;
4.
Baholanuvchi davlat idoralari veb-saytlarini takomillashtirish uchun
moliyalashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
5.
BMTning iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo’yicha Departamenti va
YuNESKO bilan yaqin hamkorlikni tashkil qilish;
6.
Ijtimoiy tarmoqlar va forumlarda davlat idoralari matbuot xizmatlarini
faollashtirish.
|
| |