20
Tizimda yagona milliy axborot maydonini yanada takomillashtirishni
ta’minlaydi. Shuningdek, Tibbiyot sohasini "elektron hukumat" axborot
tizimining yagona arxitekturasiga kiritish, tibbiy yordam sifatini monitoring
qilish va boshqarish, tibbiyot muasassalari faoliyatining shaffofligi va qabul
qilinayotgan boshqaruv qarorlari samaradorligini oshirish, tibbiy yordam
ko’rsatishning iqtisodiy yo'nalishlarini tahlil qilish, diagnostika va davolash
ishlarining sifatini yaxshilashga huquqiy zamin yaratadi.
-Tizimdagi 20 dan ortiq sub’yektlar faoliyatini o’rganish natijalari
monitoringi shuni ko’rsatmoqdaki, zamonaviy AKT ning keng tadbiq etilishi
hisobiga tibbiy xizmat sifati va undan foydalanish darajasi oshmoqda. Vazirlik
huzurida “O’zmedinfo“ respublika markazi tashkil etilgan bo’lib, tizimda AKT
ni rivojlantirish markazning asosiy vazifasi etib belgilangan.
Hozirda «Sog’liqni saqlash milliy integratsiyalashgan axborot tizimi»
yaratilgan bo'lib, uning doirasida infeksion kasalliklar elektron monitoringi, kon
va donorlikdan chetlatilgan shaxslarniig ma’lumotlar banki, tez va shoshilinch
tibbiy yordam axborot tizimlari, shu jumladan, shoshilinch tez tibbiy yordam
tizimida muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik xizmatini avtomatlashtirish va
jihozlash, tibbiy uskunalar, dori vositalari va tibbiy buyumlarni yetkazib berish
logistika
tizimini
boshqarish,
elektron
registratura
axborot
tizimlari
shakllantirilgan.