75
Dasturiy virtualizatsiya- aloxida dasturlarni
izolyatsiyalangan muxitda
ishlashini ta’minlaydi( Sandbox). Bunday usul kupgina muammolarni echimiga
olib keladi. Birinchidan- aloxida izolyatsiyalangan
muxitda ishlovchi dastur
operatsion tizimga va boshqa dasturlarni ishdan chiqishiga xalaqit qilmaydi.
Ikkinchidan virtuallashgan dasturlarni markazlashtirilgan ravishda yagona manba
tomonidan yangilash mumkin. Uchinchidan yagona fizik personal kompyuterda
tug’ri kelmaydigan bir necha dasturiy ta’minotlarni ishga tushirish mumkin.
Server virtualizatsiyasi- maxsus dasturiy ta’minot bo’lib,
kompyuterning
apparat imkoniyatlarini: protsessor, xotira,
qattiq disk, va turli qurilmalarini
imitatsiya qilib beradi. Bu texnologiyaning eng
asosiy imkoniyati bir necha
virtual kompyuterlarni yagona fizik kompyuterda ishlashi va shu bilan birga
ulardagi operatsion tizimlar bir biriga xalaqit qilmaydi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan xolda
agar sizda yagona dasturiy
ta’minotdan foydalanuvchi soni kup va tizim xudud bo’yicha taqsimlangan bo’lsa
unda taqdimot virtualizatsiyasidan foylananish maqsadga muvofiq.
Agar sizda bir necha dasturiy ta’minotlar yangi operatsion tizimda
noto’g’ri ishlayotgan bo’lsa va bir biri bilan to’g’ri
ishlamaydigan dasturlar
bo’lsa Dasturiy virtualizatsiyadan foydalanish maqsadga muvofiq.
Agar server xonasidagi serverlarni soni ko’payib ketgan va elektro-
energiyani tejash kerak bo’lsa unda server virtualizatsiyasidan
foydalanishingiz
mumkin. Server virtualizatsiyasi eskirgan serverlarda ishlamaydi. Yangi
texnologiyadagi server kurilmasini sotib olish kerak bo’ladi.