|
Government to Citizens (G2C) moduliBog'liq Elektron hukumatGovernment to Citizens (G2C) moduli
Davlat boshqaruvining axborot-kommunikatsiya tizimlari bugungi kunda
ko’plab mamlakatlar aholisi kundalik hayotiga tobora kengroq joriy etilmoqda.
Davlat tomonidan xizmat ko’rsatishda bu xizmat qaysi muassasa tomonidan va
qanday ko’rinishda bo’lishidan qat’i nazar, eng asosiysi fuqarolarning idorama-
idora sarson bo’lishlariga barham berishdan iborat. Bu xizmatlarga quyidagilarni
nazarda tutmoq joiz:
-
soliq deklaratsiyalarini taqdim etish va shaxsiy to’lovlar: daromad solig’i,
mol-mulk solig’i va h.k.larni amalga oshirish;
-
ijtimoiy ta’minot xizmatlaridan foydalanish, grantlar va qarzlar olish;
-
shaxsiy hujjatlar – pasport, haydovchilik guvohnomasi va boshqa
hujjatlarni rasmiylashtirish;
-
fuqarolarni doimiy yoki vaqtincha yashash joyi bo’yicha ro’yxatdan
o’tkazish, manzil o’zgarganligi to’g’risida bildirishnoma berish;
-
shikoyat va arizalarni qabul qilish, yuridik masalahat berish xizmatlari;
-
ish izlash va mutaxassislarning kasb darajasini elektron test sinovidan
o’tkazish bo’yicha mehnat birjalari xizmatlari;
-
sog’liqni saqlash tizimi xizmatlari (interaktiv maslahatlar, qabulga yozish
va boshqalar);
-
oliy o’quv yurtlariga kirish test sinovlari, masofadan turib o’qitish usuli
bilan davlat ta’lim muassasalarida malaka oshirish va boshqalar;
-
daromadlar, dividendlar to’g’risida axborot va maslahatlar olish;
-
kreditlar, imtiyozlar va litsenziyalarni onlayn tizimida rasmiylashtirish;
-
turli badallar, kommunal xizmatlar haqini to’lash va shularga o’xshash
boshqa xizmatlar.
Elektron hukumatning fuqarolar uchun yo’naltirilganligini bir muhim jihati
hukumat saytlarida fuqarolarning murojaatlari axborot yoki xizmatlari
foydalanishini oson bo’lishi uchun va nima qidirsangiz topish uchun qulayliklar
yaratilmoqda. Shu munosabat bilan, fuqarolar ko’p davlat organlari portallariga
kirishni oson va muammosiz muloqot qilish imkonini ta’minlash maqsadida
yagona nuqta orqali kirish imkoni yaratiladi. Yagonda hukumat portali axborot va
xizmatlar portallari, idoralararo ma’lumotlar almashinuvini engillashtiruvchi
foydali xizmat kanali hisoblanadi. Bundan tashqari, yagona hukumat portali
fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari o’rtasidagi juda muhim aloqa vositasidir.
|
| |