26
Jadval 2.1
Elektron hukumat ta’riflari
Birlashgan
Millatlar
Tashkiloti
Elektron hukumat fuqarolarga davlat organlari tomonidan
axborot va xizmatlarini etkazib berish uchun Internet
foydalanish deb ta’riflangan.
Jahon banki
Elektron hukumat davlat organlari axborot texnologiyalaridan
foydalanib fuqarolar, tadbirkorlik sub’ektlari va boshqa davlat
organlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni yaxshilashni
nazarda tutadi. Ushbu texnologiyalar turli maqsadlarga xizmat
qilishi mumkin: fuqarolarga davlat xizmatlarini yaxshiroq
etkazib berish, biznes va ishlab chiqarish bilan o’zaro
muloqotni takomillashtirish, kerakli ma’lumotlarni olish orqali
fuqaro huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, yoki yanada
samarali davlat boshqaruvini amalga oshirish.
Iqtisodiy
hamkorlik va
taraqqiyot
tashkiloti
Elektron hukumat termini xukumat tomonidan AKTdan
foydalanib, bir qator amaliy funktsiyalarini to’laqonli bajarishi
nazarda tutadi.
Xususan, Internet va tegishli texnologiyalar tomonidan taklif
etilgan tarmoq salohiyati tuzilmalari va hukumatning ishlash
jarayonini transformatsiyasi tushuniladi.